Davlat va huquq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIDA



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
10 sinf huquq

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIDA 
 
INSON VA FUQAROLARNING HIMOYA QILINISHI
Davlat mustaqilligiga erishgach, O‘zbekiston inson huquqlarini himoya 
qilish milliy mexanizmini ham yaratib, bosqichma-bosqich mustahkamlab bor
-
moqda. 
Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashda davlat ichki mexanizmi
-
ning asosiy bo‘g‘inlari quyidagilar:

adolatli sudlovni amalga oshiradigan sud organlari;

qonunlar aniq bajarilishini nazorat qiladigan va inson erkinliklari va 
huquqlarini himoyalaydigan prokuratura organlari;

huquqbuzarliklarga chek qo‘yilishi va inson huquqlarining himoya qi
-
linishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajaradigan ichki ishlar 
organlari.
Mamlakatda inson huquqlari bo‘yicha qo‘shimcha milliy muassasalar ham 
tashkil etilgan. Ularga:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha 
Vakili (Ombudsman);

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun huj-
jatlari monitoringi instituti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyekt
-
larining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha va
-
kili instituti kiradi.


27
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN 
 
SHAXSLAR HUQUQLARI
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
— hech bir davlatning fuqarosi maqomi
-
ga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi. Fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar to‘la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham, ushbu shaxslar ularni qa
-
bul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo‘ysunishlari shart. Fuqaroli
-
gi bo‘lmagan shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to‘la huquqli 
fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitu tsiyasining 22-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hudu
-
dida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va 
ularga homiylik ko‘rsatishi kafolatlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasiga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga mu
-
vofiq ta’minlanadi. Shu bilan birga, ular O‘zbekiston Respublikasining Konsti
-
tutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarini 
ado etadilar.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə