Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
10 sinf huquq

Topshiriq.
 
Betinim vujudga kelayotgan harbiy to‘qnashuvlarga o‘z 
munosabatingizni bildiring. Sizningcha, davlatlar o‘rtasida 
doimo katta va kichik urushlar bo‘lishiga sabab nima? 


20
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Bir
-
lashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 
217 A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar 
uchun tavsiya qilingan. 
Deklaratsiya matni hamma odamlarga taalluqli huquqlarni global aniqlab 
bergan birinchi hujjatdir. U 30 moddadan iborat bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, shuningdek Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda ikkita Fakultativ Bayonnoma barobari
-
da Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billning bir qismi hisoblanadi. 1950-yil
-
da Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan 
BMT Inson huquqlari kunini belgiladi. U 10-dekabrda nishonlanadi.
BMT huzurida YUNESKO (BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), BSST (Bu
-
tunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlar amal qiladi, 
ularning faoliyati insoniyatning global muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan.
BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA 
 
BMT FAOLIYATI
1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi 
(YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlar
-
da ko‘maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, toza 
ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug‘ul
-
lanadi, bolalar va ayollar ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi.
YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning hayoti 
saq lab qolinadi.
1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qa
-
bul qildi. Uning maqsadi baxtli bolalikni ta’minlash, bolalarning huquq va er
-
kinliklaridan ularning o‘zlari va jamiyat manfaatlarida foydalanishdan iborat 
bo‘lib, barcha davlatlar va manfaatdor shaxslarni bolalarga berilgan huquqlarni 
tan olishga va ularga rioya etishga chaqirdi.


21
1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi. Bolalar
-
ning huquqlari shuningdek 1989-yil 20-yanvardagi Bolalar huquqlari haqidagi 
Konvensiyada ham mustahkamlangan. Unda davlatlar tomonidan 18 yoshga 
to‘lmagan shaxslar uchun elementar huquqlar ta’minlanishi nazarda tutilgan:

o‘z oilasida yashash huquqi;

yetarlicha ovqatlanish va toza suv bilan ta’minlanish huquqi;

qulay yashash darajasiga ega bo‘lish huquqi;

sog‘lig‘ini saqlash huquqi;

alohida g‘amxo‘rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi;

o‘z tilida so‘zlashish, o‘z dinidan va madaniyatidan foydalanish 
huquqi;

o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashish huquqi;

erkin ta’lim olish huquqi;

o‘z salomatligini himoyalash huquqi;

shafqatsizlik, kamsitish va adolatsiz munosabatda bo‘lishdan himoyala-
nish huquqi;

o‘z fikrini erkin bildirish, o‘z nuqtayi nazarlarini namoyon etish uchun 
tengdoshlari bilan uchrashish huquqi.
O‘zbekiston ham 1989-yilda Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya
-
ni imzoladi, unga ko‘ra olingan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida 
«Sog‘lom avlod uchun» fondi tashkil qilingan.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə