Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
10 sinf huquq

Bilimingizni sinang!
 
1. 
BMT qachon va nima maqsadda tashkil etildi?
2. 
Nizolarni hal qilishda BMTga a’zo davlatlar qanday tamoyil
-
larga asoslanib ish ko‘rishadi?
3. BMTning asosiy tashkilotlarini va ularning vazifalarini sanab 
o‘ting.
4. Davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni hal qilishda BMT 
Xalqaro sudi qanday o‘rin tutadi?


22
4-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI
FUQAROLARNING HUQUQIY HOLATI
Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi. 
Fuqarolik
jismoniy shaxslar va davlat o‘rtasida barqaror siyosiy-huquqiy 
aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan 
tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda 
yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi.
Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ma’lum hayotiy 
holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O‘zbekis
-
ton fuqarosi bo‘lmagan odamlar ko‘plab topiladi. Bu toifaga xorijiy fuqaro
-
lar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay olmaydigan fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar kiradi. 
Biroq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlari
-
ga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va xalqaro shartnomalarda belgi
-
langan majburiyatlarni bajarishlari shart.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
 
FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun 1992-yil 
2-iyulda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi 
qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilin
-
gan ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq 
chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ta’min
-
lanadi. Ular inson huquqlari sohasidagi har bir odamga nisbatan e’tirof etilgan 
xalqaro hujjatlar tomonidan tan olingan huquq va erkinliklardan foydalanishadi.
Faqat davlat fuqarolariga taalluqli bo‘lgan favqulodda huquqlar bundan 
mustasno. O‘zbekiston fuqarolaridan farqli ravishda xorijiy fuqarolar saylash 
huquqidan foydalana olishmaydi, deputatlar yoki senatorlar sifatida saylanishga 
va harbiy xizmat qilishga haqli emas. Bu barcha davlatlarda tan olingan ama
-
liyot bo‘lib, bunday cheklovlar tahqirlash choralari hisoblanmaydi.


23
O‘zbekiston Respublikasida mamlakatda yashaydigan barcha odamlar 
uchun yagona fuqarolik belgilangan bo‘lib, ularning tengligi Konstitutsiya da
-
rajasida belgilangan. Bu tamoyilga ko‘ra barcha fuqarolar qonun oldida teng
-
dirlar. Ijtimoiy holati, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, genderlik aloqadorligi, 
tili, dini yoki siyosiy ishonchidan qat‘i nazar hech narsa fuqarolar tenligiga 
ta’sir etolmaydi. Fuqarolar teng huquqliligining buzilishi konstitutsional huquq 
va erkinliklarga qarshi jinoyat deb tan olinadi va O‘zbekiston Respublikasi Ji
-
noyat kodeksiga (141-moddasi) muvofiq jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortiladi. 
O‘zbekistonda ikki fuqarolik tan olinmaydi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə