Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
  1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING
QARORI
Oldingi
 tahrirga qarang.
IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN KORPORATIV NIZOLARNI HAL ETISHNING AYRIM
MASALALARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlari tomonidan korporativ nizolarni hal qilishda qonun hujjatlarining to‘g‘ri va
bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining
47-moddasiga 
asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy iqtisodiy sudning Plenumi
qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1. Sudlar ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari o‘rtasida, shu
jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari
faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik
kodeksi 
(bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy
protsessual 
kodeksi 
(bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “
Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
”gi, “
Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
”gi, “
Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli
qaroriga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3. Xo‘jalik shirkatining ta’sis shartnomasini taraf sifatida imzolab, xo‘jalik shirkatini tashkil
etish majburiyatini olgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs yoki ular tomonidan vakolat berilgan
shaxs ushbu shirkatning muassisi (ta’sischisi) hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xo‘jalik shirkati qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, yuridik shaxs
maqomini olganidan so‘ng unda o‘z ulushi (payi, hissasi)ga ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy
shaxs ushbu xo‘jalik shirkatining ishtirokchisi hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan aksiyalarni oluvchi yuridik va (yoki) jismoniy
shaxs uning depo hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan
e’tiboran ushbu jamiyatning aksiyadori hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
4. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, shaxsning xo‘jalik shirkatining ishtirokchisi (aksiyadori)
ekanligini aniqlash uchun:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)


to‘liq va komandit shirkatlardan ta’sis shartnomasining belgilangan tartibda tasdiqlangan
nusxasi;
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlardan ta’sis shartnomasi (agar
muassislar soni ikki va undan ortiq bo‘lsa) va jamiyat ustavining belgilangan tartibda
tasdiqlangan nusxasi;

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə