Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

(13.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-
maydagi 17-sonli 
qarori 
tahririda)


“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining 
to‘rtinchi qismiga 
ko‘ra o‘ttiz kunlik muddat
tugaganidan so‘ng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qo‘ygan aksiyadordan aksiyalarni o‘n kun
ichida sotib olishi shart.
Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, o‘n kunlik muddatni hisoblash aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun o‘tganidan so‘ng
boshlanadi.
Agar hal qiluv qarorini qabul qilish paytida mazkur bandning birinchi va ikkinchi
xatboshilarida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, aksiyalarni qaytarib sotib olish haqidagi
majburiyatni yuklash to‘g‘risidagi da’vo talabi, jamiyat tomonidan majburiyatni bajarish muddati
kelmaganligi sababli, rad etilishi lozim. Ushbu asos bilan da’vo talabining rad etilganligi,
majburiyatni bajarish muddati kelgach, da’vogarning ayni da’vo talabi bilan sudga qaytadan
murojaat qilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
13.2. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi
da’voni qanoatlantirishda sotib olishga ajratiladigan mablag‘larning umumiy summasi
aksiyadorlarda o‘zlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga
kelishiga sabab bo‘lgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining o‘n
foizidan oshib ketishi mumkin emas, bundan jamiyatning o‘zgartirilishi holatlari mustasno. Shu
munosabat bilan aksiyalarni qaytarib sotib olish haqidagi majburiyatni yuklash to‘g‘risidagi
talabni ko‘rishda sudlar nazarda tutishlari kerakki, bunday da’vo talabi faqat jamiyat sof aktivlari
qiymatining o‘n foizidan oshmagan miqdorda qanoatlantirilishi mumkin, bundan jamiyatning
o‘zgartirilishi holatlari mustasno.
14. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 60-moddasining 
to‘qqizinchi qismiga 
ko‘ra, agar aksiyador uzrli
sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul
qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror
ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan aksiyador tomonidan
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi
berilganda, sudlar da’vogar mazkur yig‘ilishda ishtirok etmaganligining sababini aniqlashlari,
yig‘ilishda ishtirok etilmaganligining sababi uzrli deb topilganda esa umumiy yig‘ilish qarorining
qonuniyligini tekshirishlari, bunday sabablar uzrli deb topilmaganda esa da’voni
qanoatlantirishni rad etishlari lozim.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, yig‘ilishda ishtirok etib, nizoli masala yuzasidan
qabul qilingan qarorni yoqlab ovoz bergan shaxs ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish haqida
sudga murojaat qilganda, uning talabini qanoatlantirish rad etilishi lozim, aksiyadorning aldash,
zo‘rlik, qo‘rqitish ta’sirida ovoz berganligi holatlari bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
14.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori u qonunchilikka zid bo‘lgan va (yoki) umumiy
yig‘ilish qonunchilik va jamiyat ustavida belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkazilgan
hollardagina, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(14-bandning 14.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-
fevraldagi 6-sonli 
qarori
 tahririda)
Oldingi

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə