Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli 
qarori
tahririda)
10. “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining
beshinchi qismiga 
ko‘ra shirkat ishlarini yuritish bo‘yicha bir yoki bir necha ishtirokchiga berilgan
vakolatlar, asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, xususan vakolatli shaxs (shaxslar) o‘z vakolatlarini
qo‘pol ravishda buzgan hollarda yoki uning (ularning) shirkat ishlarini yuritishga qobiliyatsizligi
aniqlanganda, shirkatning bir yoki bir necha boshqa ishtirokchilarining talabiga binoan sud
tomonidan tugatilishi mumkin. Sudning hujjati asosida shirkatning ta’sis shartnomasiga zarur
o‘zgartishlar kiritiladi.
Sudlariga tushuntirilsinki, ishtirokchining vakolatini tugatish haqidagi da’vo arizasi bilan
har qanday ishtirokchi (ishtirokchilar) u(lar)ning jamiyat ustav fondidagi ulushi hamda aynan
ushbu masala bo‘yicha umumiy yig‘ilishi qarori mavjudligidan qat’i nazar, murojaat qilish
huquqiga ega.
11. “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining
ikkinchi qismiga 
muvofiq shirkat ishtirokchilari biror-bir ishtirokchini qolgan ishtirokchilarning
bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra va bunga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, xususan ana
shu ishtirokchi o‘z majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzgan hollarda yoki uning shirkat ishlarini
yuritishga qobiliyatsizligi aniqlanganda, shirkatdan sud tartibida chiqarib yuborishni talab
qilishga haqlidirlar.
12. Sudlar ishtirokchilarning vakolatlarini tugatish, ishtirokchini shirkatdan chiqarish
haqidagi nizolarini ko‘rish jarayonida mazkur ishtirokchining vakolatlarini shirkatning ta’sis
hujjatlarini o‘rgangan holda aniqlashlari lozim. Bunda javobgarning (javobgarlarning) o‘z
vakolatlarini qo‘pol ravishda buzganligi yoki uning (ularning) shirkat ishlarini yuritishga
qobiliyatsizligini isbotlash da’vogar (da’vogarlar)ning majburiyati hisoblanadi.
13. Sudlar aksiyalarning hammasini yoki muayyan qismini aksiyadorlik jamiyati tomonidan
qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo arizasi bilan faqat “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 40-moddasining 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan ovoz beruvchi aksiyaga ega bo‘lgan
aksiyadorlar murojaat qilishga haqliligini nazarda tutishlari lozim.
Jamiyatni qayta tashkil etish, joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish, yirik bitim tuzish,
jamiyat ustaviga ovoz beruvchi aksiya egasi bo‘lgan aksiyadorning huquqlarini cheklaydigan
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash haqida
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilishda, basharti aksiyador qayd
etilgan masalalar bo‘yicha yoqlab ovoz bergan bo‘lsa yoxud bu masalalar bo‘yicha ovoz berishda
uzrsiz sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, aksiyadorning o‘ziga qarashli aksiyalarini
qaytarib sotib olish majburiyatini jamiyatga yuklash haqidagi talabini qanoatlantirish rad etiladi.
Da’vogarning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashmaganligining sabablarini
aniqlashda, sudlar u yig‘ilishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida qonunda belgilangan tartibda
xabardor qilinganligini tekshirishlari lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
13.1. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, aksiyadorning o‘ziga qarashli aksiyalarni
qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi talabini aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul
qilingan kundan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kun ichida jamiyatga taqdim qilishlari kerak. Ushbu
talab yozma shaklda berilishi va unda aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili)
hamda u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Bunda qayd etilgan o‘ttiz kunlik muddat nizoni sudgacha hal etish muddati hisoblanishini
nazarda tutish lozim. Sudlar bunday da’volarni ko‘rish jarayonida aksiyador tomonidan
talabnoma jamiyatga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yuborilganligini
tekshirishlari lozim. Agar talabnoma ushbu muddat ichida yuborilgan bo‘lmasa, da’vo bo‘yicha
ish yuritish IPK 110-moddasining 
8-bandiga 
asosan tugatilishi lozim.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə