1-kazus Da’vogar I



Yüklə 19,18 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,18 Kb.
#137570
хемисга 1 қўйиладиган казус топшириқлар (1)


1-kazus
Da’vogar I. javobgar “O‘zbekbirlashuv” AJga nisbatan yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan Uchtepa tumanlararo sudiga murojaat qilgan.
Da’vogar o‘zining da’vo arizasida ko‘rsatishicha, Chilonzor tumani Farhod ko‘chasida “O‘zbekbirlashuv” AJga qarashli avtomashinani boshqarib ketayotgan N. tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilib, uning mol mulkiga 500.000 so‘mlik zarar yetkazilgan.
Uchtepa tumanlararo sudi da’vogarning da’vo arizasini qabul qilish va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim qabul qildi. Sud jarayonida javobgar “O‘zbekbirlashuv” AJning vakili da’vo arizasi sudlovga taalluqlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda qabul qilinganini va ish javobgarning joylashgan joyidagi sudda qo‘zg‘atilishi lozimligini ko‘rsatib, ishni Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo sudiga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qildi. Uchtepa tumanlararo sudi javobgar vakilining iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim qabul qildi.
Savol: 1) Sudning ajrimi asoslimi? 2) Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish asoslarini ayting?

topshiriq bo‘yicha javoblaringizni belgilangan vaqt ichida alohida fayl ko‘rinishida yuboring hamda qog'oz variantini taqdim eting.
Mustaqil topshiriq ishlarini yuklash grafigi bo‘yicha Fuqarolik protsessual huquqi moduli belgilangan .Shunday ekan ushbu modul 01.11.2023 yil 23:59 gacha ochiq bo‘ladi. Mustaqil topshiriq ishlaringizni yuklashni oxirgi daqiqalargacha qoldirmasdan ertaroq yuklab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.Muddat o‘tgandan keyin bu fanga yuklashga ruxsat berilmaydi.

Mustaqil topshiriq ishini yozishda tavsiyalar


1. Kazusni qayta va qayta o‘qing;


2. Kazus va savolga javob berishdan avval topshiriq matnini keltiring;


3. Kazusda birinchi shaxsdan foydalanish shart emas (tahlil qilaman, aytaman, qilaman, fikrimcha, bilishimcha), uchinchi shaxs ko‘plikda yozishni tavsiya etamiz (qilamiz, etamiz…);


4. Kirish, asosiy qism, xulosa yoki IRAC bosqichlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yozish shart emas;


5. Punktual, grammatik, imloviy xatolarga e’tiborli bo‘ling. Nuqta, verguldan keyin har doim joy tashlash (probel) lozim, ulardan oldin joy tashlash mumkin emas (mumkin emas: etilsa , mumkin .) 🙅‍♂️;
5.1. *grammatik va imlo xatolarni to‘g‘irlash uchun matn.uz, savodxon.uz foydalanish tavsiya etiladi;


6. Qonun (qonunosti hujjati) nomini to‘g‘ri va aniq yozing;


7. Qonun hujjati (qonunosti ham) dastlab ishlatilayotganda to‘liq hech qanday qisqartmalarsiz yozilishi lozim. Ikki yo uchinchi marta hujjat nomini qo‘llayotganda qisqartirish mumkin (masalan, yuqoridagi Qonun/Qaror/Nizom/Qoidalar tarzida), shuningdek, FK, FPK, JK, JPK va boshqa tarzda;


8. Boshqa muallif ishidan ko‘chirmang;


9. ❌ Sharh normativ hujjat emas, vaziyatga huquqiy baho berishda sharhdan foydalanmang;


10. Qator tashlash va abzas qoidalariga amal qiling, qator tashlashda oraliq interval 1,5 qoladi, abzasda 2 atrofida;


11. Shevadagi so‘zlarni ishlatmang (etib bilaman, shug‘ullanib biladimi, tamon, hozirki va boshqa);


12. 🫥 Kazusga yechim berishdagi normativ hujjatlarni ierarxik jihatdan keltiring va qo‘llang;


13. Savol lotin alifbosida berilsa, siz kirill alifbosida yozmoqchi bo‘lsangiz, yoki teskarisi, savolni o‘sha alifboga o‘girib olish tavsiya etiladi;


14. 🎲 Modda dispozitsiyasidagi normalardan holatga mos bo‘lganini qo‘llang. Masalan, tovar (ish, xizmat) haqida gap ketayotganda aynan qaysi biri bo‘lsa, kontekstda faqat o‘shani yozing — […uzoq muddat foydalaniladigan barcha xizmatlarga ijrochi kafolat muddati belgilashi lozim];


15. Quyidagi jumlalarni ishlatish tavsiya etilmaydi: “Bu qoida
fuqarolik huquqi darslikarida ham berib o’tilgan”;


16. Ish matni va havola (snoska) ham belgilangan shriftda (Times New Roman) yozilishi shart;


17. Ish matni shrifti 14 o‘lchamda bo‘lishi, oraliq interval esa 1,5 ni tashkil qilish lozim, shuningdek, matnni ikki tarafini tekislash kerak (Ctrl+J);


18. Normativ-huquqiy hujjat nomini “lex.uz”dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmang [MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO’SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO’G’RISIDA] — hamma so‘z katta harfda yozilmaydi,
18.1. Shift+F3 — barcha harflarni kichiklashtirib beradi);


19. Havola berish tartibiga amal qiling — “Ctrl+Alt+F = snoska chiqarish”, masalan, normativ-huquqiy hujjatga quyidagicha havola berish mumkin:
19.1. 💻 Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-3945) // URL: https://lex.uz/docs/3910819;


20. ❕ FKdagi moddalarni to‘liqligicha nusxa (kopirovat) qilmang, masalan, quyidagi tartibda qilish ish sifatini tushiradi:


[17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.


Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.]


— Aksincha, ushbu tartibda to‘liq yozish lozim: [O‘zbekiston Respublikasi Fuqarorlik kodeksi (keyingi o‘rinlarda FK) 17-moddasida qayd etilishicha, barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati teng ravishda e’tirof etiladi. Shuningdek/Bundan tashqari/Qolaversa…]


*kamchilik va xatoliklar to‘ldirib boriladi.


UPD. Ayrim bandlar tavsiyaviy xarakterga ega.
Yüklə 19,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə