Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

(20-band 20.2-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli 
qarori
 tahririda)
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
41-moddasida
belgilangan ikki oylik muddat maxsus da’vo muddati hisoblanadi va u sud tomonidan faqat
nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq
qo‘llaniladi. Ushbu muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablari da’vogarning iltimosnomasiga
asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 
159-moddasiga 
muvofiq tiklanishi mumkin.
Qayd etilgan da’vo muddati mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat
kollegial ijro etuvchi organining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha
qo‘llanilmaydi. Bunday da’volarga nisbatan sud tomonidan umumiy da’vo muddati qo‘llanilishi
mumkin.
20.3. Sudlar mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari
umumiy yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda ishning
barcha holatlarini to‘liq o‘rganishlari, da’vogarning ovozi ovoz berish natijalariga qay darajada
ta’sir ko‘rsata olishi mumkinligini aniqlashlari lozim. Agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining
ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va (yoki) yo‘l qo‘yilgan
qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar
yetkazmagan bo‘lsa, sud ishning barcha holatlarini hisobga olib, da’voni qanoatlantirishni rad
etishi mumkin.
21. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 
oltinchi xatboshisiga 
ko‘ra
jamiyat ishtirokchisi “...jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar, ushbu Qonunda
va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan
chiqishga... haqli”. Shu munosabat bilan e’tiborga olish kerakki, ishtirokchi tomonidan jamiyatga
nisbatan berilgan o‘zini jamiyatdan chiqarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilinganda,
bunday talabni qanoatlantirish rad qilinadi.


22. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining 
beshinchi qismiga 
muvofiq jamiyatdan
chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda
jamiyat undan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib
ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki
chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli
holida berishi shart.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchining o‘z ulushini mas’uliyati
cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatdan undirish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha
ishlarni ko‘rishda sudlar nazarda tutishlari kerakki, jamiyat kiritilgan mol-mulkni natura shaklida
berishga rozi bo‘lmagan holda, ishtirokchi jamiyat ustav fondiga ulush sifatida aynan o‘zi kiritgan
mol-mulkini talab qilishga haqli emas, shu sababli bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
22.1. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 15-moddasining 
beshinchi qismiga 
ko‘ra jamiyatdan
chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav
kapitali) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha
qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat
davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
Sudlariga tushuntirilsinki, ishtirokchining u tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav
kapitali) hissa sifatida foydalanish uchun kiritilgan mol-mulkni talab qilib olish haqidagi da’vo
talabi, agar mulkdan foydalanish muddati tugagan bo‘lsa, qanoatlantirilishi lozim, agar ta’sis
hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa.
22.2. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining 
to‘qqizinchi qismiga 
ko‘ra ulush (ulushning
bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq
muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini
to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar jamiyat ustavida ulushning haqiqiy qiymatini to‘lash
yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berish uchun bir yildan kamroq muddat
belgilangan bo‘lsa, bu holda ustavda ko‘rsatilgan muddat qo‘llaniladi. Agar jamiyat ustavida bir
yildan ko‘proq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu holda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 22-moddasining
to‘qqizinchi qismida 
belgilangan muddat qo‘llaniladi.
Nazarda tutish kerakki, jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchida o‘z ulushi
qiymatini sud tartibida undirish huquqi qonunda yoki jamiyat ustavida belgilangan muddat
o‘tganidan so‘ng vujudga keladi. Agar jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchi
ushbu muddatlar o‘tmasdan sudga murojaat etsa, da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilishi
lozim.
Ushbu asos bilan da’vo talabining rad etilganligi, majburiyatni bajarish muddati kelgach,
da’vogarning ayni da’vo talabi bilan sudga qaytadan murojaat qilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
22.3. Jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchining ulushi chiqarilish yoki
chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanishini inobatga olib, ishdagi hujjatlardan ulush qiymatini aniqlash
imkoniyati bo‘lmaganda yoki ushbu masala yuzasidan nizo vujudga kelganda taraflarning
iltimosiga asosan ulush qiymati ekspertiza tayinlash yo‘li bilan aniqlanishi kerak.
Sudlar shuni alohida e’tiborga olishlari lozimki, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 
mazmuniga ko‘ra
ulush qiymati ekspertizani tayinlash yo‘li bilan aniqlanganda, ekspert oldiga ishtirokchi
ulushining bozor bahosidagi qiymati emas, balki ulushning jamiyat buxgalteriya hisobotlaridagi
ma’lumotlar bo‘yicha qiymatini aniqlash to‘g‘risida savol qo‘yilishi lozim, chunki qonun
hujjatlarida ishtirokchining ulushi bozor bahosida to‘lanishi nazarda tutilmagan, bundan chet
ellik investor bo‘lgan ishtirokchi mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.


22.4. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
56-moddasining 
to‘rtinchi qismiga
muvofiq Chet ellik investor chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonadan chiqib ketgan yoki bu korxona tugatilgan taqdirda, korxona mol-
mulkidagi o‘z ulushi pul yoki bozor bahosiga muvofiq ravishda tovar shaklida qaytarilishi
huquqini oladi.
(22. -bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-
dekabrdagi 37-sonli 
qarori 
tahririda)
Chet ellik investor ulushi qiymatining bozor bahosini ishdagi hujjatlardan aniqlash
imkoniyati bo‘lmaganda yoki ushbu masala yuzasidan nizo vujudga kelganda taraflarning
iltimosnomasiga asosan ulush qiymatining bozor bahosi ekspertiza tayinlash yo‘li bilan
aniqlanishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
23. Umumiy qoidaga ko‘ra ma’naviy zararni undirish haqidagi talablar iqtisodiy sudlari
tomonidan ko‘rilmaydi. Shu bilan birga sudlar inobatga olishlari kerakki, IPK 25-moddasi birinchi
qismining 
5-bandida 
nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha ishtirokchilar (aksiyadorlar) — jismoniy
shaxslarning ma’naviy zararni undirish haqidagi talablari iqtisodiy sudga taalluqlidir. Shuning
uchun ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini yoki talabni qabul qilishni rad etishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
24. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, IPKning kelishuv bitimi institutini tartibga soluvchi
normalari IPK 25-moddasi birinchi qismining 
5-bandida 
nazarda tutilgan nizolar bo‘yicha
ishlarga ham tatbiq etiladi. Kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof bo‘lmasa, shuningdek boshqa
shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, u sud
tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
Oliy xo‘jalik sudi raisi K. KAMILOV
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 20-iyun,
262-son
4

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə