Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

Oldingi
 tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatlaridan aksiyadorlar reyestridan ko‘chirma;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-
fevraldagi 6-sonli 
qarori
 tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat;
jamiyatning ustav fondidagi ulush ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda kimoshdi
savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi lozim.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli 
qaroriga
asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli
qaroriga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli
qaroriga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. Sudlarning e’tibori jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a’zolari, ishonchli boshqaruvchi
hamda jamiyat o‘rtasida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 79-moddasining 
sakkizinchi qismiga 
asosan
tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan nizo jamiyat faoliyatidan kelib chiqsada, iqtisodiy
sudga taalluqli emasligiga qaratilsin, chunki ushbu nizo mehnat munosabatlaridan kelib
chiqadi. Xuddi shu qoida mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning
yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) hamda jamiyat o‘rtasida “Mas’uliyati
cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 39-moddasining
ikkinchi qismiga 
asosan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan
nizolarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-
maydagi 17-sonli 
qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar aksiyador ayni vaqtda jamiyatning xodimi bo‘lib, mehnatga oid nizo yuzasidan
iqtisodiy sudga murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’vo arizasini qabul qilish IPK 154-moddasi
birinchi qismining 
1-bandiga 
asosan rad etilishi, agar ushbu holat ishni ko‘rish jarayonida
aniqlansa, IPK 110-moddasining 
1-bandiga 
asosan ish yuritish tugatilishi lozim.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-
maydagi 17-sonli 
qarori 
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. Sudlar inobatga olishlari kerakki, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha IPKning 
94-moddasida
ko‘rsatilgan da’voni ta’minlash choralari qo‘llaniladi. Bunda da’voni ta’minlash choralari arz
qilingan talablarga mos kelishi, ya’ni bevosita nizo predmetiga bog‘liq, da’vo talablariga
mutanosib, sud hujjati ijrosini ta’minlash uchun kerakli va yetarli bo‘lishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9. Sudlarning e’tibori xo‘jalik shirkati zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga
kiradigan majburiyat (masalan, ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish yoki kamaytirish,
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash
(tayinlash va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish)ni yuklash haqidagi da’vo


talabi, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan shirkat boshqaruv organining vakolatiga
kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimligiga qaratilsin.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə