Reja: Investitsiya haqida tushuncha



Yüklə 1,02 Mb.
tarix31.08.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#121182
1-Mavzu


Mavzu: Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati
Reja:
1.Investitsiya haqida tushuncha .
2. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”2
Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta’rifning o’zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilma mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko’rsatib o’tilgan.
Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya faoliyatning bozor munosabatlariga o’tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi. «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi.
Keng ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur.
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya kiritishda, avvalo: - investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligining ta’minlanishi; - kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqarolarning o’zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investitsiya bo’la olmaydi); - qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi.
Investitsiyalar – bu hali mahsulot ko’rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qog’ozlarga (masalan, aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan xarajatning miqdori ikki omilga bog’liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me’yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni mo’ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) ni tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo’lsa, investitsiya xarajatlari o’sib boradi.
Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə