Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
19. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining 
ikkinchi qismiga 
muvofiq ishtirokchini
jamiyatdan chiqarish talabi bilan sudga faqat jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav
kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari murojaat qilishlari
mumkin. Bunda sudlar e’tiborga olishlari lozimki, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav
kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat
ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o‘n foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham
bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bir nechta ishtirokchi sudga murojaat
qilganda da’vo arizasi ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan
imzolangan bo‘lishi kerak. Bunda da’vogar (da’vogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda
tasdiqlangan ta’sis hujjatlari asosida aniqlanadi.
Agar da’vogar ishtirokchining ulushi yoki bir nechta ishtirokchilarning jami ulushlari
jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning o‘n foizidan kam bo‘lsa yoxud da’vo arizasi jamiyatning
o‘zi tomonidan berilgan bo‘lsa, da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozim. Sudlar ushbu
toifadagi ishlarni ko‘rishda javobgar o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotganligi, harakatlari
(harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy
tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlashlari lozim.


20. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
41-moddasiga 
asosan jamiyat boshqaruv organining
qarori ushbu qarorni qabul qilish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga
qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining da’vosi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, yig‘ilishda ishtirok etib, nizoli masala yuzasidan
qabul qilingan qarorni yoqlab ovoz bergan shaxs ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish haqida
sudga murojaat qilganda, uning talabini qanoatlantirish rad etilishi lozim, ishtirokchining aldash,
zo‘rlik, qo‘rqitish ta’sirida ovoz berganligi hollari bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
20.1. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi qarori u qonunchilikka zid bo‘lgan va (yoki)
umumiy yig‘ilish qonunchilik va jamiyat ustavida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda
o‘tkazilgan hollardagina, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(20-bandning 20.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-
fevraldagi 6-sonli 
qarori
 tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
20.2. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 41-moddasining 
birinchi qismiga 
ko‘ra jamiyat ishtirokchilari
umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik, jamiyatning ustavi talablari
buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz
bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi
lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Bunda ikki oylik muddat
yig‘ilishda ishtirok etgan ishtirokchi uchun qaror qabul qilingan kundan, yig‘ilishda ishtirok
etmagan ishtirokchi uchun esa u qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan
boshlab hisoblanadi.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə