Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim



Yüklə 110,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#135695
1   2   3   4   5   6   7
korporativ plenum qarori

 tahrirga qarang.
14.2. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli
umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda FKning
bitimlarga oid normalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli 
qaroriga
asosan 14.2-kichik bandi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Sudlariga tushuntirilsinki, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni 
62-moddasida 
nazarda tutilgan talablardan tashqari boshqa talablar
bo‘yicha umumiy da’vo muddati (uch yil) hisoblanadi.


(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil
23-dekabrdagi 307-sonli 
qarori 
tahririda)
O‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini tiklash masalasi FKning
159-moddasida 
ko‘rsatilgan
tartibda hal etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
16. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 56-moddasi
birinchi qismining 
mazmuniga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha
vakolatli davlat organi investorlarning, qimmatli qog‘ozlar egalarining, davlatning manfaatlarini
ko‘zlab sudda da’vo qo‘zg‘atishga haqli. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, vakolatli
davlat organining da’vo arizasida kimning manfaati ko‘zlanayotganligi ko‘rsatilishi shart. Da’vo
arizasida u kimning manfaatini ko‘zlab berilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, da’vo arizasi IPK
155-moddasi birinchi qismining
1-bandiga 
asosan qaytariladi. Agar da’vo arizasi ish yuritishga
qabul qilingan bo‘lsa, u ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli 
qarori
tahririda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
17. Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlarining (umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi,
ijroiya organi) qarorlarini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi da’volar bo‘yicha
javobgar bo‘lib ushbu boshqaruv organlari emas, balki jamiyatning o‘zi hisoblanadi. Da’vo
arizasida javobgar sifatida muayyan boshqaruv organi ko‘rsatilganligi, da’vo arizasini qabul
qilishni rad etish yoxud IPKning 
45-moddasida 
belgilangan tartibga rioya qilgan holda
javobgarni almashtirish uchun asos bo‘ladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-
maydagi 17-sonli 
qarori 
tahririda)
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning boshqaruv organlari
qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida berilgan da’vo arizalarini ish yuritishga qabul qilish
masalasi ham xuddi shu tartibda hal etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasining 
sakkizinchi qismiga 
ko‘ra jamiyatning
ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul
qilinmagan taqdirda uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek vakolatli davlat organlari
jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli. Bunda sudlar shuni e’tiborga olishlari
kerakki, IPK 25-moddasi birinchi qismining 
5-bandiga 
muvofiq jamiyatni tugatish haqidagi
aksiyadorlarning talablari iqtisodiy sudga taalluqlidir. Jamiyatning kreditorlari, shuningdek
davlat tomonidan vakolat berilgan organlarning bunday talablarining taalluqliligi masalasi esa
umumiy asoslar bo‘yicha hal etilishi lozim.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə