Ajrim (ish yuritishni tugatish to‘g‘risida) 2023-yil sentyabr oyining 21-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo fuqarolik sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya Abduraximov A. Raisligida, Ahunova H



Yüklə 16,91 Kb.
tarix25.10.2023
ölçüsü16,91 Kb.
#130782
Asliddin (ajrim)


Fuqarolik yoki iqtisodiy ish boyicha da’vo arizasi sudga taalluqli bo’lmaganligi uchun ish yuritishni tugatish tugatish to’g’risidagi ajrimni tayorlash va uni topshirish.


AJRIM
(ish yuritishni tugatish to‘g‘risida)
2023-yil sentyabr oyining 21-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo fuqarolik sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya Abduraximov A. Raisligida, Ahunova H.ning kotibaligi ishtirokida da’vogar Sariosiyo tumani “Yuksalish” MCHJ javobgar “Ryzen “ MCHJ ga nisbatan qarzlarini undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan 3520/21sonli fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, quyidagilar
Aniqlandi:
Da’vogar Sariosiyo tumani “Yuksalish” MCHJ da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilib, da’vo arizasida va sud majlisida qonuniy vakili Ahunova H. ning bergan tushuntirishidagi da’vo talabini quvvatlab, javobgar “Ryzen” MCHJ ning 2023-yil 25-oktyabrga qadar qarzi 350 000 000 so‘mni tashkil qilishini, bu qarzlarini 10 kun muddat ichida to‘lash haqida talabnoma kiritilganligini, lekin javobgar shu kunga qadar qarzlarini to‘lamasdan kelayotganligini ko‘rsatib, javobgar “Ryzen “ MCHJ dan soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan 350 000 000 so‘m qarzini “Yuksalish” MCHJ foydasiga undirishni so‘radi.
Sud majlisi haqida tegishli tartibda xabardor etilgan javobgar “Ryzen“ MCHJ sud chaqiruv xatini olib, ogohlantirish qismiga imzo qo‘ygan bo‘lsa-da, atayin sud majlisini cho‘zish
maqsadida sudga kelmaganligi sababli, sud fuqarolik ishini unga nisbatan FPKning 174-moddasida belgilangan tartibda ko‘rishni lozim topdi.
Sud da’vogarning tushuntirishini eshitib, prokurorning fikrini tinglab, ishda
to‘plangan hujjatlar bilan tanishib chiqib, quyidagi asoslarga ko‘ra mazkur fuqarolik ishida ish yuritishni tugatishni lozim topdi.
Sudga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, javobgar “Ryzen “ MCHJ
tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelganligi va transport vositalariga yonilgi quyishda “Yuksalish” MCHJ xizmatidan foydalanganligi va xizmat to‘lovlaridan qarzdorlik tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi davomida kelib chiqqanligi aniqlandi.
FPKning 31-moddasiga ko‘ra, taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro
bo‘lgan nizolarga doir ishlar sudga taalluqlidir.
Bu holatda ikkala taraf ham yuridik shaxs bo‘lganligi sababli, bu da’volar Iqtisodiy sudda ko‘rilishi lozim.
FPKning 100-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ish sudga taalluqli bo‘lmasa, sud ish yuritishni tugatadi .
Ajrim qiladi:
2023-yil sentyabr oyining 21-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo fuqarolik sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida sudya Abduraximov A. raisligida, Ahunova H.ning kotibligi ishtirokida da’vogar Sariosiyo tumani “Yuksalish” MCHJ javobgar “Ryzen “ MCHJ ga nisbatan qarzlarini undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan 3520/21-sonli fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, quyidagilar
Da’vogar Sariosiyo tumani “Yuksalish” MCHJ javobgar “Ryzen “ MCHJ ga nisbatan qarzlarini undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan 3520/21-sonli fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.
Da’vogarga ushbu da’vo bilan Surxondaryo tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilsin.
Ajrimdan norozi tomonlar ajrim topshirilgan kundan boshlab 10 kun muddat
ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga xususiy shikoyat xususiy protest keltirishga haqli.


Raislik qiluvchi sudya: imzo Abduraximov A.
Yüklə 16,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə