Davlat va huquq


-modda.  Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona  munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 51-modda



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
10 sinf huquq

50-modda. 
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
51-modda. 
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va 
mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
.
2-topshiriq.
 
Konstitutsiyaning 19-moddasi amalda qanday bajarilayot
-
ganini misollarda ko‘rsating: «O‘zbekiston Respublikasi fuqa
-
rosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari 
bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qo
-
nunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz
-
dir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab 
qo‘yishga hech kim haqli emas».
Bilimingizni sinang!
1. 
«Davlatda inson eng oliy qadriyatdir» hikmatini qanday 
tushunasiz?
2. 
Huquqiy me‘yor nimaga xizmat qiladi?
3. Huquq qanday vazifalarni bajaradi?
4. Shaxsning konstitutsiyaviy maqomi asoslarini qanday tamoyil
-
lar tashkil qiladi?
5. Fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini sanab o‘ting.


41
III-BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI
9-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY HUQUQ
MA’MURIY HUQUQ TIZIMI VA MANBALARI
Ma’muriy huquq
— davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ja
-
moatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog‘i. Avvalambor bu 
ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha funksiya va vazifalari
-
ni bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv 
munosabatlaridir.
Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy huquq normalari va institutlarini bir
-
lashtiradi.
Ma’muriy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi:

tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat organlari 
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar, 
hokimliklar);

bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki 
hokimlik);

davlat idora organlari va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasa
-
lar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar;

davlat idora organlari va birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar;

davlat idora organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.


42
Ma’muriy huquq me’yorlari juda rang-barang. Ularga turmushdagi xat
-
ti-harakat, tabiatni muhofaza qilish, suvdan foydalanish me’yorlari, yong‘indan 
saqlash qoidalari, transportdagi xavfsizlik me’yorlari va bosh qa ko‘p narsalar 
kiradi. Bu qoidalarning hammasiga albatta rioya etish zarur.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə