O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 362,23 Kb.
səhifə1/9
tarix21.10.2023
ölçüsü362,23 Kb.
#130435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
9DdF6g9p0P6luEkN4vFS




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish uchun statistika ma’lumotlari yagona tizimini yanada takomillashtirish, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda jabrlanuvchilar deb ataladi) bo‘yicha tizimli tahlil o‘tkazish va ularning yagona markazlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning markazlashtirilgan hisobini yuritish yuzasidan mas’ul organ etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat personallashtirish markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda yagona markazlashtirilgan axborot tizimi deb ataladi) joriy etishga doir chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga olish axborot tizimining quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirilishini ta’minlasin:
yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar onlayn rejimida, “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” orqali kiritilishi;
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan huquqbuzarliklar yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga elektron kompyuter tarmog‘i orqali taqdim etilishi;
ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish hamda zarur axborot olish uchun elektron tartibda masofadan turib foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng undirilgan jarima to‘lovlarini avtomatlashtirilgan tarzda billing tizimi yordamida yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish mexanizmi ishlab chiqilishi va tajriba testidan o‘tkazish orqali bosqichma-bosqich joriy etilishi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar yagona markazlashtirilgan axborot tizimi elektron raqamli imzodan foydalangan holda identifikatsiyalash tizimi orqali yuritilishi;
elektron raqamli imzo vositalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatlash tizimi joriy etilishi;
yuklangan vazifalarning hajmiga ko‘ra, ma’lumotlarning markazlashtirilgan hisobini yuritishga mas’ul bo‘linmalarning tashkiliy-shtat tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilishi;
yagona markazlashtirilgan axborot tizimini tajriba testidan o‘tkazishni joriy etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish yakunlariga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ikki oy muddatda takliflar kiritish.
4. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning hisobi ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq yuritilishini va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta’minlasin.
5. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlarning maxsus jamg‘armasi mablag‘lari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning yagona markazlashtirilgan hisobga olish axborot tizimini rivojlantirish va joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasiga P.R. Bobojonov yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
322-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qaroriga
1-ILOVA
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar deb ataladi) markazlashtirilgan hisobga olish tartibini belgilaydi.
2. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona markazlashtirilgan axborot tizimida jamlash, ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek, ularni davlat organlariga taqdim etish hisobga olishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
3. Quyidagilar hisobga olishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
qonuniylik;
axborotning xolisligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi;
axborotdan ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan doirada foydalanilishi va ularning oshkoraligi;
hisobga olishning majburiyligi va bir xilligi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Yüklə 362,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə