O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


ma’lumotlarning idoraviy bazasi



Yüklə 362,23 Kb.
səhifə2/9
tarix21.10.2023
ölçüsü362,23 Kb.
#130435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9DdF6g9p0P6luEkN4vFS

ma’lumotlarning idoraviy bazasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi vakolatli organlar barcha bo‘linmalarining (tuman, shahar, viloyat, respublika bo‘g‘inining) qarorlari asosida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning idoraviy elektron bazasi;
ma’lumotlarning hududiy bazasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi barcha vakolatli organlarning qarorlari asosida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning hududiy elektron bazasi;
yagona markazlashtirilgan axborot tizimi — respublika bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron bazasi;
vakolatli organlar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari;
vakolatli organning hududiy bo‘linmasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat bo‘g‘inining vakolatli tarkibiy tuzilmasi;
xos raqam — yagona markazlashtirilgan axborot tizimi tomonidan ma’muriy bayonnoma raqamiga bog‘liq bo‘lmagan, ma’muriy jazoga tortilgan shaxsga nisbatan axborot tizimiga kiritilgan qarorga beriladigan identifikatsiyalash raqami;
billing tizimi — ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxslarga nisbatan undirilgan yoki to‘langan jarima yig‘imlarini (summalarini) avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimlari orqali hisobga olish tizimi;
talabnoma — tegishli vakolatli organlarning yozma talabiga binoan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi haqidagi ma’lumotlarni so‘rash uchun belgilangan shakldagi rasmiy hujjat.
5. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning markazlashtirilgan hisobi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yagona markazlashtirilgan axborot tizimini shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
6. Yagona markazlashtirilgan axborot tizimi, ma’lumotlarning hududiy va idoraviy bazalari cheklangan holda foydalaniladigan axborot resurslari hisoblanadi.
7. Yagona markazlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlarning hududiy bazalari asosida shakllantiriladi.
Ma’lumotlarning hududiy bazalari ma’lumotlarning idoraviy bazalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan (keyingi o‘rinlarda ichki ishlar organlari deb ataladi) shakllantiriladi.
8. Ma’lumotlarning idoraviy bazalari hisobga olish hujjatlari asosida vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladi.
9. Quyidagilar hisobga olish hujjatlari hisoblanadi:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga olish kartochkasi (keyingi o‘rinlarda 1-shakldagi kartochka deb ataladi);
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan (bayonnoma tuzilmasdan) shaxslarni hisobga olish kartochkasi (keyingi o‘rinlarda 2-shakldagi kartochka deb ataladi);
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha jabrlanuvchi shaxslarni hisobga olish kartochkasi (keyingi o‘rinlarda 3-shakldagi kartochka deb ataladi);
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ijro etish haqidagi bildirishnoma (keyingi o‘rinlarda bildirishnoma deb ataladi).
10. Hisobga olish hujjatlari va ma’lumotlar bazalari davlat tilida yuritiladi.
11.Hisobga olish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. Hisob kartochkalarning rekvizitlarini to‘ldirish majburiyligini ko‘rsatuvchi namunaviy shakllarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
12. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarning qarorlari asosida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olinadi.
2-bob. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish hujjatlarini taqdim etish tartibi
13. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlarning (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) barcha bo‘g‘inlari (tuman, shahar, viloyat, respublika) ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda kartochkalar va bildirishnomalarni ushbu vakolatli organning tegishli hududiy bo‘linmalariga taqdim etadilar.
14. Ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan shaxslar hisobga olinadi.
15. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan huquqbuzarliklar uchun kartochka to‘ldirilmaydi, lekin ma’lumotlar elektron aloqa tarmog‘i orqali onlayn rejimida yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etiladi.
16. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilgan yoki ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga yuborilgan ish yuzasidan qarorlar chiqarilgandan so‘ng, ushbu ish bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan yoki mas’ul etib tayinlangan mansabdor shaxs kartochka va bildirishnomani ushbu Nizomga muvofiq elektron shaklda (keyingi o‘rinlarda elektron kartochka va elektron bildirishnoma deb ataladi) to‘ldiradi, so‘ngra ularni belgilangan namunada bir nusxada qog‘ozga ko‘chiradi (keyingi o‘rinlarda qog‘oz kartochka va qog‘oz bildirishnoma deb ataladi) va imzolaydi.
17. Sud va vakolatli organlarning ma’muriy jazoni qo‘llash, o‘zgartirish yoki bekor qilib, ma’muriy ishni tugatish to‘g‘risida qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan vakolatli organga yuboriladi.
18. Vakolatli organlarning mansabdor shaxslari sud qarorlari asosida kartochka va bildirishnomani ushbu Nizom talablariga muvofiq qat’iy ravishda elektron shaklda to‘ldiradi, so‘ngra ularni belgilangan namunada bir nusxada qog‘ozga ko‘chiradi va imzolaydi.
19. Kartochka va bildirishnomani imzolagan mansabdor shaxs uning ishonchliligi, to‘g‘ri to‘ldirilganligi hamda ularni taqdim etishning ushbu Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinganligi uchun javobgar hisoblanadi.
20. Kartochka va bildirishnomalar vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalarida ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq saqlanadi.
Vakolatli organning hududiy bo‘linmalari mavjud bo‘lmagan taqdirda ma’lumotlarning idoraviy bazasini shakllantirish, kartochka va bildirishnomalarni saqlash vakolatli organning respublika bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
21. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasi tartibida ogohlantirish e’lon qilinganda, shuningdek, ma’muriy ish ushbu kodeksning 271-moddasi 7, 10, 11-bandlarida nazarda tutilgan tartibda tugatilgan hollarda ham kartochka to‘ldiriladi. Ushbu kodeksda belgilangan talablar asosida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi boshqa holatlarda (O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1 — 6, 8-9 bandlari) kartochka to‘ldirilmaydi.
22. Hisobga olishning to‘liqligini ta’minlash maqsadida vakolatli organning barcha bo‘g‘inlari har chorakda bir marta (hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha) taqdim etilgan kartochka va bildirishnomalarni tegishli hududiy bo‘linmadagi ma’lumotlarning idoraviy bazasi bilan solishtiradi. Solishtirishni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakolatli organning markaziy bo‘linmasi tomonidan belgilanadi.
23. Quyidagilar Ichki ishlar vazirligining hisobga olishni ta’minlash bo‘yicha vakolatiga kiradi:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga onlayn rejimida, “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” orqali ma’lumotlar asosida kiritilishini shakllantirish;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish, ma’lumotlarning hududiy bazalarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat qilish;
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarning, elektron aloqa tarmog‘i orqali yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishini nazorat qilish;
ichki ishlar organlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish hamda zarur axborot olish uchun elektron tartibda masofadan turib foydalanishni ta’minlash;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng undirilgan jarima to‘lovlari avtomatlashtirilgan tarzda billing tizimi orqali yagona markazlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibini nazorat qilish;
ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibiga rioya etilishini, shu jumladan, har chorakda kamida bir marta vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan solishtirish ishlarini o‘tkazish hamda solishtirilgandan so‘ng tafovutlar bo‘lsa, o‘sha hudud vakolatli organlariga ma’lumotnoma yuborilishini ta’minlash.
24. Quyidagilar hisobga olish bo‘yicha vakolatli organlar markaziy va hududiy bo‘linmalarining vakolatiga kiradi:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish, ma’lumotlarning idoraviy bazalarini shakllantirish va yuritish, ma’lumotlarni ichki ishlar organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etish bo‘yicha idoraviy bo‘ysunuvchi organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatini nazorat qilish;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash.
3-bob. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish
25. Vakolatli organlar tomonidan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni hisobga olish jurnali (keyingi o‘rinlarda Jurnal deb ataladi) ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
26. Jurnalga barcha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilgan taqdirda Jurnalning 6-ustunida tegishli yozuv qayd etiladi.
27. Jurnal kalendar yil boshidan e’tiboran yuritiladi. Jurnal tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib tikilgan bo‘lishi kerak. Oxirgi sahifada ipning tikilgan joyiga qog‘oz yelimlanadi, unga vakolatli organ muhri tushiriladi va unda ushbu organ rahbari tasdiqlagan ishonch yozuvi bo‘ladi.
28. Jurnaldagi barcha yozuvlar aniq, ko‘k yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan qayd etiladi. Unda o‘chirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish vositalari yordamida yo‘qotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Zarur hollarda, xato qayd etilgan yozuvlar ilgari qayd etilgan matnni aniq o‘qish mumkin bo‘lgan holda o‘chiriladi. Yangi yozuv aynan shu ustunda qayd etiladi. Bunda Jurnalni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs tuzatish va o‘zgartirish kiritgan sanani ko‘rsatib, imzosi bilan tasdiqlaydi.
30. Jurnal 3 yil saqlanadi, so‘ngra dalolatnomaga muvofiq yo‘q qilinadi.
31. Jurnalni saqlash, undagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli qayd etilganligi uchun javobgarlik hisobga olish-ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari boshliqlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanadi.
4-bob. Hisobga olish hujjatlari bilan ishlash
32. Vakolatli organlarning barcha bo‘g‘inlari (tuman, shahar, viloyat, respublika bo‘g‘ini) 1, 2 va 3-shakllardagi elektron kartochkalarni qaror chiqarilgandan yoki tushgandan so‘ng bir kun mobaynida ma’lumotlarning idoraviy bazasiga kiritadi.
33. Qog‘oz kartochkalar har o‘n kunda — har oyning 10, 20 va 30-kunida vakolatli organning hududiy bo‘linmasiga yuboriladi. Agar, ko‘rsatib o‘tilgan sanalar dam olish, bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, kartochkalar keyingi birinchi ish kunida yuboriladi.
34. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘ldirilgan kartochkalarni ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq ma’lumotlarning idoraviy bazasiga kiritish uchun tuman (shahar bo‘g‘ini) ichki ishlar organlariga yuboradilar.
35. Ushbu Nizom talablariga muvofiq kartochkalar to‘liq to‘ldirilmaganligi aniqlansa ular darhol vakolatli organ tomonidan tuzatiladi. Tuzatilgan qog‘oz kartochkalardagi ma’lumotlar, majburiy ravishda ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq ma’lumotlarning idoraviy bazasiga kiritiladi.
36. Vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari har kuni, yangi ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, ularning idoraviy bazaga tushishiga qarab, elektron kartochkalarni ma’lumotlarning hududiy bazasiga jo‘natadi.
37. Vakolatli organda hududiy bo‘linmalar bo‘lmagan taqdirda, elektron kartochkalarni ma’lumotlarning hududiy bazasiga jo‘natish ushbu organning markaziy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
38. Ichki ishlar boshqarmalari har kuni elektron kartochkalarni ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga jo‘natadi.
Vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy jazoga tortish to‘g‘risida qaror chiqarilgandan so‘ng uni bir kun davomida avtomatlashtirilgan axborot tizimidan xos raqamni olish uchun markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Olingan xos raqamdan to‘lov tizimini amalga oshirishda shaxsning identifikatsiya rekviziti sifatida foydalaniladi.
39. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jazoni ijro etish tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagach elektron kartochkalar ma’lumotlar bazasidan chiqariladi, kartochkalari chiqarilgan shaxslar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hisobot yoziladi. Ayni bir vaqtda qog‘oz kartochkalar va bildirishnomalar dalolatnoma bo‘yicha, yo‘q qilingan hisobga olish hujjatlarining umumiy soni ko‘rsatilgan va hisobotga asoslangan holda yo‘q qilinadi. Yo‘q qilinganlik to‘g‘risidagi hisobotlar va dalolatnomalar 3 yil saqlanadi.
40. 2-shakldagi kartochka O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida jarima solingan taqdirda tuziladi.
5-bob. Ma’lumotlarning yagona bazasiga murojaat qilish tartibi
41. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning yagona markazlashtirilgan bazasidagi ma’lumotlar foydalanish cheklangan axborot tizimi hisoblanadi, ulardan faqat vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tanishish va foydalanish huquqiga egadirlar.
42. Shaxsni ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani uchun javobgarlikka tortishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishda shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilgani yoki tortilmaganini aniqlash maqsadida talabnoma to‘ldirilib, vakolatli organga tekshirish uchun jo‘natilishi shart (ushbu Nizomga 10-ilova).
43. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Talabnoma ushbu Nizom talablariga muvofiq holda to‘ldiriladi, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadi va vakolatli organ muhri (elektron shtampi) bilan tasdiqlanadi.
44. Elektron aloqa mavjud bo‘lgan taqdirda talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan elektron shaklda bajariladi.
45. Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish hamda zarur axborot olish uchun elektron tartibda masofadan turib foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
46. Yagona markazlashtirilgan axborot tizimidan foydalanib shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganini (yoki tortilmaganini) tekshirgan vakolatli organ tekshirilgan shaxs haqidagi ma’lumotlardan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanganligi yoki oshkor qilganligi uchun javobgar hisoblanadi.
47. Vakolatli organlar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga ulangan, mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsga elektron raqamli imzo biriktirilgan bo‘lsa, tushgan so‘rovnoma va talabnomalar tekshiriladi, natijasi bo‘yicha elektron shakldagi shtamp qo‘yiladi va tekshirish sanasi ko‘rsatilib, mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
48. Talabnomani rasmiylashtirishda tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi hamda yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz aniq qilib ko‘rsatiladi.
49. Ushbu Nizomni buzgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma ijro etilmasdan tashabbus ko‘rsatgan organlarga qaytariladi va bu haqda talabnomada tegishli yozuv qayd etiladi.
50. Talabnoma Ichki ishlar organlariga tushgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida ijro etiladi va so‘rovnomani yuborgan organga pochta orqali jo‘natiladi yoki shaxsan taqdim etiladi.
51. Ma’lumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsga oid ma’lumot bo‘lmasa, talabnomaning orqa tomoniga “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar tizimida ma’lumotlar mavjud emas”, “Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshirilib berildi” yozuv bilan talabnomaga elektron ravishda shtamp qo‘yiladi va tekshirish sanasi imzo bilan tasdiqlanadi.
52. Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar topilganda, ular talabnomaning orqa tomonida ko‘rsatiladi va “Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshirilib berildi” matni yozilib, elektron ravishda shtamp bilan tasdiqlanadi va tekshirish sanasi qayd etiladi.
6-bob. Hisobotlarni yuritish va taqdim etish tartibi
53. Vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq hamda ma’muriy huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq umumlashtirilib, har oyning 5 — kunigacha vakolatli organning markaziy bo‘linmasiga o‘z hisobotlarini taqdim etadi.
54. Vakolatli organning markaziy bo‘linmasi ushbu umumlashtirilgan hisobotlarni har oyning 10-kunigacha Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi.
55. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida vakolatli organlar har oyning 10-kunida Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot tizimi bilan solishtirish ishlarini amalga oshirishi shart. Solishtirish jarayonida ma’lumotlar to‘liq yoki sifatsiz taqdim etilganligi aniqlangan hollarda Ichki ishlar vazirligi vakolatli organ rahbariga taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar 10 kun mobaynida bartaraf qilinishi shart.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
56. Yagona markazlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liqligini e’tiborga olib mas’ul xodim ularni uchinchi shaxslarga oshkor etishi oqibatida shaxsning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelgan yoki ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan holatlarda, shuningdek, ushbu Nizom talablarini buzgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
57. Ushbu Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni ichki ishlar organlari amalga oshiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga olish
KARTOChKASI

1-shakl

1. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(bayonnoma tuzgan, ish qo‘zg‘agan organning nomi)

1. /_/_/_/

2. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlik sodir etilgan joy)

2. /_/_/_/_/_/

3. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishni/ bayonnomani ko‘rib chiqqan vakolatli organ)

3. /_/_/_/

4. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Jurnal bo‘yicha ishni ro‘yxatdan o‘tkazish/bayonnoma tartib raqami)
4.1. Bayonnoma tuzilgan/ish qo‘zg‘atilgan sana:
_____ yil “___” ________________



4. /_/_/_/_/_/_/
/_/_/_/_/_/_/_/
/_/_/_/_/_/_/_/

5. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishni ko‘rib chiqqan shaxsning F.I.O. va lavozimi)
6. Ish ko‘rib chiqilgan sana: _______ yil “____” __________________
7. Kartochkaga tuzatish kiritilgan sana: _______ yil “____” ____________
7.1. Tuzatish kiritish sabablari: “1” — to‘ldirishdagi xato; “2” — qarorni qayta ko‘rib chiqish

7.1. /_/

8. Huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi: MJtK _____ qismi _______-moddasi
8.1. Huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan sana):
_____ yil “____” ___________________

9. Ma’muriy jazo choralari (MJtKning 23, 24-moddalari):

9.1. asosiylari: “1” — jarima; “2” — predmetni uning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; “3” — predmetni musodara qilish; “4” — maxsus huquqdan mahrum qilish; “5” — ma’muriy qamoqqa olish.

9.1. /_/

9.2. muddati: ______ yil “____” _____________________gacha

9.3. qo‘shimcha ravishda: “2” — predmetni uning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; “3” — predmetni musodara qilish;

9.3. /_/

9.4. xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish — “6”;

9.4. /_/

9.5. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ogohlantirilganligi — “7”;

9.5. /_/

9.6. MJtKning 3081-moddasiga asosan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi — “8”;

9.6. /_/

9.7. MJtKning 310-moddasiga asosan ish yuritishni tugatish — “9”;

9.7. /_/

9.8. MJtKning 271-moddasiga asosan ish yuritishni istisno etuvchi holatlarda — “10”.

9.8. /_/_/

10. Jarima miqdori:
10.1. qo‘llanil�ani: ____________________ so‘m;
10.2. undirilgani: ____________________so‘m.

11. Predmetning qiymati:
11.1. haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilganligi: ___________so‘m.
11.2. musodara qilinganligi: ___________so‘m.

11. Etkazilgan zarar miqdori:
11.3. belgilangani: ___________so‘m.
11.4. undirilgani: ___________so‘m.

12. _______________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning F.I.O.)
12.1. Tug‘ilgan sanasi: ______ yil “___” ___________________
12.2. _____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning yashash joyi)

12.3. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, “3” — haydovchilik guvohnomasi, “4” — harbiy guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma
№ _____________ _______ yil “___” _______________da berilgan.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(kim tomonidan berilgan)
12.4. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami: _______________________________________________________________________________________________

12.3. /_/

12.5. Huquqbuzarning jinsi : “1” — erkak.; “2” — ayol.

12.5. /_/

12.6. Fuqaroligi: “1” — O‘zbekiston fuqarosi; “2” — xorijiy fuqaro; “3” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.

12.6. /_/

12.7. Mashg‘ulotlarining turi: “1” — ish, “2” — umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchisi, “3” —o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchisi, “4” — oliy ta’lim muassasasi talabasi, “5” — mashg‘ulotining turi noaniq
O‘qish, ish joyi, lavozimi: __________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________



12.7. /_/

12.8. Mastlik holatidaligi: “1” — alkogolli; “2” — giyohvandlik; “3” — boshqacha mastlik.

12.8. /_/

13. Qaror: “1” — shikoyat bildirilgan; “2” — protest bildirilgan.

13. /_/

13.1. Shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqish natijasi: “1” — qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan; “2” — ish yangidan ko‘rib chiqish uchun jo‘natilgan; “3” — ishni ko‘rib chiqish tugatilgan;
“4” — jazo chorasi o‘zgartirilgan.

13.1. /_/

14. _______ yil “___” _____________ _________________________________________________________________________________________________________
(ish ko‘rib chiqilgan sana va ko‘rib chiqqan shaxsning imzosi)

1-shakldagi elektron kartochkani to‘ldirish tartibi
1-shakldagi elektron kartochkani to‘ldirish “Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi” rekvizitlari bilan boshlanadi.
1 va 3-satrlarda huquqbuzarlikni aniqlagan (bayonnoma tuzgan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘agan), shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni/bayonnomani ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan vakolatli organning (mansabdor shaxsning) nomi ko‘rsatiladi, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq ularning kodi qayd etiladi.
Agar, ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan (bayonnoma tuzgan, huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘agan), shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni/bayonnomani ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) aynan bitta organ bo‘lsa, 3-satr to‘ldirilmaydi.
“Huquqbuzarlik sodir etilgan joy” deb nomlangan 2-satrda aholi punkti, tuman, shahar, viloyat (respublika) nomi ko‘rsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi (ushbu Nizomga 9-ilova).
4-satrda vakolatli organ Jurnali bo‘yicha ishni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tartib raqami va ish qo‘zg‘atilgan/tuzilgan sana ko‘rsatiladi.
Agar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 86-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan bo‘lsa, u holda “ish/bayonnoma/tartib raqami” ustuniga B/T (“bayonnoma tuzilmagan” so‘zlari) yoziladi.
5-satrda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan va qaror chiqargan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, 6-satrda ish ko‘rib chiqilgan sana, 7-satrda — kartochkaga tuzatish kiritilgan sana, 7.1-satrda tuzatish kiritish sababi: “1” — to‘ldirishdagi xato; “2” — qaror qayta ko‘rib chiqilgan so‘zlari qayd etiladi.
8-satrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bo‘yicha huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi ko‘rsatiladi.
8.1-satrda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) sana aks ettiriladi.
9-satrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23 va 24-moddalariga muvofiq ma’muriy jazo choralari aks ettiriladi.
9.1-satrda quyidagi kodlarni qo‘yish yo‘li bilan asosiy jazo choralari ko‘rsatiladi:
“1” — jarima;
“2” — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish uchun qurol hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan predmetni uning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
“3” — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki shunday narsa bo‘lgan predmetni musodara qilish;
“4” — mazkur shaxsga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish;
“5” — ma’muriy qamoqqa olish.
9.2-satrda jazoni ijro etish tugagan sana ko‘rsatiladi.
Agar qo‘shimcha jazo sifatida predmetlarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish qo‘llansa, unga muvofiq bo‘lgan kod 9.3-satrga qo‘yiladi. 9.4-satrda “6” kodini qo‘yish yo‘li bilan xorijiy fuqarolarni yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish ko‘rsatiladi.
9.5.-satrda “7” — kodni qo‘yish yo‘li bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ogohlantirilganligi ko‘rsatiladi.
Agar vakolatli organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalar sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqidagi xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma sudga yuboriladi.
9.6.-satrda “8” — kodni qo‘yish yo‘li bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs MJtKning 3081-moddasiga asosan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi deb ko‘rsatiladi.
9.7.-satrda “9” — kodni qo‘yish yo‘li bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan MJtKning 310-moddasida belgilangan holatlar asosida ish yuritishning tugatilgani ko‘rsatiladi.
9.8.-satrda “10” — kodni qo‘yish yo‘li bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan MJtKning 271-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar ko‘rsatiladi.
10.1 va 10.2-satrlarda yozilgan va undirilgan jarima miqdori so‘mlarda, 11.1 va 11.2-satrlarda tegishli ravishda haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan va musodara qilingan predmet qiymati hamda 11.3 va 11.4-satrlarda huquqbuzarlik sodir etish oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ko‘rsatiladi.
12-satrda ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:
12.1 va 12.2-satrlarda — huquqbuzarning tug‘ilgan sanasi, oyi, yili va yashash joyi (qisqartirmasdan);
12.3-satrda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, “3” — haydovchilik guvohnomasi, “4” — harbiy guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma;
12.4-satrda — soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami;
12.5-satrda — huquqbuzarning jinsi: “1” — erkak, “2” — ayol;
12.6-satrda — huquqbuzarning fuqaroligi: “1”-O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, “2” — xorijiy fuqaro, “3” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
12.7-satrda — mashg‘ulotlarining turi: “1”-ish, “2”-umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchisi, “3”-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchisi, “4”-oliy ta’lim muassasasi talabasi, “5”-mashg‘ulotining turi noaniq, shuningdek o‘qish, ish joyi va lavozimi;
12.8-satrda — huquqbuzarlikni sodir etish vaqtidagi holati: “1” — alkogolli, “2” — giyohvandlik, “3” — boshqacha holatdagi mastlik.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirish 13-satrda aks ettiriladi. Quyidagi ko‘rib chiqish natijalari 13.1-satrda ko‘rsatiladi:
“1” — qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan;
“2” — ish yangidan ko‘rib chiqishga jo‘natilgan;
“3” — ishni ko‘rib chiqish tugatilgan;
“4” — jazo chorasi o‘zgartirilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka ma’lumotlar bazasidan chiqariladi. Lekin ma’muriy huquqbuzarlik statistika ma’lumotlarini shakllantirish uchun arxivda saqlanadi.
Jazo choralari o‘zgartirilganda yoki ishni yangidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha boshqacha qaror chiqarilganda, kartochkaga ushbu Nizomning 35-bandiga muvofiq tartibga rioya qilingan holda yakuniy qaror qabul qilgan organ tomonidan tuzatish kiritiladi. Bunda 13-satrda ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirilganligi to‘g‘risida yozuv qayd etiladi.
14-satrda kartochka to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi va ishni ko‘rib chiqqan shaxsning imzosi qo‘yiladi.
1-shakldagi elektron kartochkani to‘ldirish qoidalari 2-shakldagi kartochkani tegishli rekvizitlar bo‘yicha to‘ldirishda qo‘llaniladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga olish
KARTOChKASI
(bayonnoma tuzilmasdan)

2- shakl

1. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishni ko‘rib chiqqan organning nomi)

1. /_/_/_/

2. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlik sodir etilgan joy)

2. /_/_/_/_/_/

3. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Jurnal bo‘yicha ishni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami)

3. /_/_/_/_/_/_/
/_/_/_/_/_/_/_/
/_/_/_/_/_/_/_/



4. ________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(ishni ko‘rib chiqqan shaxsning F.I.O. va lavozimi)
5. Ish ko‘rib chiqilgan sana: _______ yil “____” __________________
6. Kartochkaga tuzatish kiritilgan sana: _______ yil “____” ____________

6.1. Tuzatish kiritish sabablari: “1” — to‘ldirishdagi xato.

6.1. /_/

7. Huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi: MJtK _____ qismi _______-moddasi
7.1. Huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan sana):
_____ yil “____” ___________________



8. Ma’muriy jazo choralari (MJtKning 23-moddasi):
8.1. asosiylari: “1” — jarima

8.1. /_/

9. Jarima miqdori ________________________________so‘m.



10. _______________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning F.I.O.)
10.1. Tug‘ilgan sanasi: ______ yil “___” ___________________



11. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, “3” — haydovchilik guvohnomasi, “4” — harbiy guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma
№ ____________________ yil “___” _______________da berilgan
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________
(kim tomonidan berilgan)

11. /_/

12. _______ yil “___” _____________ _________________________________________________________________________________________________________
(ish ko‘rib chiqilgan sana va ko‘rib chiqqan shaxsning imzosi)

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ma’muriy huquqbuzarliklardan jabrlanuvchi shaxslarni hisobga olish
KARTOChKASI

3-shakl

1._____________________________________________________________________________________________________________________________
(Jabrlanuvchi shaxsni hisobga olgan organning nomi)


Yüklə 362,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə