O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 362,23 Kb.
səhifə5/9
tarix21.10.2023
ölçüsü362,23 Kb.
#130435
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9DdF6g9p0P6luEkN4vFS

13. / _/

14. Jabrlanuvchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda: “1” — alkogolli mastlik holatida; “2” — giyohvandlik holatida; “3” — ruhiyatga tez ta’sir qiluvchi boshqa moddalar oqibatidagi mastlik holatida bo‘lgan.

14. / _/

15. “____” ____________ ________ yil _________________________________
(Hisobga olingan sana va hisobga olgan shaxsning imzosi)

15. / _/

3-shakldagi kartochkani to‘ldirish tartibi
1-satrda jabrlanuvchi shaxsni hisobga olgan organning nomi ko‘rsatiladi, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq ularning kodi qayd etiladi.
2-satrda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq aholi punkti, tuman, shahar, viloyat (respublika) nomi, ya’ni mintaqa kodi qayd etiladi.
3-satrda ma’muriy ishning yoki bayonnomaning tartib raqami ko‘rsatiladi.
3.1-satrda ma’muriy ish yoki bayonnoma tuzilgan/ish qo‘zg‘atilgan sana ko‘rsatiladi.
4-satrda jabrlanuvchi shaxs to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.
5-satrda jabrlanuvchi zarar ko‘rgan holat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bo‘yicha huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi ko‘rsatiladi.
6-satrda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar: “1” — ma’naviy; “2” — jismoniy; “3” — mulkiy; so‘zlari qayd etiladi.
7-satrda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar miqdori so‘mlarda yoki xorijiy valyutada ko‘rsatiladi.
8-satrda ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida jabrlangan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — familiyasi, ismi, otasining ismi qayd etiladi.
9-satrda jabrlanuvchi shaxsning tug‘ilgan sanasi, oyi, yili (qisqartirmasdan) ko‘rsatiladi.
9.1-satrda jabrlanuvchining yoshi; “1” — 1 yoshgacha bo‘lgan bola; “2” — 6 yoshgacha bo‘lgan bola; “3” — 7 — 13 yosh; “4” — 14-15 yosh; “5” — 16-17 yosh; “6” —18 — 24 yosh; “7” — 25 — 30 yosh; “8” —31 — 49 yosh; “9” — 50 — 59 yosh; “10” — 60 yosh va undan katta yoshi ko‘rsatiladi.
9.2-satrda jabrlanuvchining yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladi.
10-satrda jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat; “1” — pasport; “2” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi; “3” — haydovchilik guvohnomasi; “4” — harbiy guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa turdagi guvohnoma to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
11-satrda jabrlanuvchining jinsi; “1” — erkak, “2” — ayol ko‘rsatiladi.
12-satrda jabrlanuvchining fuqaroligi: “1” — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; “2” — xorijiy fuqaro; “3” — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Agarda jabrlanuvchi xorijiy fuqaro bo‘lsa, u holda 13.1-satrda jabrlanuvchining aynan qaysi davlat fuqarosi ekanligi to‘liq ko‘rsatiladi.
13-satrda jabrlanuvchining mashg‘uloti turi; “1” — ish, “2” — umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchisi, “3” — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchisi, “4” — oliy ta’lim muassasasi talabasi, “5” — mashg‘ulotining turi noaniqligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
14-satrda jabrlanuvchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda: “1” — alkogolli holatida; “2” — giyohvandlik holatida; “3” — ruhiyatga tez ta’sir qiluvchi boshqa moddalar oqibatidagi mastlik holatida bo‘lsa belgilab qo‘yiladi.
15-satrda kartochka to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi va ishni ko‘rib chiqqan shaxsning imzosi qo‘yiladi”.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA


Yüklə 362,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə