Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar



Yüklə 127 Kb.
səhifə1/31
tarix29.11.2023
ölçüsü127 Kb.
#142438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar

Reja:




    1. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati

    2. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog’ining shakllanishi

    3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar

    4. O’zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasi xususiyatlari

    5. Tarmoq tuzilmasi o’zgarishining asosiy tendensiyasi


1. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati

Tarkibiy siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin, tarkib (tuzilma)ning o’zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
Tarkib narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq ravishda joylashish, tuzilishini bildiradi.
Tarkibiy siyosatning mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo’lga solib turishdan iboratdir.
Islohotlarning o’tgan davri uchun mo’ljallangan iqtisodiy siyosatning yo’nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot tarkibida progressiv o’zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki nisbatlarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish jumladan, sanoat tarkibini rejali tarzda takomillashtirish ko’z ilg’aydigan istiqbolda:

  • iqtisodiyot va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoatni

balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;

  • iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo’liga o’tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslarni iste’mol qilishni ratsionallashtirishni, ularni har tomonlama tejash;

  • iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo’nalishini yanada kuchaytirish, milliy iqtisodiyotning aholi faravonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan xilma xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash lozim.

Bir butun qismlarning muayyan o’zaro aloqasi, bir biriga nisbatan joylashuvi bo’lgan tarkibni proporsiyalar (mutanosibliklar) juda ham aniq tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni rejalar, prognozlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga olish, rejalarni zarur rezervlar bilan mustahkamlash rejalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo’lib, ularga qat’iy rioya qilish vazifalarining proporsionalligi, balanslashtirilganligi, realligi, qo’yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy strategiyasida iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o’sish iqtisodiyot ko’lamining o’sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham tarkibiy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni sifat jahatdan baholashni aniqlashning muhim xususiyati iqtisodiyotning o’sish sur’ati ko’rsatkichlarining salbiy tomonga o’zgarishi yuz berishi muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning o’zi bir necha tarmoqlarning turli o’sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin, bu bir xil bo’lmagan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratishni taqozo etadi. Masalan, fan-texnika taraqqiyotida to’liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg’i-energetika, elektronika, mashinasozlik, Kimyo.
Shuning uchun bu tarmoqlar o’sish sur’atlari bo’yicha sanoat o’sishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar yuz berishi zarur. Kimyoda biotexnologiyani qo’llab, nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur.
Tarkibiy o’zgarishlarning yo’nalishi, ularning jadalligi va ko’lamini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil bo’lgan yoki iqtisodiyotidagi tarkibiy yo’nalishlari o’zgarishi o’xshash bo’lgan mamlakatlar guruhi bo’yicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash – bu barcha analitik materiallar istiqbolni rejalashtirishning muhim zamini hisoblanadi.
Shu bilan birga tarkibiy yo’nalishlar o’zaro muvofiqlashtirilishi kerak, chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg’unlashtirilishi zarur.
Yangi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash, barcha sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi faoliyat 6 ta ustuvor yo’nalish vositasidan iborat. Birinchi ustuvor yo’nalish – aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, ikkinchi ustuvor yo’nalish – mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada jadallashtirish, uchinchi ustuvor yo’nalish – jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, to’rtinchi ustuvor yo’nalish – kadrlar tayyorlash, beshinchi ustuvor yo’nalish – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash, oltinchi ustuvor yo’nalish – jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat12.
Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyida-gilarni nazarda tutadigan 2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining3 2. bandida tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish masalalari qayd etilgan. Xususan, ushbu hujjatda tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalari quyidagilarni amalga oshirish evaziga erishilishi rejalashtirilgandir:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; muhim jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik
sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Ana shu ustuvor yo’nalishlardan biri iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda ham tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish bo’lib, sanoat boshqaruvi tuzilmasini yaxshilashdan tortib korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xomashyo salohiyatidan to’la, samarali foydalanishga, eksportga moslangan va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog’i darkor.
Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonida, ayniqsa, investitsiya dasturini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatga kiritilgan sarmoyalarning hajmi 8 mlrd. AQSh dollaridan oshib ketdi. Xorijiy sarmoyalarning aksariyat qismi (95-96%) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, 64 foizi sanoatga kiritilmoqda. Ana shu investitsiyalar asosida yangidan yangi korxonalarning barcha viloyatlarda qurilayotganligi nafaqat hududlarning sanoat tizimini, balki ularning qiyofasini ham tubdan o’zgartirib yubormoqda.
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash natijasida davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yuqori darajaga ko’tarish mumkin bo’ladi.
2. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog’ining shakllanishi

Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o’sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko’lamining kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to’g’risida so’z borganda, shuni aytish kerakki, u tufayli xo’jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari ko’payadi, bu rivojlanish tendensiyasi ayrim mahsulotni chiqarishni, mahsulotning ayrim qismini ishlab chiqarishni emas, balki mahsulotni iste’mol qilishga tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog’iga aylantirishdan iborat.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa ishlab chiqarishni korxona ichida – sexlar, uchastkalar va yangi ish joylarni tashkil etish bilan bog’liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 2-chizmada ko’rish mumkin.
Xususiy va ayrim hollarda birlamchi mehnat taqsimotining ta’siri bilan O’zbekiston sanoatida ham tarmoqlar va ishlab chiqarishlar soni uzluksiz ko’payib bormoqda. 2000 yilning oxiriga kelib respublikada sanoatning 175 ga yaqin tarmog’i va ishlab chiqarish sohalari faoliyat ko’rsatmoqda.
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik – iqtisodiy asos (zamin) yaratilgandagina alohida sanoat tarmog’iga aylanishi mumkin. Buning uchun eng avvalo bir necha turdosh korxonalar bo’lishi lozim.
Ular aniq mustaqil sanoat tarmog’iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo’lishi kerak.
Sanoat tarmog’i ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yig’indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo’lishlari kerak:

  • ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;

  • ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning o’xshashligi;

  • ishlab chiqarishning texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;

  • ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;

  • ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o’xshashligi va hokazolar.



Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə