Turizmni rivojlantirishda xususiy sektorni roli Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Annotatsiya



Yüklə 19,26 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,26 Kb.
#136805
zoirov azizbek 02


Turizmni rivojlantirishda xususiy sektorni roli
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti
Annotatsiya: turizmni rivojlantirishda xususiy sektorning o’rnini o’rganish, turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari.
turizm industriyasini jadal rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, ularga imtiyozlar taqdim etish, sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi sayyohlik mahsulotlari turini ko‘paytirish.
Kalit so’zlar: xususiy sektor, turizm, turizm industriyasi, infratuzilma, turizm salohiyati, reklama kompaniyalari.
Abstract: study of the role of the private sector in the development of tourism, measures to expand the scope of tourism services and develop its infrastructure to further expand the participation of the private sector in the rapid development of the tourism industry, to provide them with benefits, to train personnel in the field and improve their qualifications, to increase the type of new tourist products.
Key words: private sector, tourism, tourism industry, infrastructure, tourism potential, advertising companies.
Ma’lumki, O’zbekistonda 1994 yilga kelib xususiylashtirish
jarayoni boshlandi. Bu jarayon ancha kech boshlanganligi tufayli, hozirgi
kunda O’zbekistonda boshqa mamlakatlarga qaraganda turizmni
rivojlantirishda xususiy sektorning o’rni sezilarli darajada emas. SHuning
uchun ham O’zbekiston hukumati yangi tashkil etilgan madaniyat, turizm
va sport departamenti orqali turizm sanoatining har bir darajasidagi
xususiy sektor korxonalarining rivojlanishini har jihatdan qo’llab-
quvvatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Jahon tajribasida kichik va
o’rta korxonalarni rag’barlantirish va qo’llab-quvvatlash usullarining
keng doirasi ishlab chiqilgan bo’lib, bunday yondashuvlarni
O’zbekistonda ham faol ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Harakatlar dasturi bu usullarni to’liq ifodalab bera oladi, biroq turizm
infratuzilmasini jahon andozalariga mos ravishda qayta isloh etish uchun
naqd kafolat, subsidiyalangan qarz va soliq imtiyozlari ko’rinishdagi
hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanish talab qilinadi. Ma’lum vaqt
o’tgandan keyin O’zbekistonda turizmni rivojlanishi va xususiy
sektorning kengayishi natijasida xususiy sektor milliy turistik tashkilotlar
tomonidan ko’ratilayotgan xizmatlarda o’z ulushiga ega bo’lishi mumkin.
Ko’plab yevropa mamlakatlarida xususiy sektor milliy turistik
tashkilotlarning operatsion byudjetga tushadigan naqd pul tushumlarini
20 foizdan 40 foizgacha bo’lgan miqdorini beradi. Xususiy sektor
reklama kampaniyalari, seminarlar va ko’rgazmalarda ishtirok etish
uchun, reklama va marketing ma’lumotlariga kiritilishi uchun, reklama
broshyuralari uchun va boshqa shu kabilar uchun pul mablag’lari to’laydi.
Masalan, Finlyandiya va Irlandiya kabi uncha katta bo’lmagan
mamlakatlarda marketing byudjetidagi xususiy sektorning yillik ulushi 5
mln dollardan 10 mln dollargachani tashkil etadi. Ma’lum vaqt o’tgandan
so’ng O’zbekistonda ham rivojlangan xususiy turistik sektordan ma’lum
tushumlarning kelishini ko’tish mumkin. O’zbekiston turizmida xususiy
mulkchilikni rivojlantirish orqali raqobat kurashini qaror toptirish
mamlakatda mavjud imkoniyatlardan to’laroq foydalanishni talab etadi.
Ma’lumki, hozirgi kunda Respublikamizda talaygina xususiy turistik
tashkilotlar faoliyat ko’rsatayapti. Ular faoliyatida marketingni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
– Turizm, bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biri sanaladi. Shu boisdan, dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, BMT huzuridagi Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda sayohat qiluvchi turistlar soni 1,4 milliardni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 6 foizga ko‘paygan. 2019 yilda esa, sayyohlar soni 1,5 milliardga yetgan. 2019 yilda jahon yalpi ichki mahsulotida turizm va sayyohlikning umumiy hissasi esa, qariyb 9170 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Yuqoridagi raqamlar odamlarning yildan-yilga sayyohatga bo‘lgan qiziqishi, talablarining ortib borayotganiga yaqqol misoldir. Umuman, turizm iqtisodiy foyda keltirishdan tashqari, aholining dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, dunyoning turli davlatlari va mintaqalari vakillari o‘rtasida yaqin aloqalarni rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ham ulkan turizm salohiyatiga ega. 2016 yilda O‘zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish orqali sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirildi. Xalqaro sayyohlar soni 2016 yildagi 2 milliondan 2019 yilda 6,7 milliongacha ko‘paydi. BMT huzuridagi Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2019 yilda eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishiga ega mamlakatlar beshligidan joy oldi.
2016–2021 yillarda mahalliy sayyohlarning soni 24 millionga yetgan bo‘lsa, xorijliklarning soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi. Koronavirus pandemiyasi sabab, 2020 yilda O‘zbekistonga 1,5 million, 2021 yilda esa, 1,7 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan.
Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, mazkur industriyani yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash zarur. Bunda, hukumatning roli – xalqaro, hukumat va xususiy sektor darajalarida turizm sohasidagi rivojlanish siyosatini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni ta’minlashdan iborat.
Shu nuqtai nazardan, 2022 yilning 26 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda turizm industriyasini rivojlantirish, sohadagi, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va nufuzini yaxshilashga qaratilgan masalalarga alohida urg‘u berildi.
Yig‘ilishda jahonda koronavirus pandemiyasi paytida o‘rnatilgan cheklovlar asta-sekin yumshayotgani, shu bois turizm industriyasi tiklanayotgani, xususan, 2022 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 610 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani, bu esa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pligi qayd etildi.
Mamlakatning har bir hududida turizmni rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Bunga, Namangandagi «Afsonalar vodiysi», Bo‘stonliqdagi «Amirsoy» majmualari yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur majmualarga kuniga minglab xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrif buyurishi tahsinga sazovor, albatta.
Prezident yig‘ilish davomida «O‘zbekiston turizm magistrali» bo‘ylab, 31 ta tuman va shahar hududidan o‘tuvchi yo‘llar bo‘yida avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish kabi xizmatlarni qamrab olgan «Karvonsaroy»lar barpo etish taklifini ham berdi. Albatta, bu takliflarning amalga oshirilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, aholi bandligining ta’minlanishi hamda turmush farovonligining oshishiga, shuningdek mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushining sezilarli ravishda ortishiga, sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, ichki turizmning jadal rivojlanishida xususiy sektorning ham o‘z o‘rni bor. Hozirda ko‘plab tadbirkor va hunarmandlar turizm sohasiga jalb qilingan bo‘lib, ular suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish, mehmonxona xo‘jaligi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu borada tadbirkorlarga davlat tomonidan ssudalar, subsidiyalar, kreditlar va boshqa turli imtiyozlarning taqdim etilayotgani e’tiborga loyiq.
Yig‘ilishda Prezident tomonidan ichki turizmni rivojlantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator imkoniyatlarning belgilab berilgani, so‘zimizga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Jumladan, 1 iyuldan boshlab, turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, bunday qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi. Har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari budjet hisobidan Turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Yüklə 19,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə