Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bmt bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya



Yüklə 2,76 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#145601
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur. Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga ko'maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼlon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi eʼlon etilgan. Unga koʻra, umumhurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir.
Shaxsiy huquqlar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida taʼkidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquqlarni toʻldiradi. Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, gʻayriinsoniy, odam shaʼnini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi,

oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquqlari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning, turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saqlash huquqi, oʻz shaʼni va obroʻsini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquqi kabilar kiradi (3— 5, 8—12-moddalar).


Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquqlari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fikrlash, vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish huquqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—21-moddalar).
Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda taqdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22—27-moddalar) insonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hisoblanadi.

Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga ko'ra barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadr-qimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan bab-baravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7-moddalar).


Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir.
Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991-yil 30-sentabr). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2-boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla moye boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqe'idan qat'i nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlangan. Respublikada


inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.


"Inson huquqlari boʻyicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (1997-yil 24-aprel). Inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy institutlar — Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ishlab turibdi. Toshkent shahrida hukumatga qarashli boʻlmagan "Human Rayts Votch Xelsinki" xalqaro tashkilotining vakili, chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari faoliyat koʻrsatmoqda hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatilgan.



Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə