Kichik guruhlar bilan ishlash metodi



Yüklə 22,54 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü22,54 Kb.
#167141
  1   2   3
Kichik guruhlar bilan ishlash metodi-fayllar.org


Kichik guruhlar bilan ishlash metodi

Kichik guruhlar bilan ishlash metodi.
Reja:
  1. Sinfni guruhlarga bo’lib ishlash uchun qo’yiladigan talablar


  2. Kichik guruhlar bilan ishlash texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari


  3. Shu texnologiya asosida tuzilgan dars ishlanmasi tahlili


  4. Guruhlararo bellashuv darslarini o’tkazish yo’llari


  5. Xulosa




Tayanch tushunchalar: interfaol metod, o’quvchilar faollligi, vazifalarini taqsimlash, munozarada qatnashish huquqi, yangi bilim berish, bilim va malakalarni mustahkamlash, taqdimot
Bu keng qo’llanadigan interfaol metodlardan bo’lib, bu metod o’quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi, ularning munozarada qatnashish huquqini ta’minlaydi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi. Guruhlar bilan ishlash o’quvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi.
5-sinfda o’tiladigan «O’zakdosh so’zlar» mavzusini shu metod asosida o’rganish haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz.
O’tilgan mavzu iboralar haqida bo’lib, unga doir bilimlar savol-javoblar va mashqlar orqali mustahkamlangandan so’ng yangi mavzu e’lon qilinadi. O’qituvchi mavzuni elon qilib, bugungi o’tiladigan darsning maqsadini tushuntiradi va bu maqsadga erishish uchun sinfning guruhlarga bo’linib ishlashini aytadi. Sinf o’quvchilari o’qituvchi tomonidan to’rt guruhga bo’linadi. (Bu guruhlar soni bundan boshqacha bo’lishi ham mumkin, biz mavzuning mohiyatidan kelib chiqib to’rt guruhta ajratyapmiz).
1-guruh “Zukko”
2-guruh “Ziyo”
3-guruh “Ibora”
4-guruh “Bog’lovchi”
O’qituvchi guruhlarning vazifasini tushuntirib, ularga quyidagi savollarni beradi:
  1. So’zning tarkibiga nimalar kiradi?


  2. O’zak deganda nimani tushunasiz?


O’kuvchilar boshlang’ich sinfda va 5-sinfda o’quv yilining boshida «So’z tarkibi» mavzusi bo’yicha olgan bilimlari asosida savollarga javob beradilar. Birinchi savolga «Zukko» va «Ziyo» guruhlari javob bersa, ikkinchi savolga «Ibora» va «Bog’lovchi» guruhlari javob beradi. O’qituvchi guruhlarning javoblarini qiyoslab, zarur tuzatishlar kiritadi va to’g’ri javobni belgilaydi. Shundan so’ng 140-mashqni ishlash bilan yangi mavzu boshlanadi.


1-topshiriq. Matnni o’qing, daraxt, gul, meva, o’smoq so’zlari qo’llanilgan shakllarni alohida ustunchalarga yozing. O’qituvchi har bir so’zni bittadan guruhga beradi va topshiriq asosida bajarilishi kerakligini aytadi. Mashqning birinchi sharti quyidagicha bajariladi:

“Zukko” “Ziyo” “Ibora” “Bog’lovchi”


gul daraxt meva o’smoq
gulzorga daraxtlar mevali o’sgan
gulzordagi daraxtlardan sermeva gullarga

Har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, yuqoridagi so’zlarni doskaga yozadi. O’qituvchi o’quvchilarning e’tiborini doskadagi barcha so’zlarga qaratadi.


2-topshiriq. Har bir ustunchada asosiy ma’no qaysi qism bilan ifodalanishini aniqlang. Uning ustiga ∩ (yoy) belgisini qo’ying.
Guruh o’kuvchilari 1-ustunchada asosiy ma’no gul so’zi orqali, 2-uetunchada daraxt so’zi orqali. 3-ustunchada meva so’zi orqali, 4-ustunchada o’smoq fe’li orqali ifodalanganini aytadilar.
O’qituvchi: Har bir ustundagi so’zlarning o’xshash tomoni qaysi?
O’quvchilar: Bu so’zlarning o’zagi bir xil.
3 topshiriq. “Maktab bog’i” matni asosida o’z maktabingiz bog’i tasvirini qo’shib matn tuzing.
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida matn tuzadilar.
Shundan so’ng mavzu yuzasidan xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi. Buning uchun o’qituvchi har bir guruhga savollar beradi va ularning javoblarini umumlashtiradi.
«Zukko» guruhiga: O’zakdosh so’zlar deb qanday so’zlarga aytamiz?
«Ziyo» guruhiga: So’z qanday qismlardan iborat bo’ladi?
«Ibora» guruhiga: Atash, nomlash ma’nosini so’zning qaysi qismi ifodalab beradi?
«Bog’lovchi» guruhiga: O’zakka qo’shilib keladigan qism nima deb yuritiladi?
Guruh a’zolari savollarga javob topadilar va javoblarni ma’lum qiladilar. Shu asosda umumlashgan xulosa chiqariladi.
Dars davom ettirilib, 141-mashq ishlanadi. Mashq shartida ot, sifat, son, olmosh, fe’llarning o’zak va qo’shimchalarini ajratib, jadvalga joylashtirish hamda ularning o’zagini belgilash topshirilgan.




Yüklə 22,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə