Fe`l. Umumiy



Yüklə 50,41 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü50,41 Kb.
#182745
Fe`l. Umumiy


Fe`l. Umumiy. 2022
1. U to‘xtamay yuraverdi. Og‘riqqa sira parvo qilmay, Bill oshib o‘tgan tepalik ustiga shosha-pisha dadil chiqaverdi. Tepalikka chiqib qarasa, vodiyda hech kim ko‘rinmadi.
Yuqoridagi gap haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) Tarkibidagi barcha fe’llar bir xil mayl shaklida qo’llangan.
B) Sodda va qo’shma yasama fe’llar qatnashgan.
C) Sifatdosh shaklidagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
mavjud.
D) Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan.
2. Qaysi gapda ko’makchi fe’l yasama so’z bilan ifodalangan?
A)uyimdagilar zovboshiga borishimni taqiqlab qo’yishgandi.
B) Hakim bobo har bir niholni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda.
C) Sodiqjon yetim qolgan jiyanini qo’llab-quvvatlab turibdi.
D) Qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi shamollar esa boshladi.
3. Qaysi gapda fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib, salom berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi.
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma birdan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda.
4. Suhbatlashishga arziydigan kishi bilan gaplashmaslik kishini yo‘qotishdir. Suhbatlashishga arzimaydigan kishilar bilan gaplashish so‘zni yo‘qotishdir. Oqil odam esa kishilarni ham, so‘zni ham yo‘qotmaydi. Ushbu parchada qatnashga fe’llar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar bir xil bo‘lak vazifasini bajargan.
B) Ushbu parchada harakat nomi shaklida kelgan tub fe’l qatnashgan.
C)Ushbu parchada birgalik nisbatdagi tub fe’l qatnashgan.
D) Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar ikki xil nisbat shaklida qo‘llangan.
5. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) To‘kilsa manglay tering, Unumli bo‘lur yering.
B) Shundan keyin keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.
C) Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi bo‘lakcha bo‘ladi, albatta.
D) Umid - parvozga otlangan lochin,
umidsizlik - oyoqqa bog‘langan tosh.
6. Xalqim deb yugurar hovuchlab jonin,
Xalqiga bag‘ishlar shuhratin-shonin.
Lekin shu chopishda keta-ketguncha
Tozalab boradi xalqning hamyonin. Ushbu parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu parchada fe’llar ikki xil nisbat shaklida qo‘llangan.
B) Ushbu parchada fe’lning ikki xil vazifa shakli
qo‘llangan.
C) Ushbu parchada fe’llar hol va kesimvazifasini bajargan.
D) Parchada o‘timsiz va o‘timli yasama fe’llar ishtirok etgan.
7. Qaysi gapda sifatdosh shaklidagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi qo’llangan?
A) Mahsulotni o’z vaqtida buyurtmachilarimizga yetkaza olishimiz birlamchi vazifamizdir.
B) Erining vajohatidan qo’rqib ketgan Saida biroz o’zini yo’qotib qo’ydi.
C) Xayriniso arzalab ketib qolgach, qolganlar bir-biri bilan bahslashib ketdi.
D) Haqparast insonni o’ldirish mumkin, ammo uni yengib bo’lmaydi.
8. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog‘larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.
Ushbu she’riy parchadagi fe’l turkumiga oid so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu she’riy parchadagi fe’llar ikki xil gap
bo‘lagi vazifasini bajargan.
B) Ushbu she’riy parchadagi fe’llar aniq va o‘zlik nisbat shakllarida qo‘llangan.
C) Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan barcha fe’llar o‘timli fe’llar hisoblanadi.
D) Ushbu she’riy parchada sodda tub va sodda yasama fe’llar ishtirok etgan.
9. Qaysi gapda yetakchi qismi orttirma nisbat shaklida qo‘llangan fe’l hol vazifasini bajargan?
A) Imoratni qurib bitirganda o‘z ishidan qanchalik zavqlanishini ko‘z oldiga keltirib g‘alati jilmayib qo‘ydi.
B) Bu gaplarni unutib yubormaguncha yuragidagi g‘ashlikni ketkiza olmagan edi.
C) O‘g‘lini tez-tez kiyintira boshlagan Nodira yana nimagadir tikilgancha to‘xtab qoldi.
D) Avliyo xizmatkorini cho‘lda qoldiribdi va “Shu musicha bolalarini uchirib ketguncha ziyon yetkazma”,−debtayinlabdi.
10. Shayximning uyida ikki yil yashadim. Alloh u kishiga oltita qiz ato etgan edi.. Allohga qasamki, ularga hatto bir marta ham nazar solmadim, nigoh tashlamadim. Shunda Alloh xotiramni mustahkam ayladi va uch oyda to’qsonta kitobni yodladim. Berilgan parchada qo’llangan yasama fe’llar miqdorini toping.
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
11. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?
A) U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi.
B) Dasturxonni yig‘ishtirayotgan xotiniga ham o‘shqirdi.
C) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki chavandoz ko‘rindi.
D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi.
12. Jo'shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari,
Buralib kо‘katlar ustidan chopar,
Uzilgan marvarid yarqirashlari. Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Parchada ikkita yasama fe’l isbtirok etgan.
B) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas.
C)Parchadagi fe’llarning barchasi kesimvazifasida kelgan.
D) Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid
so‘zlardan bosil qilingan.
13. Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining faqat yetakchi qismi yasama ko’rinishida?
A) Bahor kirib, oftobning iliq nurlari yelkani qizdiradigan bo’lib qolgan kunlar edi.
B) Oyim bizlarga hech qattiq gapirmas, mabodo xafa qilib qo’ysa, birpasdan keyin o’zi yalinardi.
C) Razm solsangiz, rasmda ko’p narsani ko’ra olasiz.
D) Odamlar uning she’rlarini hayajon bilan o’qir, kitoblarini do’konlardan sotib olishga shoshilar edilar.
14. Berilgan qaysi gapda qatnashgan fe’lning vazifa shakllarining barchasi yasama so’z bilan ifodalangan?
A) Qushlar uni yaxshi ko’rishib, unga mayna deb ism qo’yganlarini aytishibdi.
B) Bu gapdan achchiqlangan Nurmat g’azabdan qaltirab so’zladi, barmoqlarini qarsilatib, jahl bilan yerga tufladi.
C) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach, hammamiz shoshilgancha yo’lga otlandik.
D) Sizni rais chaqiryapti, traktorchilarni olib kelarkansiz.
15. Qaysi gap tarkibida fe’l yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan fe’llarning munosabat shakli qatnashmagan?
A) Uning sovuqdan lablari ko'karib ketgan.
B) Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st orttir.
C ) O`sha paytlar u Toshkentda yashardi.
D) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar.
16. Qaysi gapda qo'shma fe’llar mavjud?
A) Vatanimizning kelajagi yorug` va ertasi porloq.
B) Bilim kaliti yordamida yo‘llarida uchraydigan
muammolarni yechib ketaveradilar.
C) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o‘zini
ko‘rsata oladigan yoshlar qo‘lida.
D) Xalqimiz farzandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan bilim dargohlarida ta’lim olib kelmoqdalar.
17. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan qo'shma yasama fe’llar qatnashgan?
A) Sipohning tarqoqligi kuchsizlanishga olib keladi.
B) Matbuotda e’lon qilingan bu farmoyishdan so‘ng korxonada tegishli qaror qabul qilindi.
C) U xonaga yuzi qizarib kirib keldi-da, o‘z o’rniga jahl bilan o'tirib gapira boshladi.
D) Chin do'st ranjimaydi, agar ranjisa bam, do‘stining uzrini qabul qiladi.
18. U o`ziga hayratomuz tikila boshlagan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon burib qarab qo'yadi.Mazkur gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) K.f.s.qo‘shilmalari har xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.
B) K.f qo‘shilmalari to‘ldiruvchi va aniqlovchiga tobelangan.
C) K.f.s qo‘shilmalaridagi yetakchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.
D) K.f.s qo‘shilmalaridagi ko‘makchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.
19. Tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan yasama fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Boshida tashvishi bo‘lishiga qaramay, bolani
erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi.
B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi.
C) Shunisi borki, yarador oyog‘i ko‘proq lat yegan
bo‘lsa kerak, u qop ko‘targanda qiynalib yurdi.
D) Uning xayollarini to‘lin oy daralarga olib ketardi.
20. Qaysi gapda yetakchi fe’li tub so’z bo’lgan, aniqlovchi vazifasidagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasiqatnashgan?
A) Moshkichiri jindak tagiga olib, qotib ketibdi.
B) Yig’lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam odammi?
C) Yong’oqqa bog’lab qo’yilgan echkini ikki marta sug’ordim.
D) Jimirlab oqib turgan suvga tikilib o’tirdi, bolaligini eslab ketdi.
21. Qaysi javobda qo‘shma va sodda yasama fe’llar bor?
A) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashayotgandi.
B) Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun.
C) U har bir niholga alohida e'tibor berib parvarish qilardi.
D) Alpomishga alia aytgan momolarim Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim!
22. Oddiy bir ishni qilishga odatlanmagan baquvat va yosh yigitlarga qaraganda bu ishni bajarishga odatlangan keksa va ojiz kishilar uni qiynalmay bajara oladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqida qaysi fikr to’g’ri emas?
A) Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’lning ravish holi vazifasini bajarishi kuzatiladi.
B) Ushbu gapda qatnashgan tub fe’llar aniq nisbatda.
C) Ushbu gapda tarkibida nisbat qo’shichasi mavjud bo’lgan soda yasama fe’l qatnashgan
D) Ushbu gapda yasama fe’llar ikki xil gap bo’lgan vazifasini bajargan
23. Qaysi maqolda asosi sifat turkumiga mansub bo‘lgan sodda yasama fe’l mavjud?
A) Xalq tinchligin buzgan omon qolmas.
B) Yaxshilik ko‘zga ko‘rinmas,
C) Manman kamtardan yengilar.
D) O‘g‘ri berkitib olar, Qaroqchi − qo‘rqitib.
24. Unsin qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. Ushbu gapda nechta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta С) 1 ta D) 3 ta
25. Qaysi gapda -ar qo‘shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
B) Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!
C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
D) O‘roq mahali o‘roqchilarga go‘ja, ayron olib chiqardik.
26. Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, Viqor-la o ‘shshaygan qoya labida. Ushbu she’riy parchadagi fe’llar haqida to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.
B) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining to‘rt turi qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar soda yasama fe’llar sanaladi.
27. Qaysi gapdagi barcha fe`llar yasama hisoblanadi?
A) Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qo‘llari qaltiraydigan, qarib qolgan otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.
B) O‘g‘li va kelinining bu kabi muomalalaridan ranjigan ota vafot, etgan kampirini eslab, ba’zan yig‘lardi.
C) Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehni o'tkirligiga taajjublanganini yashirmadi.
D) Otasining bu gapidan keyin u o‘z qilig‘idan uyalib ketdi-yu, qassobning uyiga kechirim so'ragani bordi.
28. Quyida berilgan fe’llardan nechtasining asosida ifodalangan otimli-o‘timsizlik ma’nosi nisbat qo'shimchasi ta’sirida o'zgargan?
kuylatmoq, o‘ylanmoq, qiynalmoq, yedirmoq, silkinmoq, jimirlatmoq, bo‘shatmoq
A) 4 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 6 ta
29. Qaysi javobda faqat qo'shma fe’llar berilgan?
A) olib turdi, ishlab chiqarmoq
B) yozdi-o'qidi, o'quvchi emish
C) hormay-tolmay, olib keldi D) sotib olmoq, bayon etmoq
30. Qaysi gapda barcha fe’llar bir xil zamon ma’nosini bildirgan?
A) Ular dovon ortidan kelgan, agar ular u yoqda ko’p bo’lsa, demak, yana kelishadi.
B) Uchqunni puflasang, olov alanglanadi, uchqunga tuflasang, u o’chib qoladi, lekin ikkisi ham bir og’izdan chiqadi.
C) Barcha ishni ertaga qoldirdik, ammo ertaga ulgura olamizmi?
D) Qosh qoraydi hamki, Nosirjondan darak yo’q edi, balki ertaga kelar.
30+1. Yasama fe’l asosida tovush tushishi kuzatilmaydigan gapni aniqlang.
A) Goho miriqib gaplashar, goho chuqur o‘y surib yig‘lardi
B) Ishidagi o‘sish pasayganini sezmayotgan edi.
C) Salimjon qo‘ylarini erinmay birma-bir sanadi.
D) Ko‘chada mashinalar qatnashi susaymoqda.

Yüklə 50,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə