O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 20,13 Kb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü20,13 Kb.
#148940
  1   2   3
Azamjonov mustaqil ish 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi

“Mehnatni tashkil etish va Me’yorlashtirish” fanidan



MUSTAQIL ISH
Bajardi: Rasulov A 72a-20 I


Mavzu: Mehnat kodeksidan 163-165- moddalarni o’rganish.


2-§. Mehnat shartnomasini tuzish
163-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlash
Mehnat shartnomasini:
1) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha;
2) ushbu Kodeksning mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan;
3) xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrlarda;
4) xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda;
5) xodim xizmat safarida bo‘lgan davrda;
6) homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.
Ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda avvalgi ish joyi bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida nazarda tutilgan cheklovlar tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qo‘llanilmaydi.

Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə