O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi


-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olish



Yüklə 20,13 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü20,13 Kb.
#148940
1   2   3
Azamjonov mustaqil ish 2

164-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib olish
Agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi hollarda bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi talab etilmaydi:
tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganligi munosabati bilan;
ushbu Kodeks 161-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga ko‘ra tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo‘linma rahbari bilan;
tashkilot mulkdori o‘zgarganligi munosabati bilan ushbu Kodeks 489-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbari bilan.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga roziligi masalasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ish beruvchiga xabar qilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin kasaba uyushmasi qo‘mitasi qabul qilingan qaror haqida xabar qilmasa, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligisiz bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə