Davlat va huquq


almashtirib berilishi shart?



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
10 sinf huquq

almashtirib berilishi shart?
1-vaziyat.
Fuqaro planshet xarid qildi va o‘rovini ochmadi. Bir oydan 
keyin uni yanada qimmatiga almashtirib berishlarini so‘radi.
2-vaziyat.
Fuqaro kafolat muddati 6 oylik fen xarid qildi. Fen nuqsonli 
detali bo‘lgani sababli 6,5 oydan keyin ishdan chiqdi.
3-vaziyat.
Fuqaro elektr choynagini sotib oldi, 5 kun davomida undan 
foydalandi, keyin esa do‘kondan uni hushtagi bo‘lgan choynakka 
al mashtirib berishlarini so‘radi.


79
17-§. ISHLAB CHIQARUVCHI TOMONIDAN 
 
TOVAR SIFATIGA BERILADIGAN KAFOLAT
TOVARNING YAROQLILIK KAFOLATI VA MUDDATI
O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi 
tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lo
-
zim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kun
-
dan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lma
-
sa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, 
shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ular
-
dan foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat mud
-
dati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, asosiy 
buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar 
(xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida 
tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.


80
Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarla
-
rida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash 
shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va 
yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qa
-
bul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə