Kazuslar: 1-kazus



Yüklə 157,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü157,46 Kb.
#146828
  1   2
402-guruh Nayzaev B IPK



KAZUSLAR: 
 
1-kazus 
Da’vogar “I” xususiy korxonasi bilan javobgar “A” mas’uliyati 
cheklangan jamiyati o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan da’vogar 
javobgarga 10 000 000 so‘mlik qurilish materiallari yetkazib berishi, javobgar 
esa olingan mahsulotlar uchun 30 kun ichida kelishilgan mablag‘ni to‘lab 
berishi lozim edi. Lekin javobgar tomonidan da’vogar talabnoma yuborgandan 
keyin ham to‘lov amalga oshirilmagan, da’vogar 10 000 000 so‘mni undirish 
to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Da’vo arizasi ish 
yurituvga qabul qilinib, sud muhokamasiga tayinlanishi to‘g‘risida ajrim 
chiqarilib taraflarga yuborilgan. Sud muhokamasida aniqlanishicha, da’vogar 
tomonidan yuborilgan da’vo arizasi sudga yetib kelmasidan oldin javobgar 
to‘lovni to‘liq amalga oshirgan. 
Sud ushbu holda da’voni qanoatlantiradimi yoki yo‘qmi? Bunday holatda 
sud xarajatlari kimning zimmasiga yuklatiladi? Nizoni sudgacha hal etish 
tartibi va kelishuv bitimi haqida nimalarni bilasiz? Uning afzalliklari qanday? 

 Javob: 
Ushbu vaziyatda shartnoma shartlari bajarilmayapti, ya’ni O’zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksi 234-modda, 236-moddalarida majburiyat tushunchasi va uning lozim 
darajada bajarilishi haqida belgilab quyilgan. 
Ushbu vaziyatda sud O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy Protsessual 
Kodeksining 131-moddasiga asosan taraflarni kelishuv bitimi tuzish choralarini ko’radi, 
chunki to’lov amalga oshirilgan. 
Bu holatda sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklanadi. 
Asos: O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy Protsessual Kodeksi 118-modda 5-
qism. 
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan 
ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. 
Kelishuv bitimi haqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy Protsessual 
Kodeksining 130-moddasida yozilishicha sud taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, 
ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga 
ko‘maklashadi. 
Kelishuv bitimining afzalliklari: 
Aytib o'tish lozimki, yarashtirish tartib-taomillari vositasida hal qilinadigan nizolarda 
har ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi.Ya'ni, taraflar ixtiyoriy ravishda 
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yo'llari va usullari, 
kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari hamda ushbu majburiyatlarni 
bajarmaslik oqibatlarini belgilab olishadi. 
Sud tartibida ko'riladigan nizolar bo'yicha har ikki tarafning foydasiga qaror 
chiqarishning imkoni mavjud emas. Tabiiyki, sud qaroridan norozi bo'lgan taraf apellatsiya 


va kassatsiya tartibida shikoyat keltirishi mumkin. Buning natijasida taraflar ortiqcha vaqt 
va mablag' sarflashlariga to'g'ri keladi. 
Ushbu va boshqa holatlar inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy 
protsessual kodeksining 16-bobi “Yarashtirish tartib-taomillari”ga bag'ishlangan bo'lib, 
mazkur kodeksning 130-moddasiga ko'ra, sud taraflarning kelishuvi uchun choralar ko'radi, 
ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga 
ko'maklashadi.
 
2-kazus
 
Iqtisodiy sud “Tabiat” shirkat xo‘jaligi da’vosi bo‘yicha “Istiqlol” shirkat 
xo‘jaligidan12 000 000 so‘m asosiy qarzni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori 
qabul qilgan. “Istiqlol” shirkat xo‘jaligi bu hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, 
qarorni olgandan keyin ikki oy o‘tgach kassatsiya shikoyatini viloyat iqtisodiy 
sudi orqali Oliy sudga yuborish uchun topshirgan.
Iqtisodiy sudning sudyasi o‘z ajrimi bilan ushbu hal qiluv qarori bo‘yicha 
shikoyat apellatsiya instansiyasida ko‘rilmaganligini asos qilib kassatsiya 
shikoyatini qaytargan. 
Sudyaning ajrimi asoslimi? Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish va fuqarolik 
sudlov ishlarini yuritishning o‘xshash hamda farqli jihatlarini tahlil qiling. 
 

Yüklə 157,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə