Davlat va huquq


INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
10 sinf huquq

INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 
bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim bir yil davomida yangidan 
inti zomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi.

Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil 
o‘tganidan keyin o‘z-o‘zidan olib tashlanadi);

jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin;

jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy 
kartochkasiga kiritilmaydi;

har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun nojo‘ya xat
-
ti-harakat aniqlanganidan keyin uzog‘i bilan bir oy 
ichida faqat bitta in tizomiy jazo qo‘llanishi mumkin;

intizomiy jazo qo‘llangani to‘g‘risidagi buyruq xo-
dimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxona
-
da ish dan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga be
-
rilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi. Ish beruvchi yil davo
-
mida o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki mehnat jamoasining 
iltimosiga binoan intizomiy jazoni olib tashlashga haqli.


120
Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan intizomiy jazolarni 
qo‘llanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 
181-modda
MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING 
 
MODDIY JAVOBGARLIGI
Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlar
-
ni to‘liq miqdorda qoplashga majbur:

maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmat
-
baho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun;

bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishi
-
ni ta’minlamaganligi uchun;

qasddan zarar yetkazilganda;

alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida za
-
rar yetkazganda;

xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida za
-
rar yetkazilganda;

tijorat sirlari oshkor etilganda.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetka
-
zilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki tok
-
sik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish nati-
jasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə