Denov tadbirkolik va pedagogika instituti. Denov tadbirkolik va pedagogika instituti



Yüklə 7,48 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü7,48 Kb.
#126944
Kimyoviy ishlab

Denov tadbirkolik va pedagogika instituti .

Denov tadbirkolik va pedagogika instituti .

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti kimyo turlari yònalishi 14k-20 guruh talabasi Qurbonova Setoraning.

Kimyo texnalogiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

O`zbekiston kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan maxsulotlar va kimyoviy ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish konsepsiyalari

Reja

  • 1. Iqtisodiyotda Kimyo sanoatini axamiyati
  • 2. Kimyoviy tolalar va iplar (polimerlar) ishlab chiqarish
  • 3. Rezina mahsulotlari ishlab chiqarish.

Iqtisodiyotda Kimyo sanoatini axamiyati

  • Kimyo sanoati respublika iqtisodiyotida muhim o`rin egallaydi. Bir tomondan, respublikada neft, gaz, ko`mir sanoatini muntazam o`sib borishi (binobarin, kimyoviy xom ashyo miqyosi va geografiyasining kengayishi), ikkinchi tomondan, xalq xo`jaligini mineral o`g`itlar, har xil kimyoviy vositalar, plastik massalar, sun`iy tola, sintetik kauchuk, lok-bo`yoq, kislota va ishqorlarga ehtiyoji ortib borishi mazkur sanoat tarmog`ini rivojlantirishga ob`yektiv shart-sharoit tayyorlagan

Kimyoviy tolalar va iplar (polimerlar) ishlab chiqarish ham respublika kimyo sanoatining endi rivojlanib kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Uning rivojlanishiga gaz sanoatidagi o`sish ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Mazkur tarmoq mahsulotlaridan-Chirchiq "Elektrokimyo sanoati" ishlab chiqarish birlashmasida kaprolaktom (yillik quvvati 80 ming t.), Farg`ona kimyo tolalar zavodida atsetat iplar, "Navoiyazot" birlashmasida nitron akril tolalari (yiliga 40 ming t.), "Farg`onaazot" birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t.) ishlab chiqariladi. Bu sun`iy tolalardan gazlama, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda foydalaniladi. 1999 yilda mamlakat iqtisodiyoti uchun 11472 t kimyoviy tolalar yetkazib berilgan. Kaprolaktomning hammasi, atsetat va nitron tolalarining deyarli 2/3 qismi respublikadan tashqariga jo`natiladi.

Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda progressiv texnologiyalarni ishlab chiqish;

  • Shu bois, O`zbekiston kimyo sanoati tez sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. U ayniqsa, yoqilg`i-energetika sanoatining xom ashyosi mo`l bo`lgan mintaqalarda tez rivojlanmoqda. Mamlakat kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi, tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, ozokerit, turli minerallar, ohaktosh, grafit, shuningdek, rangli metallurgiya va paxta-kanopni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. Respublikamizda osh va kaliy tuzlari, fosforit hamda soda xom ashyolari, magniy, natriy zahiralari nihoyatda katta. Ularning yirik konlari Tubagatan, Boybichakon, Oqpat, Xo`jaikon, Lalmikon va boshqalar kelajakda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
  • Rezina mahsulotlari Angren "O`zbekrezinatexnika" birlashmasi va Toshkent rezina texnika mahsulotlari zavodida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan maxsus rezina mahsulotlari ishlab chiqargan "O`zbekrezinatexnika" birlashmasi 1987 yildan xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarishga o`tdi. 1992 yildan shinalar ishlab chiqarishni o`zlashtirishga o`tildi. Unda 1996 yildan yengil avtomobillar uchun 1,5 million dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.

Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po‘latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o‘rnini bosa oladi.

Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikroelektronikada, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo‘llanib kelmoqda.

Keramikadan mashinasozlikda, konstruksion materiallar tayyorlashda, elektronika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib borayotgani hammaga ma’lum.


Keramika metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi o‘rindagi sanoat materiali deb e’tirof etilmoqda.

Kompozitlar asos (matritsa) va to‘ldirgichdan iborat bo‘lib, zamonaviy materiallar orasida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda asos sifatida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishlatiladi.

Kimyo sanoatining oldida turgan muhim vazifalardan biri texnik maqsadlar uchun qo‘llanayotgan tabiiy materiallar va oziq mahsulotlari o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishdir.

Kimyo fani va sanoati oldida yangilashning iloji bo‘lmagan tabiiy resurslar: rangli va qora metall rudalari, neft, gaz, ko‘mir, tog‘-kimyoviy xomashyolaridan maksimal to‘la foydalanish vazifasi turibdi.

Tibbiy anjomlar kimyo sanoati yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq qilishga sharoit yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  • Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997.
  • Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996.
  • Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004.
  • Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983.
  • Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992.
  • Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990.
  • Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994.

Yüklə 7,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə