Denov tadbirkorlik va pedagogik


O’zbekistonda inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash istiqbollari



Yüklə 263,5 Kb.
səhifə6/7
tarix02.05.2023
ölçüsü263,5 Kb.
#108058
1   2   3   4   5   6   7
Denov tadbirkorlik va pedagogik

O’zbekistonda inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash istiqbollari.

O’zbekistonda inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy iqtisodiy tushunchalari sifatida investitsiyalar tushunchasining bugungi xayotimizga keng va tez kirib kelishining o‘zi uning mohiyati va ahamiyati, zarurligini ko‘rsatib, uni ochib berishga bo‘lgan zaruriyatni keltirib chiqaradi. Bu tushuncha o‘zi bilan birga investitsiya loyihalari tushunchasi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirish, ularning texnik iqtisodiy asoslanishi va ekspertizasi, loyihaviy tahlil, loyihalarning samaradorligini baxolash va monitoringi kabi bir qator yangi ko‘plab tushuncha va iqtisodiy bilimlarni kashf etishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muhimligini anglab olishimizga sabab bo‘lmoqda ―Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi.


O’zbekistonda inson kapitaliga yo’naltirilgan milliy iqtisodiyotining rivojlanishida iqtisodiy tarmoqlarning kengayishi, mulkchilik shakllarining ortishi va qo‘shma korxonalarning salmog‘ini o‘sib borishiga katta investitsiyalar jalb qilinmoqda. Yonilg‘i-energetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo majmuasi, engil sanoat, sanoatning oziq-ovqat va qayta ishlash tarmoqlariga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni barpo qilish va yangi mahsulotlar turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Keyingi yillarda transport majmuasiga, kommunikatsiyalarga, ijtimoiy sohaga, shu jumladan ta‘lim sohasiga investitsiyalar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday tuzilmaviy o‘zgartirishlar jahon xo‘jaligiga kirib borish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Jahon iqtisodiyotining, shu jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotining ham kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda har bir bilim sohibi anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy isloxotlarning samarali ijrosini ta‘minlashning muxim asosiga aylanganligi bilan bog‘likligini tushunib olish qiyin emas. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qulay investitsiya iqlimi shakllanmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiy xamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda "investitsiya" nisbatan aniq va keng qo‘llanilayotgan atama hisoblansa-da, ikkinchi tomondan, uning ko‘p qirraligi va ziddiyatliligi nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy iqtisodiy adabiyotlariga ham xos. "Investitsiya" atamasining mohiyatini aniqlashni iqtisodiy adabiyotlarda keng qo‘llaniladigan ta‘riflarni tahlil etishdan boshlash maqsadga muvofiq. "Investitsiya" tushunchasi bir qator ma‘nolarga ega bo‘lib, bu qisqacha quyilma degan ma‘noni bildiradi. Yoki buni foyda olish maqsvdida aktsiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish hamda intelektual va boshqa moddiy boyliklar uchun sarflanishi tushuniladi, ya‘ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning qiymatini saqlaydi, uning qiymatini ko‘paytiradi, va ijobiy daromad olishni ta‘minlaydi. Investitsiya huquqi sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan rus olimi A.G.Bogatirev ham yuqoridagi nuqtai nazarga yaqin pozitsiyani egallaydi. Aynan xarajatlarning ishlab chiqarishga xosligi va uzoq muddatliligi ko‘p hollarda mualliflar tomonidan investitsiyalar va kapital qo‘yilmalar o‘rtasida tenglik ishorasini qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kenggaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Mazkur ta‘rifda investitsiyalarning maqsadi ko‘rsatilgan bo‘lsada, uning ijtimoiy samarani ta‘minlashdagi roli ko‘rsatilmagan. Shuningdek, investitsiyalar faqat moliyaviy qo‘yilmalar sifatida tavsiflangan, xolos.
Mazkur ta‘rif garchi keng qamrovli bo‘lsa-da, investitsiyalarning mohiyatini to‘liq va aniq ochib bera olmaydi. Bunda investitsiyalar turli xil dasturlarni va loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadigan pul, mulk va intellektual boyliklar majmuasidan iboratligi ta‘kidlanadi. Qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan uzoq muddatli qo‘yilmalar, texnologiyalar sotib olish uchun sarflanadigan mablag‘lar va boshqa muhim investitsiya turlari e‘tibordan chetda qolgan. O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida" gi qonunida keltirilgan ta‘rif investitsiyalarning iqtisodiy-huquqiy tabiatini to‘liq ochib beradi: "investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘yektlariga kiritiladigan moddiy va (nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlar; investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub‘yektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar - mablag‘larni moliyaviy aktivlarga kiritishdir. Moliyaviy investitsiyalar aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar shaklida qatnashishi mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar shaklidagi investitsiyalar deganda davlat qimmatli qog‘ozlariga (obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari), boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlari va Nizom kapitaliga kiritilgan mablag‘lar, shuningdek, mamlakat ichkarisida va xorijda korxonalarga taqdim etilgan qarz mablag‘lari tushuniladi. Real investitsiyalar deganda barcha turdagi (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) nomoliyaviy aktivlarni sotib olish maqsadida kiritilgan mablag‘lar tushuniladi.
Investitsiyalarning real va moliyaviy turlarga ajratilishi ularni tasniflashtirishdagi asosiy belgilardan hisoblanadi. Investitsiyalash jarayoniga ishtirok etish xarakteriga ko‘ra investitsiyalar bevosita va bilvosita investitsiyalarga bo‘linadi.
Bevosita investitsiyalarda investor investitsiyalash ob‘yektini tanlash va mablag‘lar kiritishga bevosita ishtirok etadi. Bevosita investitsiyalarni odatda investitsiya ob‘yekti to‘g‘risida aniq ma‘lumotga ega, investitsiyalash mexanizmi bilan yaqindan tanish, shuningdek bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikka ega investorlar amalga oshiradilar. Bilvosita investitsiyalar investitsion yoki boshqa moliyaviy voitachilar orqali amalga oshiriladi. Investitsiyalash muddatiga ko‘ra investitsiyalar qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Uzoq muddatli investitsiyalar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan uzoq muddatli foydalanish ko‘zda tutilgan aktivlarni barpo etish, ularni kengaytirish va sotib olishga sarflangan kapital mablag‘lardir.
Davlat investitsiyalari - markaziy, mintaqaviy hamda mahalliy hukumat va boshqaruv organlari tomonidan byudjet, byudjetdan tashqari fondlar hamda qarz mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalari tomonidan ularning o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradigan qo‘yilmalaridir. Xorijiy investitsiyalar daromad olish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga xorijiy investorlar tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar majmuasidir. Xorijiy investorlar sifatida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar qatnashishi mumkin. Xorijiy investitsiyalarning bevosita, portfel va boshqa turlari mavjud. Bevosita xorijiy investitsiyalar xalqaro investitsiya faoliyatining muhim toifasi bo‘lib, bir mamlakat xo‘jalik yuritish birligining boshqa mamlakatdagi korxonaga barqaror ta‘sir o‘tkazishga intilishini o‘zida aks ettiradi. Barqaror ta‘sir o‘tkazish deganda bevosita investor va ko‘rsatilgan korxona o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, ushbu korxonani boshqarishda investorning sezilarli roli tushuniladi.
Investitsiyalar uchun zaruriy moliyaviy manbalarni topish iqtisodiy o‘sish shartiga aylangan. Bu esa birinchi nabvatda iste‘mol va jamg‘arma nisbatiga bog‘liq. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, o‘z modelini amalga oshirayotgan O‘zbekiston investitsiyalarni moliyalashtirishning samarali usullari, mexanizmlari va vositalarini izlashda davom etmoqda. Iqtisodiyotning barcha mulkchilik sektorlari doirasida investitsiya faoliyatining kuchayishi investitsiya loyihalarini baholash va tanlovni o‘tkazishni takomillashtirish, investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan ishonchli moliyaviy manbalarni izlab topish bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilish zaruriyatini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Mamlakat investitsiya faoliyatida ayniqsa xorijiy investitsiya ishtiroki kuchayishi bilan bu masalalar ahamiyati oshib boradi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar Nizom kapitaliga badal, kreditlar va boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bevosita investitsiyalash korxonasi korporativ va nokorporativ birlik sifatida aniqlanadi. Unda investorga kamida 10 foiz oddiy aktsiya yoki aktsionerlar ovozi (korporativ korxonalar uchun) yoki shunday ishtirokning ekvivalenti (nokorporativ korxonalar uchun) tegishli bo‘ladi. Bevosita va portfel investitsiyalarni bir-biridan ajratish uchun amaliyotda quyidagi mezondan foydalaniladi: agar investor 10 va undan ortiq foiz oddiy aktsiyalarga ega bo‘lsa, bunday investitsiyalar bevosita investitsiyalar hisoblanadi.
Boshqa xorijiy investitsiyalarga bevosita va portfel investitsiyalar jumlasiga kirmaydigan investitsiya turlari kiradi. Masalan, savdo kreditlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olinadigan kreditlar, bank qo‘yilmalari va boshqalar. Mintaqaviy belgisiga ko‘ra investitsiyalar mamlakat ichkarisidagi va xorijdagi investitsiyalarga bo‘linadi. Mamlakat ichkarisidagi (ichki) investitsiyalar deganda mamlakat hududida joylashgan ob‘yektlarga investitsiya mablag‘larining kiritilishi tushunilsa, xorijdagi investitsiyalar (tashqi) mamlakat hududidan tashqarisida joylashgan ob‘yektlarga investitsiyalarni joylashtirish tushuniladi"13.
Yuqorida keltirilgan tasniflashtirish investitsiyalarning eng muhim belgilarini o‘zida aks ettirib, zaruriyat tug‘ilganda yanada aniqlashtirilishi va ilmiy, tadiqot, tadbirkorlik maqsadlaridan kelib chiqqan holda yanada kengaytirilishi mumkin.
Investitsiyalar darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar uning o‘sish sur‘atlariga bog‘liq. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘minlashni yaxshilaydi
Investitsiya multiplikatori investitsiyalarning daromadlarning o‘sishiga ta‘sirini ifodalaydi. Ushbu uslub dastlab R.F. Kan tomonidan mablag‘lardan foydalanish multiplikatori 14sifatida taklif qilingan bo‘lib, bu g‘oya ushbu olim tomonidan amalga oshirilgan kuzatishga asoslangan. Ushbu kuzatish natijalariga ko‘ra, mablag‘lardan birlamchi qo‘shimcha foydalanishning muayyan hajmi taqsimlangan daromadlar va ular bilan bog‘liq xarajatlarning asta-sekinlik bilan o‘sishi natijasida ulardan foydalanishning ikkilamchi shakllarini keltirib chiqaradi. Mazkur g‘oya keyinchalik Keyns tomonidan bir tizimga keltirilib, koeffitsient - investitsiya multiplikatori ko‘rinishida taqdim etildi15.
Uning mohiyati quyidagicha: kapital qo‘yilmalarga qo‘shimcha xarajatlar daromadlar to‘lqinini vujudga keltiradi. Bu daromadlar hajmi ularni oluvchining iste‘molga moyillik darajasi bilan belgilanadi.
Ushbu nazariy qarashlarning O‘zbekistonning investitsiya sohasidagi hozirgi holatini tavsiflashdagi dolzarb jihatlarini alohida ta‘kidlash lozim. Haqiqatdan ham, iqtisodiy islohotlarning dastlabki davrida O‘zbekistondagi investitsiya taqchilligining muhim sabablaridan biri bir tomondan, davlat investitsiyalari hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xususiy investitsiyalar oqimi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan pirovard mahsulotga bo‘lgan ichki talabning keskin qisqarishi bilan bog‘liq.
Xulosa

Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg`or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o`z mablag`lari hamda chetdan jalb etilayotgan mablag`lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligiga jalb etilayotgan mablag`lar summasi ortib bormoqda. Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq (absolyut) hamda qiyosiy (nisbiy) samaradorligini tarmoq, korxona va yo`nalishlar bo`yicha aniqlash maqsadida muayyan ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Qishloq xo`jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi talab darajasida emas. Sababi–xo`jaliklar sof foydasi kamligi sababli maqsad uchun etarli miqdorda mablag` ajrata olmayotirlar, o`zgalarning mablag`lari, ya`ni chet el investitsiyalari, bank kreditlari ham talabni qondiradigan darajada jalb etilayotgani yo`q.


Ular o`z a`zolarining mablag`laridan samarali foydalanishlari ustidannazorat
yuritadilar. Bundan tashqari, qishloq xo`jaligini investitsiyalash jarayoniga turli xildagi banklarning, investitsiya, lizing va sug`urta kompaniyalarining, ishlab chiqarish kontsernlarining, savdo va boshqa korxona hamda tashkilotlarning mablag`larini jalb etish lozim. Buning uchun ularga davlat hamda qishloq xo`jaligi tomonidan ma`lum darajada iqtisodiy imtiyozlar yaratilishi zarur. Shundagina ular o`z mablag`larini qishloq xo`jaligiga solishi mumkin. Barcha yo`nalishlar bo`yicha qishloq xo`jaligiga sarflanayotgan investitsiya (kapital qo`yilma) larning maqsadga muvofiq yo`naltirilishi ta`minlanishi kerak. Shunda yalpi investitsiya (kapital qo`yilma) lar sof investitsiya (kapital qo`yilma) ga aylanadi. Ya`ni foydalanish mumkin bo`lgan ishlab chiqarish resurslari ko`payadi. Ulardan oqilona, samarali foydalanish natijasida qishloq xo`jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va sof daromadi ortadi. Bu investitsiya (kapital qo`yilma) larning iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta`minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga qaratilgan.
Jahon xo‘jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan va respublikamizda ochiq iqtisodiyot asoslari shakllantirilayotgan bugungi kunda samarali investitsiya siyosatini yuritish, ishlab chiqarish obektlarini tubdan modernizatsiya qilish orqali eksport hajmini oshirish hamda raqobatbardosh tovar va hizmatlarni jahon bozoriga chiqarish, milliy iqtisodiyotga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini kengaytirish va investorlar faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay huquqiy va me‘yoriy shart-sharoitlarni barpo etish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar samaradorligini izchil oshirib borish mazkur maqsadga erishishning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ohirgi yillarda respublikamizda investitsiya siyosatini takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga, yani ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnik- texnologik qayta qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari faoliyatining samaradorligi ortdi. Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.

Yüklə 263,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə