Denov tadbirkorlik va pedagogik



Yüklə 263,5 Kb.
səhifə2/7
tarix02.05.2023
ölçüsü263,5 Kb.
#108058
1   2   3   4   5   6   7
Denov tadbirkorlik va pedagogik

M U N D A R I J A
Kirish ................................................................................................................4
1-bob. Inson kapitalidagi investitsiyaning o’rni ..8

    1. Inson kapitaliga investitsiyalar mohiyati va obyektiv zarurati .8

    2. Inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy samaradorligi va uni baholash........15

2-bob. Inson kapitalini investitsiyalashtirishda xorij tajribasi va uni o’zimizda qo’llash .21

    1. Inson kapitaliga investitsiyalarining yo’naltirishga xorij tajribasi ..21

    2. O’zbekistonda inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash istiqbollari ..27

Xulosa .32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .33

KIRISH
Hozirgi davrda inson kapitali investitsion mablag`lar yangi, samarali texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga ham sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu muammoning to`g`ri, samarali hal etilishi ma`lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini ob`ektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag`lari tarmoqda doimiy va o`zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi.
U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo`ljallab sarflanishi mumkin. Agarda qishloq xo`jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta`mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo`ljallangandir. Ularni asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb atashadi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar qishloq xo`jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi. Ular qisqa muddatga sarflangan hisoblanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag`lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo`jaligi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalashtirish natijasida xarajatlarni kamaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko`payishi va sifati yaxshilanishini, olinadigan daromad (foyda) summasi oshishishni ta`minlaydi. Investitsiyalar har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda amalga oshiriladi. Chunki ular davlatni, tarmoq, korxonalar, va nihoyat, aholining iqtisodiy negizini mustahkamlashga sarflanadi. Erkin bozor iqtisodi bosqichma-bosqich shakllantirilayotgan O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar sarflanishi ob`ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy binoinshootlar, barcha turdagi zarur texnikalar, qishloq xo`jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum, tezpishar navlar, zotli, mahsuldor hayvonlar hamda aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlash lozim.
Shunday qilib, qishloq kredit kooperativlari tijorat bankidan o`z faoliyatining maqsadi, tashkiliy-huquqiy shakli, foydani taqsimlash usuli, xususiy mablag`ining manbai va xizmat ko`rsatishi bilan tubdan farq qiladigan alohida turdagi moliyaviy institut hisoblanadi. Mamlakatda qishloq kredit kooperativlarini rivojlantirish bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak, chunki, avvalo, fermer va dehqon, shuningdek, boshqa turdagi qishloq xo`jalik korxonalari bunday tuzilmalarni barpo qilish zarurligini va ahamiyatini tushunib etishlari lozim. Shundagina kooperativ banklar tuman va viloyat kooperativlarini birlashtiruvchi ko`p darajali qishloq kredit kooperatsiya tizimini shakllantirishi mumkin. Bu tizimning vazifalari qat`iy taqsimlangan birlamchi kredit bo`g`inlaridan to hududiy va markaziy banklar ittifoqi ko`rinishidagi tashkiliy tuzilma sifatida tuzilishi mumkin. Quyi bo`g`indagi qishloq kredit kooperativlari, yuqorida ta`kidlanganidek, ixtiyoriy ravishda dehqon, fermer va boshqa turdagi qishloq xo`jalik korxonalarining pul mablag`larini jamlash yo`li bilan tashkil etiladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 25 dekabr kuni “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, unda Xususan, sarmoyadorlarga chet el valyutasidagi pul mablag’lari O’zbekistonga va chet elga hech qanday cheklovlarsiz, soliq va yig’imlar to’lash sharti bilan, shu jumladan repatriatsiya uchun valyutani konvertatsiya qilish sharti bilan kafolatlanadi.

Yüklə 263,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə