Kirish Elektr energiyasi sifati hayot faoliyati havfsizligi



Yüklə 36,89 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü36,89 Kb.
#149287
  1   2   3

Elektr energiyasi sifatiga qo'yiladigan talablarni ta'minlash usullari.
Kirish

  1. Elektr energiyasi sifati

  2. HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI

ХULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Elektr energiyasini sanoat, transport va qishloq xo`jaligida, aholining maishiy va madaniy maqsadlari uchun qo`llanilishi elektrlashtirish deyiladi. U mamlakat hayotida eng muhim ahamiyatga ega. Elektrlashtirish xalq xo`jaligining barcha sohalarini rivojlantirish, hozirgi zamon taraqqiyotini amalga oshirish uchun yetakchi omil hisoblanadi.


O`zbekiston energetikasi xalq xo`jaligining asosiy sohasi bo`lib, respublikada iqtisodiy va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
1913 yilda O`zbekistondagi barcha elektrstansiyalarning quvvati 3 ming kVt ga teng bo`lib, yiliga 3,3 mln. kVtsoat elektr energiyasini ishlab chiqarar edi.
Respublikada energetikaning ravnaqi Toshkent shahri yaqinida joylashgan Bo`zsuv GES i qurilishidan boshlangan. Quvvati 2 ming kVt bo`lgan bu stansiya 1926 yilning may oyida ishga tushirilgan edi.
Ayni vaqtda Bo`zsuv GES ini Toshkent tramvayini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi dizel elektrstansiyasi bilan bog'lovchi, uzunligi 34 km li 39 ta transformator punkti bo`lgan 6 kV li kabel tarmog'i qurilgan edi. Shu tariqa O`zbekiston energetika tizimini yaratishga asos solindi.
Chirchiq-Bo`zsuv traktida elektrstansiyalarining qurilishi tez sur'atlar bilan davom ettirilib, 1926 yildan 1940 yilga qadar mazkur yo`nalishda 67 ming kVt quvvat ishga tushirildi.
1940 yilda O`zbekistonda gidroelektrstansiyalarining o`rnatilgan quvvati 170,5 ming kVt ga teng bo`lib, elektr energiyasini ishlab chiqarish 482 mln. kVtsoat ga yetdi.
Shundan 200 mln.kVtsoat gidravlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarildi.
1940 yilda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish jon boshiga 72,5 kVtsoat ni tashkil qilgan bo`lsa, 90 chi yillarga kelib ko`rsatkich 220 kVtsoat dan ortibketdi.
O`zbekistonning energetika tizimiyiliga 60 mlrd. kVtsoatga yaqin elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, unda umumiy o`rnatilgan quvvati 12,4 mln. kVt bo`lgan 38 ta issiqlik va gidravlik stansiyalari ishlab turibdi.
O`zbekiston energetika tizimidagi barcha kuchlanishli elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 225 ming km dan ziyodni tashkil qiladi, shu jumladan 220 kV ligi - 5,5 ming km ga, 500 kV ligi -1,7 ming km ga teng. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42 ming MVA dan ziyod.
O`zbekiston energetika tizimining o`rnatilgan quvvatlari tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalarining salmog'i 87% ni tashkil qiladi. Farg'ona issiqlik elektr- markazi (IEM) 330 ming kVt quvvatga, Muborak IEM i 60 ming kVt, Toshkent IEM i 30 ming kVt quvvatga ega. Respublika energetikatizimining 3000 MVt li Sirdaryo IES i, 1250 MVt li Navoiy IES i, 1920 MVt li Toshkent IES i 730 MVt li Taxiyatosh IES i eng yirik issiqlik stansiyalari hisoblanadi.Ularga har birining quvvati 150 MVtdan 300 MVt gacha bo`lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetic bloklar o`rnatilgan.
Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoda eng yirik, loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 ta bloki) bo`lgan Talimarjon IES i qurilmoqda.
Chorvoq GES i (620 MVt), Xo`jakent GES i (165 MVt), Farxod GES i G'azalkent GES i (120 MVt) eng yirik gidravlik elektrstansiyalari hisoblanadi.
O`zbekistonda energetika jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Chirchiq daryosida gidravlik elektr stansiyalarining qudratli tizmasi yaratildi. 1950-1980 yillarda yirik issiqlik elektrstansiyalari barpo etildi. O`zbekiston energetikasining umumiy quvvati 12,4mln. kVt ga yetkazildi. Hozirgi paytda qurilayotgan Talimarjon IES ining quvvati 3200 MVt ni tashkil etadi. O`zbekiston energetikasi respublika xalq xo`jaligining elektr energiyaga bo`lgan ehtiyojlarini to`la qondirish imkoniyatiga ega.
O`zbekiston elektroenergetikasi 2001- yildan beri o`z ichiga ko`mir sanoati korxonalarini olgan holda, "O`zbekenergo" Davlat Aksionerlik Kompaniyasi tizimida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati bo`lib faoliyat yuritmoqda.
Kompaniya aholi va xalq xo`jaligini markazlashgan elektr ta'minotini amalga oshiradi, hamda issiqlik energiyasini kommunal-tayyor iste'molchilarga respublikamizning turli shaharlarida amalga oshiradi.
O`zbekistonning 42 ta elektrostansiyalarining o`rnatilgan quvvati 12,3 mln. kVt dan oshadi, bu esa o`rta Osiyo birlashgan energotizimi ishlab chiqarayotgan quvvatining taxminan 50% ni tashkil etadi.
Milliy energotizimning asosini Sirdaryo, Yangi-Angren va Toshkent IES kabi elektrenergiyaning 85% dan ko`pini ishlab chiqaruvchi katta elektrostansiyalar tashkil etadi.
500 kV li Sug'diyona podstansiya 1002 MVA li transformatorlari bilan ishga tushdi.
Yangi Angren IES dan 500 kV li EUL Farg'ona vodiysidagi qabul qiluvchi O`zbekiston 500 kV li podstansiyagacha qurilmoqda.
Sirdaryo IES dan Sug'diyona podstansiyagacha 500 kV li HL loyihalash ishlari olib borilmoqda. Qurilishni moliyaviy tarafdan ta'minlash Islom taraqqiyot banki tomonidan olib borilmoqda.
110-220 kV kuchlanishli ob'ektlarni qurilishi nazarda tutilmoqda, shu Bilan birga 110 kV li kabel liniyalari va yopiq nimstansiyalar respublikamiz poytaxtini elektr ta'minotini ishonchliligini oshirish uchun qilinmoqda.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun, dasturda taxminan 800 km magistral EUL ni qurish, hamda 2,0 mln. kVA transformator quvvatlarini 220-500 kV li tarmoq nimstansiyalarida ishga solish kutilmoqda.
O‟zbekiston energetika tizimi o‟z iste‟molchilarni elektr energiyasi bilan to‟liq ta‟minlab beradi va Qozog‟iston elektrtarmoqlari orqali Rossiya yagona energetiktizimi (YaET) bilan parallel ishlovchi Markaziy Osiyo (MO) Birlashgan energetika tizimi (BET) ga kiradi.
O‟zbekiston energetika tizimi tarkibiy jihatdan quyidagi qismlarga bo‟linadi.

  • Shimoliy-G‟arbiy (Taxiatosh) qismi;

  • Janubiy-G‟arbiy (Samarqand-Buxoro) qismi;

  • Markaziy (Toshkent) qismi;

  • Farg‟onaqismi;

  • Surxondaryo viloyati elektrtarmoqlari.

Energetika tizimining barcha qismlari o‟zaro 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari bilan bog‟langan.
Energetika tizimida asosiy iste‟molchilar bo‟lib yirik sanoat korxonalari: Navoiy KMK, Olmaliq KMK, Buxoro NQZ, Farg‟ona NQZ, Sho‟rton GKK, nasos stantsiyalari va boshqa iste‟molchilar hisoblanadi.
O‟zbekistonda EETini boshqruvini tashkil etilishi. DBAT
EET texnologik jarayonining xarakterli xususiyati bo‟lib elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste‟mol qilish jarayonlarining birligi, hamda energetika tizimining barcha elementlarining ish rejimlarini eng yangi axborot texnologiyalaridan va dasturiyta‟minotlardan foydalanish orqali ta‟minlab beriladigan yaqin o‟zaro aloqasi hisoblanadi.
O‟zbekiston EET dispetcherlik boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (DBAT) elektr tarmoqlari bilan qamrab olingan butun hudud bo‟yicha energetik tizim holati va ahvoli to‟g‟risida axborotni to‟plash, o‟zgartirish, uzatish, qayta ishlash va aks ettirish, to‟plangan axborot asosida tizim tomonidan uning barcha iste‟molchilarini talab etilgan sifatdagi elektr va issiqlik energiyasi bilan ishonchli va tejamli ta‟minlash funktsiyalarini bajarish (mavjud vositalar hisobiga) maqsadida boshqaruvchi komandalarni uzatish va amalga oshirishni ta‟minlab beruvchi iyerarxik ko‟rinishda qurilgan odam-mashina tizimini o‟zida ifoda etadi. DBAT o‟z ichiga quyidagilarni oladi:

  • MO BET "Energiya" BDMdagi, O‟zbekiston EET Milliy dispetcherlik markazi (MDM)da, elektr tarmoqlari korxonalarining (ETK) dispetcherlik punktlaridagi (DP) boshqaruvhisoblash markazlari (BHM);

  • Elektrstantsiyalarning, energobloklarning, nimstantsiyalarning texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TJ BAT);

  • Avtomatik rostlash va boshqarishning markaziy va lokal tizimlari.

EET DBATining barcha elementlarini boshqaruv komandalari va operativ axborotni to‟plash va uzatishning yagona birlamchi tarmog‟i birlashtiradi.
O‟zbekiston Respublikasi energetikatizimining dispetcherlik boshqaruvini avtomatlashtirilgan tizimi energetika tizimini boshqarishni barcha asosiy bo‟g‟inlarini operativ-axborot ta‟minotini amalga oshiradi. Energetika tizimini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste‟mol qilish texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.
O'zbekiston Respublikasining Milliy dispetcherlik markazi energetika tizimining elektr stantsiyalari va tarmoqlarining birgalikdagi ishi ustidan operativ dispetcherlik raxbarlikni amalga oshiradi.
MDM "O‟zbekenergo" DAKning texnik ishlab chiqarish bo‟linmasi bo‟lib uning maqsadlariga quyidagilar kiradi:

  • ist‟emolchilarni elektr ta‟minotini uzliksizligini ta‟minlash;

  • energetika tizimining va uning aloxida tugunlarini ishlash ishonchliligini ta‟minlash;

  • -energetik resurslardan oqilona foydalangan holda va berilgan yuklama grafiklarini bajarishda energetiktizimning tejamliligini ta‟minlash.


Yüklə 36,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə