Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori G‘. Raximovga



Yüklə 21,58 Kb.
səhifə2/3
tarix25.09.2023
ölçüsü21,58 Kb.
#123650
1   2   3
Ётокхонага ариза

ShARTNOMA №___


________ 2023 Denov shahri


Ushbu shartnomaga binoan ____ Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti nomidan “Talabalar turar joylari” direktori _____________________ bir tomondan filologiya fakulteti _______________ ta’lim yo‘nalishi ____ guruh talabasi _______________ikkinchi tomondan quyidagi shartnomani tuzib, unga amal qilishni o‘z zimmalariga oladilar:
1. “Talaba”ning huquq va majburiyatlar:
1.1. DTPIning “Talabalar turar joyi”ning ichki-tartib qoidalariga qat’iy amal qilish.
1.2. DTPIning “Talabalar turar joyi”da o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish.
1.3. DTPIning “Talabalar turar joyi”ning umumiy joylaridan foydalanishda u yerdagi jihozlarga ziyon yetkazmaslik, ularni asrab-avaylash, ozodalikka rioya etish.
1.4. DTPIning “Talabalar turar joyi”da va uning hududlarida navbatchilik qilish, ozodalikni saqlash, obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etish.
1.5. DTPIning “Talabalar turar joyi” direktori tomonidan ajratilgan xonani doimiy ravishda toza saqlash, undagi jihoz va buyumlarni asrash, xonada elektor isitgich, choy qaynatish va koipyuter vositalaridan foydalanmaslik.
1.6. O‘quv yili davomida talabalar o‘zi yashagan xonani o‘zi tomonidan zarar yetkazilgan joylarini yozgi ta’tilga ketish oldidan ta’mirlashi lozim.
1.7. DTPIning talabasiga munosib tashqi ko‘rinish va kiyinishiga (formasi, yarim yalang‘och kiyinmaslik)ga qat’iy rioya qilish.
1.8. DTPIning “Talabalar turar joyi”da spirtli ichimliklar ichmaslik, shovqin solmaslik, milliy madaniyatga zid kinofilmlarni ko‘rmaslik, ruxsatsiz kechalarni o‘tkazmaslik, xonadan-xonaga o‘tmaslik.
1.9. Oshxonada yuz-qo‘l yuvish xonalarida, xojatxonalarda kir yuvmaslik, cho‘milmaslik. O‘ziga biriktirilgan (hojatxona va yuvinish xonasi) biriktirilgan xonalariningn tozaliklarini saqlash, u yerdagi jihozlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni asrab avaylash.
1.10. Soat qishgi vaqtda 1900 dan, yozgi vaqtda 20.00 dan kechikmasdan “Talabalar turar joyi”ga kirish.
1.11. DTPIning “Talabalar turar joyi” direktori, Talabalar kengashi raisi, qavat sardori, navbatchilar, ma’sul xodimlar va xizmatchilar o‘z vazifalarini bajarish chegarasidagi talablariga itoat etish va so‘zsiz bajarish.
1.12. O‘rnatilgan tartibda ertalabgi badan tarbiya bilan shug‘ullanish va darsga kechikmasdan borish.
1.13. DTPIning “Talabalar turar joyi”dagi yashash sharoitini takomillashtirish bo‘yicha TerDU “Talabalar turar joyi” rahbariyatiga murojat etish.
1.14. Talabalar chiqindilarini belgilangan joyiga o‘z vaqtida chiqarib tashlashlari shart.
1.15.O‘rnatilgan tartibda yashash sharoitini tashkil etish berishni talab qilish.

Yüklə 21,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə