Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 5bi-guruh talabasi Xurramova Xulkarning tayyorlagan Qatag’on qurbonlari muzeyi



Yüklə 6,23 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü6,23 Mb.
#136766
  1   2   3

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 5BI-guruh talabasi Xurramova Xulkarning tayyorlagan Qatag’on qurbonlari muzeyi


"QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI" MUZEYI — Oʻzbekiston FA tizimidagi ilmiymaʼrifiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida“ (2001-yil, 1-may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmui (2002-yil, 31-avgustda) barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 boʻlimdan iborat: 19-asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari; Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatagʻon; „Quloqlashtirish“ kompaniyasi (30-yillar); 30-yillardagi qatagʻon; 40 —50-yillardagi qatagʻon; 80-yillardagi qatagʻon („Paxta ishi“); Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi.

Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash; qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviymaʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish; qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish; ilmiyijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish; muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish. Muzey „Shahidlar xotirasi“ xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda „Qishloq fojiasi“ (R. Shamsutdinov), „Abdulla Qodiriy“ (S. Mirvaliyev), „Choʻlpon“ (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning „Tanlangan asarlar“ini nashr etgan, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bilan hamkorlikda „Barhayot xotira“, „Armonli yillar koʻzgusi“, „Fidoyi olim“, „Mirtemir“ singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. 

  • Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash; qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviymaʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish; qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish; ilmiyijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish; muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish. Muzey „Shahidlar xotirasi“ xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda „Qishloq fojiasi“ (R. Shamsutdinov), „Abdulla Qodiriy“ (S. Mirvaliyev), „Choʻlpon“ (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning „Tanlangan asarlar“ini nashr etgan, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bilan hamkorlikda „Barhayot xotira“, „Armonli yillar koʻzgusi“, „Fidoyi olim“, „Mirtemir“ singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 6,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə