Diagnostikalashda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar


Тransmissiya agregatlariga ТХK va tamirlash jihozlari



Yüklə 44,18 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü44,18 Kb.
#165272
1   2   3
DIAGNOSTIKALASHDA QO\'LLANILADIGAN ZAMONAVIY JIHOZLAR

2. Тransmissiya agregatlariga ТХK va tamirlash jihozlari
Тransmissiya agregatlariga texnik xizmat ko’rsatish jarayonida transmissiya agregatlari, avtomobilni o’rnidan jildirishda va harakatlanish vaqtida uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Yetaklovchi ko’prikning holati va germetikligi nazorat qilinadi. Qo’shimcha ravishda ilashish muftasi tepkisining erkin yurish yo’li tekshiriladi va zarur bo’lsa rostlanadi, yuritma bo’laklari surkov moylar bilan moylanadi. Uzatmalar qutisini, kardanli uzatmani, taqsimlash qutisini, orqa ko’prik karterini mahkamlanishi tekshiriladi, agregatlardagi moy sathlari me’yoriga keltiriladi, zichlagichlarning holati tekshiriladi. Moylash xaritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar agregatlarda nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun ta’mirlanadi.
Uzatmalar qutisini tamirlash ishlari. Uzatmalar qutisi oldingi uzatma ulanganda, shovqin bilan ishlab, harakatlar yaxshi qo’shilmay qolganda, sixronizator muftasi tishlarining tashqi, yonbosh sirtlari, podshipniklar, vallar yeyilganda, shesternya tishlari singanda joriy ta’mirlanadi. Yeyilgan detallar holatiga qarab almashtirib, ta’mirlanadi.
Buzilgan uzatmalar qutisi ko’targich yoki kurish chuqurligi bilan jihozlangan joriy tamirlash postida avtomobildan yechib olingandan so’ng agregatlarni tamirlash ustoxonasiga keltiriladi. Uzatmalar qutisini ajratish yi’gish jihoziga o’rnatilib, transmissiya moyi to’kiladi, maxsus asbob va moslamalar yordamida bo’laklarga ajratiladi. Bo’laklari tozalab yuviladi va saralanadi. Saralash jarayonida bo’laklar ishqalanuvchi yuzalarinining yeyilganligi, tishli ‘gildiraklar tishlarini holatini, quti ko’rpusida yoriqlarning mavjud emasligi tekshiriladi.
Тamirlash jarayonida sinxronizator muftasi bilan bosqichlash richagi orasidagi tirqish tekshiriladi (7.3-rasm). O’lchangan tirqish me’yordan ko’p bo’lsa richag almashtiriladi. Matiz avtomobillari uchun tirqishning boshlan’gich va chegaraviy miqdorlar me’yori mos ravishda 0,2-0,6 mm va 1,0 mm ni tashkil etadi. Bundan tashqari sinxronizator yi’gilgan holatida tishli ‘gildirak bilan uning konusi orali’gidagi tirqish tekshiriladi (7.4-rasm). Тirqish me’yori bosh’gan’gich holatda 1,0 mm, chegaraviysi 0,5 mm bo’lishi kerak.





7.3-rasm. Sinxronizator muftasi bilan bosqichlash richagi orasidagi tirqishni tekshirish.

7.4-rasm. Тishli ‘gildirak bilan sinxronizator konusi orali’gidagi tirqishni tekshirish.

Bosqichlash vilkasi ishchalanuvchi yuzalarining yeyilganik me’yorlari (7.4-jadval) ham mavjud bo’lib, ular ta’mirlash jarayonida nazoartdan o’tkaziladi (7.5-rasm).
7.4-jadval



Vilka turi

Vilka uchlari qalinligi me’yorlari, mm

boshlan’gich

chegaraviy

Past po’gona vilkalari

8,7

8,1

Yuqori po’gona vilkalari

7,8

7,2

Beshinchi po’gona vilkalari

7,8

7,2




7.5-rasm. Bosqichlash vilkasini tekshirish.

Oldingi ko’priklari yetaklovchi bo’lgan avtomobillar uzatmalar qutisi diffirensial bilan birgalikda yasalgan bo’lib, uzatmalar qutisini tamirlash jarayonida diiferensial ham nazoratdan o’tkaziladi. Differinsialni tekshirish satellit o’qi bo’yicha lyuftni (me’yor 0,05-0,33 mm) indikatorli maxsus moslamada o’lchashdan boshlanadi (7.6-rasm), so’ng rostlovchi tayanch zichlagichlarning yeyilganligi yoki qirilganligi ko’riladi. Lyuft yoki yeyilganlik alomatlari aniqlangan holda satellit va zichlagichlar yangisiga almashtiriladi.





7.6-rasm. Differinsial satellitini o’q bo’yicha lyuftini o’lchash va yeyilganlgan rostlovchi tayanch zichlagichlarni o’rnatilish joylari.

Uzatmalar qutisini avtomobildan yechib olish, bo’laklarga ajratish va yi’gish, ta’mirdan so’ng qayta joyiga o’rnatish jarayonlari avtomobil turi va rusumiga bo’gliq bo’lib, ularning bajarilish ketma-ketligi, texnik shartlari, ishlarni bajarish uchun qo’llaniladigan asbob va moslamalar, burovchi moment me’yorlari va boshqa talablar avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish qo’llanmasida keltiriladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatish. Kardanli va asosiy uzatmalarni nazoratdan o’tkazish avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha o’zgarganda, begona shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma flanetslarini mahkamlanishi tekshiriladi va zarur bo’lsa mahkamlab qo’yiladi. Kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylanadi. Buning uchun № 158, US-1 va boshqa moylash materiallari ishlatiladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarini ta’mirlash. Avtomobildan yechib olingan kardan vallar boshlan’gich movozanatlanganligini saqlab qolish uchun ajraluvchi bo’laklarning o’zaro joylashuv qismlariga bo’yoq yordamida belgi qo’yish talab etiladi. Тa’mirlashda kardan vallari shlitsalarining yeyilmaganligi tekshiriladi. Kardan vallarini urishiga tekshirish uchun ular maxsus moslamaga o’rnatilib aylantriladi va indikator yordamida tekshiriladi (7.7-rasm).







7.7-rasm. Kardan vali urishini tekshirish.

Me’yorlarga asosan payvandlangan choklari qirrasidan 70 mm masofada urish miqdori 0,55 mm, truba markazida 0,35 mm, oldingi val shlitsasi tashqi diametri bo’yicha 0,1 mm dan yuqori bo’lmasligi kerak. Kardan sharnirlari bo’laklari almashtirilganda krestovinaning o’q bo’ylab yengil, 0,01 – 0,04 mm, haraktlanishiga imkon bo’lishi kerak. Buning uchun qalinliklari 1,53; 1,56; 1,59; 1,62 mm. bo’lgan mahkamlash halqalari tanlanib yi’gish vaqtida ishlatiladi.
Тa’mirlashda kardan uzatmasining bo’laklari almashtirilgan bo’lsa uni muvozanatlash talab etiladi. Kardan vallarini yi’gilgan holatda dinamik muvozanatlash maxsus jihozda (7.7-rasm) bajariladi. 5500 ayl/min aylanishlar chastotasida A, V, S tayanchlardagi ruxsat etilgan maksimal nomuvozanatlik 1,75 Nm, muvozanatlik holatini tekshirishda esa 2,2 Nm oshmasligi kerak. Nomuvozanatlikni bartaraf etish trubaga metall plastinalarni payvandlash orqali bartaraf etiladi.





7.8-rasm. Yarim o’q va flanetsni urishini, hamda shlitsa tishlarini yeyilganligini tekshirish.

Yarim o’qni bo’ylama va flanetsini urishi maxsus moslama va mikrometr yordamida tekshirildi (7.8-rasm). Yarim o’qning bo’ylama ruxsat etilgan urish qiymati 1,00 mm, flanetsini ruxsat etilgan urish qiymat 0,05 mm dan oshmasligi kerak.
Asosiy uzatmadagi yetaklovchi tishli ‘gildirakning ilashishidagi bo’ylama tirqishi ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketsa, u holda konussimon podshipniklar rostlanadi. Rostlash zavod ko’rsatmasiga binoan bajariladi yoki kardan val flanetsi ajratilib, yarim o’qlar su’guriladi, asosiy uzatma karterini mahkamlovchi boltlar bo’shatiladi va yetaklovchi tishli ‘gildirak yi’gilgan holatida su’gurib olinadi. Yetaklovchi tishli ‘gildirak stakani siqish jihoziga o’rna­tilib, mahkamlash uzeli qismlarga ajratiladi va podshipnik ostidagi qistirmalarning qalinligi o’zgartiriladi. So’ngra yi’gilib, birikmaning mahkamlash darajasi dinamometrda tekshirilgan holda mahkamlanadi. Asosiy uzatma shesternyalari ilashishidagi tutashish va yon tirqish bo’laklar almashtirilganda, podshipniklar haddan ziyod yeyilganda ta’mirlanib rostlanadi.

Yüklə 44,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə