Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the industry


INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE



Yüklə 34,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü34,71 Kb.
#165792
1   2   3   4
mikroservislar-va-klient-server-arxitekturalarining-tahlili

 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL 
IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY” 
 
APRIL 27-28, 2023 
1021
Server mijozlarga ma‘lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash kabi xizmatlarni taqdim 
etadi. Klient server arxitekturasining namunasi - World Wide Web. Ixtiyoriy web-saytga 
murojaat qilinganda, web-brouzer ushbu saytning serveriga so’rov yuboradi va server yuborilgan 
so’rovga muvofiq web-brouzerga qayta javob yuboradi. Klient-server arxitekturasidan fayl 
almashish tizimlari va elektron pochta kabi onlayn ilovalarda ham qo’llaniladi. Ushbu 
arxitekturaning asosiy afzalliklaridan biri boshqaruvning markazlashtirilganligida, ya’ni serverda 
resurslar va ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda boshqariladi. Barcha fayllar ushbu tarmoq 
uchun markaziy joyda saqlanadi. Bu esa ma’lumotlar xavfsizligini yaxshilaydi va boshqaruvning 
qo‘shimcha xarajatlarini kamaytiradi. Klient-server arxitekturasida bir vaqtning o‘zida bir nechta 
mijozlar serverga ulanishi mumkin, bu esa kengaytiriladigan tizim yaratish imkonini beradi. 
Klient-server arxitekturasi - bu markazlashtirilgan ma‘lumotlarni boshqarish va qayta ishlash
shuningdek, yuqori xavfsizlik va ishonchlilikni talab qiladigan ilovalar uchun eng mos bo‘lgan 
dasturiy ta’minot arxitekturasidir. Odatda, klient-server arxitekturasi korporativ resurslarni 
rejalashtirish (ERP - Enterprise Resource Planning), mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish 
(CRM - Customer Relationship Management) va ta’minot zanjirini boshqarish (SCM - Supply 
Chain Management) dasturlari kabi biznes ilovalari uchun ishlatiladi. 
Mikroservislar arxitekturasi kichik, mustaqil va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 
xizmatlar to‘plamidan tizim yaratishga asoslangan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish modelidir. 
Tizimdagi har bir xizmat mustaqil ravishda ishlab chiqilishi, joylashtirilishi, kengaytirilishi va 
yangilanishi mumkin. Har bir mikroservis mustaqil ravishda ishlab chiqilishi va joylashtirilishi 
mumkin bo‘lsa-da, uning funksionalligi boshqa mikroservislar bilan uzviy bog‘langan.
Microservislar arxitekturasida har bir xizmat autentifikatsiya, registratsiya, toʻlovni qayta 
ishlash yoki foydalanuvchi profilini boshqarish kabi bitta funksiya yoki vazifani bajaradi. Bir-
birlari bilan muloqot qilish uchun ilovaning mikroxizmatlari so‘rov-javob aloqa modelidan 
foydalanadi. Bunda HTTP protokoliga asoslangan REST APIdan yoki xabar almashish kabi 
qulay protokollar yordamida bir-biri bilan aloqa qiladi. Microservislar turli dasturlash tillari yoki 
texnologiyalari yordamida tuzilishi mumkin, ya’ni har bir mikroservis, mikroservis hal qilish 



Yüklə 34,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə