Python dasturlash tilida fayllar bilan ishlash



Yüklə 5,59 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,59 Kb.
#165336
PYTHON DASTURLASH TILIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
3-BOSQICH 304- GURUH TALABASI
Nurmamatov Asadbek
ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARI FANIDAN
TAYYORLAGAN
Prizintatsiyasi
PYTHON DASTURLASH TILIDA FAYLLAR BILAN ISHLASH
Fayllar bilan ishlash
Pythonda turli xil fayl turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo’lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo'lish mumkin: matn va binar fayllar. Matn fayllari, masalan, kengaytmasi cvs, txt, html, umuman, matn shaklida ma'lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o‟z ichiga oladi. Binar fayllar tasvirlar, audio va video fayllar va boshqalardan iborat. Fayl turiga qarab u bilan ishlash biroz farq qilishi mumkin.

FAYLLAR BILAN ISHLAGANDA, QUYIDAGI TARTIBDAGI OPERATSIYALAR KETMA-KETLIGINI AMALGA OSHIRISH TALAB ETILADI:
1
    • open() metodi yordamida faylni ochiladi;

2
    • read() metodi yordamida faylni o'qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish amalga oshiriladi;

3
    • close() metodi faylni yopadi.

Fayllarni ochish va yopish

  • Fayllar bilan ishlash uchun avval faylni open() metodi yordamida ochish zarur. open() metodidan quyidagi ko’rinishda foydalaniladi:
  • open(file, mode)
  • Funksiyaning birinchi parametri faylning yo'lini ifodalaydi. Fayl yo'li absolyut bo'lishi mumkin, ya'ni disk harfidan boshlanadi, masalan, C: //qandaydirpapka/somefile.txt. Yoki nisbiy bo'lishi mumkin, masalan, qandaydirpapka/ somefile.txt - bu holda, fayl Python ishlaydigan skript joylashgan katologda hosil qilinadi. Ikkinchi argument mode - bu faylni ochish rejimi bo`lib, fayl bilan qanday ish bajarilishiga qarab, 4 turdagi fayllar bilan ishlash rejimidan birini qo‟llash mumkin:

r (Read) - Fayl o'qish uchun ochadi. Fayl topilmasa, FileNotFoundError xatolik qaytaradi;
w (Write). Fayl yozish uchun ochadi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, u yangidan yaratiladi va shunga mos ravishda eski ma'lumotlar o'chiriladi.
a (Append). Faylni qayta yozish uchun fayl ochiladi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, ma'lumotlar oxiridan yozish davom ettiriladi.
meningfaylim = open("salom.txt", "w") meningfaylim.close()
Misol uchun, "salom.txt" matnli faylini yozish uchun ochamiz:
Fayl bilan ishlashni tugatgandan so'ng uni close() metodi bilan yopish kerak bo‟ladi. Ushbu metod fayl bilan bog'liq barcha resurslarni bo`shatadi.

Faylni ochishda yoki u bilan ishlashda turli xil istisno holatlarga duch kelish mumkin, masalan, unga ruxsat yo'q bo„lishi mumkin. Bunday holatlarda, dastur ishlash jarayonida xatolik yuz beradi va dastur bajarilishi close() metodi chaqirilishiga yetib bormaydi va shunga muvofiq fayl yopilmaydi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun istisnolardan foydalaniladi


Matn faylini yozish uchun ochishda w (qayta yozish) yoki a (yozuv qo„shish) rejimini qo'llaniladi. So'ngra, faylga yozish uchun write(str) metodidan foydalanilib, str parametriga yozilishi kerak bo‟lgan satr uzatiladi. Shuni eslatib o'tish joizki, bu parametr satr bo„lishi shart, shuning uchun raqamlar yoki boshqa turdagi ma`lumotlarni yozish zarur bo„lsa, dastlab ularni satr turiga keltirish talab qilinadi

"salom.txt" fayliga ba'zi ma'lumotlarni yozamiz:


    • with open("salom.txt", "w") as fayl:

    • fayl.write("salom olam")

Yüklə 5,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə