Diktr kadrda: shahzoda



Yüklə 8,91 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü8,91 Kb.
#167932
Bandixon yashil makon


Bandixon tumani
Titr: BANDIXONDA VILOYAT IIB BOSHLIG‘I TASHABBUSI BILAN MEVALI VA MANZARALI DARAXTLAR BOG‘I TASHKIL QILINDI
DIKTR KADRDA: SHAHZODA
Prezidentimiz tashabbusi asosida yo’lga qo’yilgan “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasidagi kuzgi ko’chat ekish ishlari vohamizda ham o’ziga xos ko’tarinkilik va tashabbuskorlik bilan amalga oshirilmoqda. Mavzuni muxbirimiz Bandixon tumanidan tayyorlagan lavhasida davom ettiradi.
MUXBIR K/O: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika hududida 2023 yil 25 oktabrdan 1 dekabrgacha kuzgi ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 26000 tup ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shunga muvofiq yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilyabdi. Ushbu xayrli tashabbusga viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov bosh bo‘lmoqda. Shuningdek, bu tashabbusli tadbirga viloyat shahar-tumanlarining 1951 nafar xodimlari jalb etilib, 12833 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. 1890 tup mevali, 8218 tup manzarali daraxtlar, 2725 tup butali ekinlar o‘tqazildi.
INTERVYU:
MUXBIR K/O: Xususan, Bandixon tumani hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mevali daraxtlar bog‘i” tashkil qilindi. Viloyat IIB boshlig‘i mazkur bog‘ni barpo etish ishiga o‘zi boshchilik qilgani holda ko‘chatlarni to‘g‘ri ekilishi bo‘yicha ham tavsiyalarini berib o‘tdi. Shundan so‘ng, ushbu bog‘da jami 800 tup mevali daraxtlar, 100 tup manzarali, 700 tup gilos ko‘chatlari ekildi.
INTERVYU:
MUXBIR K/O: Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ma’muriy javobgarliklar va jamoatchilik nazorati kuchaytirildi. Bugun qadalgan ko‘chatlar ertaga azim daraxtlarga aylanadi va kelajak avlod ularning mevasidan bahramand bo‘ladi. Qolaversa, bu kabi yashil maydonlar atrof-muhitni yaxshilash, havo ifloslanishining oldini olish va aholi salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Muxbir: Shahzoda Istamova
Tasvirchi: Sardor Majidov
Yüklə 8,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə