Diniy ma'rifat va bag'rikenglik konfessiyalararo hamkorlik va barqaror taraqqiyot omili



Yüklə 93,49 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü93,49 Kb.
#144607
  1   2   3   4

Diniy ma'rifat va bag'rikenglik konfessiyalararo hamkorlik va barqaror taraqqiyot omili
Ta’kidlash joizki, har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng avvalo, diniy ma’rifat va bag‘rikenglik konfessiyalararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur omillar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqozo etib, ko‘p millatli mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi orqali osuda hayotni hukm surishiga zamin yaratadi. O‘tmishdan ma’lumki, yurtimizda azaldan zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda istiqomat qilishgan. Bu haqda, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.
Xususan, yurtimizdagi madaniyat markazlari hisoblangan ko‘plab shaharlarda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ushbu muqaddas maskanlarda turli dinga mansub millat va elatlar o‘zlarining diniy marosimlarini emin-erkin ado etishi yurtimizda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikning ijobiy ko‘rinishini namoyon etadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgach, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikni ta’minlash orqali tinchlik va barqaror taraqqiyot asoslarini mustahkamlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" gi qabul qilingan farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim. Aynan, mazkur yo‘nalish doirasida millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi. Mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda millatlararo totuvlik,diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini namoyon etadi. Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik va birdamlikning nodir timsoli sifatida namoyon bo‘lib, barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zida ezgulik, tinchlik, yaxshilik, do‘stlik hamda bunyodkor g‘oyalarni mujassam etadi. Ayniqsa, din insonlarni halollik va poklikka, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq,totuvlikda yashab kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2 ming 244 ta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, mazkur konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, 10 dan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirishda 137 ta milliy madaniy markaz, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelayotganligi fikrimizning tasdig‘idir. O‘zbekistonda vijdon erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan va qonuniy kafolatlangan. Mazkur holat, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali bo‘lgan mamlakatda o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori O‘zbekistonning diniy-madaniy hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘plab masjid, cherkov, si­na­goga va ibodatxonalar qurildi va qayta ta’mirlandi. Ayniqsa, shular qatoriga Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim. Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tash­qarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘lim­larini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yil­maydi. Binobarin, diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talab­lariga rioya etishlari shart. O‘z navbatida, dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy me’yorlarni va fuqa­roviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlash­tiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qara­tilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yil­maydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqa­larning faoliyati man etiladi. Bugungi kunda global miqyosda xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan raxna solishga intilayotgan diniy ekstremizm, terrorizm tahdidlari doimo ogohlikni taqozo etmoqda.
Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “...hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda”,- deya bejiz ta’kidlamagan edi.
Zero, O‘zbekistonda barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik konfessiyalararo hamkorlik muhitini mustahkamlash, avvalo, mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu haqda Mitropolit Vikentiy o‘zining Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida O‘zbekistonda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mamlakatda tinchlik va barqarorlikning asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidlar ekan: “O‘zbekistonda diniy ma’rifat va ma’naviy tarbiya masalasiga katta e’tibor qaratib kelinayotganligini diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasidagi tinchlik va barqarorlik omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, u jamiyatda dinning o‘rni o‘sib borayotganini, turli dinlarga birday e’tibor qaratilayotgani ularning ma’naviy tarbiya ishida faol ishtirok etishiga yo‘l ochib berayotganini qayd qilib o‘tdi”.
Aynan, yuqorida zikr etib o‘tilgan fikrlar mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlik borasida olib borayotgan ishlar dunyo miqyosida ijobiy e’tirof etilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona hukumat siyosatning ijobiy samarasi milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda. Jumladan, Yurtboshimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi” deb ta’kidlab o‘tgani edi. Albatta, din sohasining asosiy shiori sifatida “jaholatga qarshi ma’rifat”, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizni diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm kabi illatlardan himoya qilish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda oldini olishga qaratilgan ma’rifatparvar harakat asosida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning milliy va diniy qadriyatlarga o‘ta sadoqatli va e’tiborli ekani dunyoga ma’lum.
Zero, bugungi kunga qadar asarlari mashhur bo‘lib kelayotgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Imom Marg‘iloniy, Imom Zamaxshariy hamda boshqa buyuk olim va mutafakkirlarimiz aynan shu zamindan yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi “Abu Muin Nasafiy” majmuasini tubdan yangilash, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand viloyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasining ochilishi, Toshkent shahrida “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi”ni hamda “O‘zbekiston Islom akademiyasi”ni tashkil etilishi hamda “Qur’oni karim musobaqasi”ning tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarini yuqori darajada o‘tkazilayotgani diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Diniy ta’lim sohasidagi islohotlar qatorida Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasi hamda Toshkent shahrida O‘zbekiston Islom akademiyasi faoliyatining boshlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi qarori asosida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hududida yangi oliy diniy ta’lim muassasasi – “Hadisshunoslik” maktabi tashkil etilayotganini alohida qayd etish zarur.
Yurtimizda bugungi kunda barcha diniy konfessiya vakillari o‘zining diniy an’analari va udumlari, marosimlarini bemalol ado etib kelishmoqda. Mazkur holat to‘g‘risidagi ijobiy fikrlar Vatikan davlatining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, arxiyepiskop I.Yurkovich mamlakatimizda konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatidan ijobiy taassurot uyg‘otganligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Bu haqda I.Yurkovich: “O‘zbekistonda diniy tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan e’zoz, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini o‘z ko‘zimiz bilan shohid bo‘ldik. Ana shunday hamohanglik natijasidagina, ya’ni davlat va diniy tashkilotlar ikki tomonlama bir birini qo‘llab-quvvatlashlari natijasidagina farovonlikka erishish mumkin bo‘ladi. Bu harakatni esa O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin”,- deya o‘zining ijobiy fikrlarini aytib o‘tadi. Xulosa qilib aytganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir. Biz faqat shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat’iy immunitet yaratishimiz, o‘zimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin”.
Zero, yurtimizda bag‘rikenglik tamoyillari asosida mustahkam qaror topgan osuda hayot va do‘stona muhit mamlakatimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 93,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə