48
Diniy sohada ekstremizm
boshqa din vakillariga
o‘ta murosasizlik (masalan, Hindistonda musulmonlar
va hinduiylar, hinduiylar va sikxlar, Myanmadagi mu-
sulmonlarning qirg‘in qilinishi va boshqa nizolar), bitta
din ichidagi (Pokiston, Afg‘oniston, Iroqda sunniylar va
shialar, Suriyada alaviylar va sunniylar) mojaroli mu-
nosabatlar, dunyoviy tuzumga qarshi kurash (aksariyat
musulmon mamlakatlarida)
yoki xalqaro darajadagi si
-
vilizatsion qarama-qarshiliklar («Al-Qoida», «Hizbul
-
loh» tashkilotlari ) bilan bog‘liq.
Diniy ekstremizmning mohiyati jamiyat uchun
an’anaviy bo‘lgan ma’naviy-etik qadriyatlar va di
-
niy-aqidaviy qarashlarni
rad etish hamda umuminso
-
niy qadriyatlarga zid keluvchi dunyoqarashni agressiv
ravish da targ‘ib qilishdan iborat. Bu diniy oqim a’zolari
tomonidan o‘z g‘oyalarini
butun jamiyatga tarqatishga
qaratilgan harakatlarda namoyon bo‘ladi.
IJODIY FAOLIYAT
1. Qur’oni karimning ushbu suralarini o
‘
qing. O
‘
zlarining
siyosiy ma-
qsadlari yo‘lida dindan foydalanayotdan kimsalarning faoliyatini «Fitna»
deyish mumkinmi?
«Fitna esa qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir».
Qur’oni karim, Baqara surasi, 217-oyat.
«U Sizga Kitob nozil qilgan zotdirki, u(Kitobdan) shu Kitobning asli
mohiyati bo‘lgan muhkam – aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (qiyomat,
jannat, do‘zax va hokazolar haqidagi) mutashobih – tushunish qiyin bo‘lgan
oyatlar ham (o‘rin olgandir). Endi dillarida haq yo‘ldan og‘ish bo‘lgan
kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o‘z havoyi nafslariga muvofiq
ta’vil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar».
Dostları ilə paylaş: