Islom madaniyati
poytaxti deb e’lon qilishda quyidagi mezonlarga asos-
laniladi.
•
qadimiy islom yodgorliklari va me’moriy obida
-
larning mavjudligi;
•
islom madaniyatiga hissa qo‘shadigan ilmiy, ma
-
daniy asarlarning mavjudligi;
•
ilmiy tadqiqot markazlari, qo‘lyozmalar markazlari
va arxeologik markazlari bo‘lishi;
• madaniy muassasalar o‘tkazgan festivallar, ma-
daniy tabdirlar, kitoblar, rasmlar, tajriba ishlari va
nashr ishlarining mavjudgi;
•
shahar tarixi haqida yuqoridagi talablar asosida
ma’lumotlarning mavjudligi.
YAQIN TARIXDA
Toshkent
Fes
Halab
Makkai-mukarrama
Bishkek
Almati
Islom Hamkorlik Tashkilotining Ta’lim, fan va ma-
daniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmasi
(ISeSCO) faoliyatida har yili islom madaniyatining
Osiyo, arab dunyosi va Afrika bo‘yicha poytaxtlari-
ni e’lon qi lish o‘ziga xos an’anaga aylanib bormoq
-
da. 2005-yilda Makkai Mukarrama islom madaniyati
poytaxti deb e’lon qilingan bo‘lsa, 2018-yilgacha 43
davlat Islom madaniyati poytaxti maqomini oldi.
Bular ichida Isfahon (Eron), Halab (Suriya), Tim-
buktu (Mali), Toshkent (O‘zbekiston), Tripoli (Liviya),
Fes (Marokash) va Dakar, (Senegal), Almati, Dushan-
ba, Beshkek, G‘azna kabi shaharlar ham bor.
73
Qaroviyun
Zaytuna
Al-Azhar
Ma’mun
Bayt-ul Hikma
MA’LUMOT
UCHUN
Musulmon-
larning ilm
istab qilgan
sa’y-harakat lari
tufayli dunyoda
birinchi to‘laqonli
universitetlar-
ga asos solindi.
Tunisda «Zay-
tuna» 732-yil-
da, Bog‘dodda
«Bayt ul-hik-
ma» 829 - yilda,
Fas(Marokash)
da «Qaroviyun»
859-yilda, Qohi-
rada «al-Azhar»
970-yilda, Xo-
razm «Ma’mun
akademiyasi»
1004-yilda tashkil
etilgan. Musul-
mon olamidagi
bu ilm dargohla-
rining aksariyati
ming yildan
ortiq faoliyat
ko‘rsatmoq da.
TARIXGA NAZAR
1173-yilda vafot etgan Totbaliy (Tudelskiy) Iskan-
dariyada 20 ta madrasa bo‘lganligi, Bag‘dod, Qohi-
ra, Kordova va shunga o‘xshash katta shaharlar-
da labaratoriya, rasadxona hamda ilmiy tadqiqotga
asqotadigan barcha sharoit yaratilganligi, kitobga
boy kutubxonalarga ega "jomea" – universitetlar qad
ko‘targanligi haqida ma’lumot bergan.
|