75
Imom Qaffol Shoshiy nomlari bilan shuhrat qozon
-
gan Hastimom mahallasi o‘z zamonasida Toshkentning
diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifatida dong
chiqargan. Afsuski, sho‘rolarning ajdodlarimiz qadamjo
va ziyoratgohlariga nisbatan ateistik munosabatlari nati-
jasida bunday maskanlar e’tibordan chetda qoldi.
Mustaqillik yillarida ilmiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy
adabiyotlarning chop etilishiga keng imkoniyatlar ya-
ratildi. Aynan Toshkentda Qur’oni karim va hadisi sha-
riflar, shuningdek, islom ma’naviy merosiga ulkan hissa
qo‘shgan allomalar asarlarining o‘zbek tilidagi nashrla
-
ri amalga oshirildi. Hozirgi kunda poytaxtimizning eng
ko‘hna go‘shasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi
yonida joylashgan Qaffol Shoshiy nomi bilan bog‘liq
Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi yildan-yilga obod
bo‘lib, Eski shaharning fayziga fayz qo‘shayotgan ta
-
rixiy maskanlardan biri bo‘lib qoldi.
Yuqorida zikr etilgan islom dini va madaniyatining
turli qirralariga bevosita bog‘liq bo‘lgan bu ulug‘vor
ishlar ulkan salohiyat va donishmandlik bilan olib bo-
rayotgan dono va xalqchil siyosatining samarasidir.
Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahrining "Islom
madaniyati poytaxti" deb e’lon qilinishi islom mada
-
niyati va qadriyatlarini tiklash hamda rivojlantirishda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga
oshirilayotgan ishlarning jahonshumul ahamiyat kasb
etishining e’tirofidir.
Dostları ilə paylaş: