|
Dinlari tarixi11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)MA’LUMOT UCHUN
Islom dinida aza uchun uch kun belgilngan. Eri vafot etgan ayolning
aza muddati Qur’oni karimda to‘rt oy-u o‘n kun deb belgilangan. Bu
vaqt ichida ayol yasanmaydi, xushbo‘y narsalardan foydalanmaydi, par
-
doz qilmaydi, «idda»si ichida boshqaga turmushga chiqmaydi va bun
-
ga harakat ham qilmaydi. Uning kiyimi rangining ahamiyati yo‘q, faqat
oddiy, kamtarona bo‘lishi tavsiya etiladi. Yetti, yigirma, qirq, yil oshi,
qora kiyim kiyish, ayniqsa, ayollarning ovoz chiqarib yig‘lashlari, bir
yilgacha to‘y, xursandchilik qilmaslik kabi bid’at ishlarning islom sha
-
riatiga aloqasi yo‘q.
Inson vafot
etganidan so‘ng
uning uchta
amalidan boshqa
barcha amallari
to‘xtaydi:
– uning haqi
-
ga duo qiladigan
solih farzand;
– sadaqaiy
joriya (qurdir
-
gan yo‘llari,
ekkan daraxtlari
va boshqalar) –
odamlarga foydasi
tegadigan ilm.
millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy hayoti, turmush tarzi
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi.
Diniy bayramda esa har bir dinning arkonlarida bel-
gilab qo‘yilgan marosimlar nishonlanadi. Qur’oni ka
-
rim oyatlari va hadisi shariflarda diniy marosim va
bayramlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
(Masalan, Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti).
Barcha dinda inson vafoti bilan bog‘liq marosimlar
mavjud. Bu marosimlarda ayrim dindagilar maxsus
kiyim kiyadilar. Ayrimlari esa maxsus bosh kiyim kiya-
dilar.
Islom dinida motam marosimida kiyiladigam maxsus
liboslar mavjud emas. Lekin, musulmon bo‘lgan ayrim
xalqlar, o‘zlarining urf-odatlaridan kelib chiqib kiyina
-
dilar. Islom dinida ko‘rinadigan yaxshi odatlardan biri,
musibat yetgan xonadonning qo‘shnilari isrofgarchilik
-
ka yo‘l qo‘ymagan holda darhol ovqat qilib chiqarisha
-
di. Bu islom sunnatlariga muvofiq odatdir.
|
|
|