80
Abu Ali ibn Sinoning XIV asrda Italiyada nashr etilgan
«Tib qonunlari»
kitobiga ishlangan gravyura
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Din madaniyat rivojiga qanday hissa qo‘shadi?
2. Nima uchun Toshkent islom madaniyati markazi deb e’lon qilindi?
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi faoliyati haqida ma’lumot
bering.
4. Din yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga qanday
hissa qo‘shadi.
5. ISESCOning musulmon dunyosidagi
muayyan shaharlarni islom
madaniyatining poytaxtlari deb e’lon qilishdan qanday maqsadni
ko‘zlaydi?
81
XX-XXI ASRLARDA DINIY
AN’ANA VA MAROSIMLAR
18–19-§
»MAROSIM» TUSHUNCHASINING
MAZMUN-MOHIYATI
Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odat, an’ana va ma
-
rosimlari bor. Ularning har biri boshqasidan tubdan farq
qiladi. Biri foydali, biri mutlaqo zararli. Urf-odat – ki
-
shilarning turmushiga
singib ketgan, ma’lum muddatda
takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan
qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir.
«Odat» degan tushuncha ma’lum sharoit ta’sirida vu-
judga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qol
-
gan va keyinchalik o‘z-o‘zidan
beixtiyor bajariladigan
harakat ma’nosini bildiradi. Marosim – inson hayoti-
dagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy
va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatda o‘tadigan, umum qabul
Dostları ilə paylaş: