Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 7,29 Kb.
səhifə1/2
tarix09.10.2023
ölçüsü7,29 Kb.
#126461
  1   2
Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot-azkurs.org


Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot

Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot

Hozirgi kunda sanoq sistemasi informatika fanida juda muhim rol o'ynaydi.


Buyuk bobokalonimiz al-Xorazmiy o’zining “Hisob al-hind” asarida natural sonlarning o’nli sanoq sistemasida yozilishi va ular ustida qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallarini bajarish qoidalarini batafsil bayon etgan. Bu asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan va undan Yevropa universitetlarida uzoq yillar davomida asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Shu tariqa Yevropada o’nli sanoq sistemasi kirib kelgan. Yevropada al-Xorazmiy nomi “Algorizmi”, “Algoritmi”, “Algoritmus” tarzida qo’llanilgan. Xususan, hozirda tilimizga chuqur singib ketgan “algoritm” so’zi ham al-Xorazmiy nomidan olingan. Algoritm atamasining ma’nosi – biror ishni bajarishning ma’lum bir ketma-ketligi yoki qoidasini anglatadi.

Sa

Sanoq sistemasining turlari


O`rinli (pozitsion) sanoq sistemalari.
O`rinsiz (nopozitsion)
sanoq sistemalari

O`rinli (pozitsion) sanoq sistemalari.

O`rinli sanoq sistemasida raqamlar soni ma`lum miqdorda bo`lib, ular sondagi o`rinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi. Masalan, bizga ma`lum bo`lgan

10 lik sanoq sistemasida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;

8 lik sanoq sistemasida 8 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7;

2 lik sanoq sistemasida 2 ta raqam; 0, 1;

16 lik sanoq sistemasida 16 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F mavjud. Odatda, 16 lik sanoq sistemasida yetishmaydigan raqamlar o`rniga lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E, F lar qo`llaniladi.

O`rinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari

O`rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bula oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya`ni I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-o`nni, L-ellikni, C-yo`zni, D-besh yo`zni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko`rinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to`g`ri keladi. Qancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.






Yüklə 7,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə