N. Rahmonov "O’zbek adabiyoti tarixi" kitobidan



Yüklə 316,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü316,76 Kb.
#133669
n.rahmonov. avesto haqida



N.Rahmonov “O’zbek adabiyoti tarixi” kitobidan 
Avesto 
Reja. 1. “Avesto”ning paydo bo'lishi. Avesto yozuvi. 2. “Avesto”ning tiklangan rmsxasi. 3. Zardusht 
shaxsi va zardushtiylik ta’limoti. 4. Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi. 5. Zardushtiylikning mohiyati. 
6. “Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazlari- ning umumiyligi. 7. “Rigveda” va 
“Avesto”ning qarindoshligi masalasi. 8. “Avesto” qismlari. Gohlar. 9. “Oltun yorug‘” va “Avesto”da Abadiy 
zamon tushunchasi. 10. Yasna. 11. Jamshid haqidagi afsona. 12. Vandidod. Jamshid haqidagi afsona 
davomi. 13. Yashtlar. Axura Mazda qasidasi. 14. Visparad. 15. “Kichik Avesto”. 
Tayanch so‘z va iboralar; Zardusht, zardushtiylik, “Avesto”, fal- safiy risolalar, sosoniylar sulolasi, 
“Avesto ”ning parokanda qismlari, axloqiy qarashlar, qasida, madhiya. 
“Avesto”ning paydo bo‘lishi. “Avesto” yozuvi. “Avesto” 0 ‘rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo 
madaniyati tarixida muhim voqeadir.”Avesto” to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta, Zardusht shaxsi to‘g‘risida 
so‘z yuritiladi. Zardushtning ta’limoti “Avesto”ni yuzaga keltirdi. Zardusht “Avesto ”ni qanday yaratgani 
to‘g‘risida turli rivoyatlar mavjud.13 Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” dunyo tarixida ilk 
muqaddas kitob hisoblanadi. Beruniy bu asar to‘g‘risida shunday deydi: “Zardusht majusiylar “Abisto” 
(Avesto -N.R.) deb ataydigan kitob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha xalqlar tillariga muxolif bir til- da 
yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar 
,3Bu haqda qarang: Abu Rayhon Beraniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Toshkent. “Fan”, 
1968, 236-237-b. 
19 
harflaridan ortiq edi” (Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet). Beruniy bu o‘rinda “Avesto” tilidagi 
undoshlami anglatish uchun qo‘shimcha bel- gilami, shuningdek, qisqa unlilami bildiruvchi belgilami ham 
nazarda tutgan. Beruniy Zardushtning Sharqda mashhur bo‘lganiga oid dalillami keltiradi. U yozadiki, 
ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‘ambarning sho- girdlaridan biri bo‘lganiga da’vo qiladilar. Yana rumliklar, 
yunonlar ham Zardushtni o‘zlariga yaqinlashtirib, turli dalillami keltirganini ham yozadi. Beruniy 
“Avesto”ga oid dalillami o‘rganib, bu asaming asliyati va uning tuzilishi haqida ham dalillami bayon qiladi. 
“Podsho Doro ibn Doro xazinasida “Abisto”ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi 
bor edi. Iskandar otashxonalami vayron qilib, ularda xizmat etuvchilami oidirgan vaqtda uni kuydirib 
yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda beri “Abisto”ning beshdan uchi yo'qolib ketdi. “Abis- to” o‘ttiz nask 
edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo‘laklarini haftiyak deganimizday, nask 
“Abisto” bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir” {Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-bet). Diqqatga sazovor 
tomoni shundaki, Zardusht qaysi o‘lkadan ekani va “Avesto”ni qayerda yozgani haqidagi bahslarga barham 
bermoqc- hi bo‘ldi. Zotan, Beruniygacha ham Zardusht shaxsi, zardushtiylik va “Avesto”ning yaratilishi 
haqida turli xalqlar orasida zid fikrlar bo‘lgan. Jumladan, ibroniylar, Zardusht Xarrondan bo‘lgan, Ilyosdan 
ta’lim ol- gan, u o‘zining “Tug‘ilish kitobi”da bu haqda aytgan, deb da’vo qilgan edilar. Rumliklaming 
da’vosicha, Zardusht Mosuldan bo‘lgan. Yunon- liklar esa Zardushtni Siblon (Seylon) dan boMgan, 
“Avesto”ni o‘sha yer- da yozgan, deb aytadilar. Beruniy esa “To‘g‘risi shuki, Zardusht Ozarbayjondan 
bo‘lgan”, deya o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi: “Ehtimol, uning tug‘ilish haqidagi kitobida zikr 
qilishicha, u o‘z otasi bilan Xarronga borib, hik- matshunos Ilyosga uchragan va undan ilm istifoda etgan...” 
(Beruniy. Yuqoridagi asar, 237-238-betlar). “Avesto” Zardusht nomi bilan bog‘lansa-da, bu noyob asar bir 
davr- ning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, 
yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o‘tgan tajriba bo‘lib, “Avesto” 
ana shu tajribaning mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning namunalari 
20 


kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllan- ganda, ana shu yo‘lni - asrlar 
yo‘lini bosib o‘tgan. “Avesto”ning tiklangan nusxasi. “Avesto”ni Iskandar kuydirib tashlagan ekan, bugungi 
kundagi mavjud nusxa qanday paydo bo‘lgan degan savol tug‘iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi 
hukmron- ligining ilk yillarida paydo bo‘lgan. Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobakon o‘z 
saroyi- dagi Xirbadan nomli donishmandga “Avesto”ni qayta tiklash vazifasini topshitadi. Xirbadan bir 
qancha zardushtiy ulamolari bilan birga asami qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. Shunday qilib, 
hozirgi mavjud nusxa Sosoniylar sulolasi davrida shakllantirilgan. Shopur II davrida Ozarpod Mehrosin 
“Avesto”ning parokanda qismlarini to‘plab, asardagi ko‘plab nomlar, atamalami sharhlab, “Zand Avesto” 
nomli kitob yarata- di.14 “Zand Avesto”ni bu ulkan asaming sharhi va “Kichik Avesto” deb aytish mumkin. 
Bugungi mavjud nusxa 1278-yili ko‘chirilgan. “Avesto”ning eng qadimiy qatlamiga ko‘ra, shunday xulosa 
chi- qarish mumkihki, zardushtiylik urug‘chilik jamiyatida - tabaqalashish boshlanganda va hukmron 
tabaqa o‘z hukmini o‘tkaza boshlaganda yaratilgan. “Avesto” faqat zardushtiylik oqimining muqaddas 
yodgorligi bo‘lib qolmay, Markaziy Osiyo xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‘zaki ijodi, c’tiqodi va 
dunyoqarashining mahsuli hamdir. Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti. Ayrim yevropa- lik 
olimlaming aytishlaricha, Zardusht o‘z davrida ta’qibga uchragan. Ammo u buyuk payg‘ambar, insoniyat 
najotkori deb e’tirof etilgan. Adabiyotlarda Zardushtning tugMlgan yilini aniq ko‘satish imkoniya- ti yo‘q. 
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Zardusht bronza davridan temir davriga o‘tilayotgan paytda yashagan, 
bu davr miloddan oldingi 1500-1200-yillarga to‘g‘ri keladi15. Zardushtning o‘z davridagi siyosiy vaziyatda 
muhim rol o‘ynagani uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kohinlar xalqqa 
qarshi yaylovlami tortib olib, xalq jamoa bo‘Lib ishlaydigan ibodatxonalami vayron qilib, o‘zlarining 
14Homidov H. “Avesto” fayzlari. Abdulla Qodiiiy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. Toshkent, 
2001,14-b. Boys M. Zoroastriytsbi. Verovaniya i obbichai. - “Sentr Peterburgskogo Vostokovedeniya”, 
1994, 2-b. 15 Бойс М. Зороастрийцы. Верования и обычаи. - “Центр Петербургского 
Востоковедения”, 1994,2-6. 
21 
siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga, eski kultlarga sig‘inish oqibati ham kohinlar va 
zodagonlaming manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning 
manfaatlarini himoya qilib, o‘troq chorvador qabilalaming vakili sifatida maydonga chiqdi va payg‘ambar 
deb e’tirof etildi. Zardusht ta’qibga uchragani uchun ham ongli ravishda unutilgani aniqroq. Y angilik va 
yangi g‘oyalaming taqdiri har doim oson kechavermagan. Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi. 
Zardushtiylik miloddan oldingi VI asrdan milodiy VII asrgacha uzluksiz ravishda Yaqin va 0 ‘rta Sharqning 
katta qismida faoliyat ko‘rsatdi. Fors davlati Sharqdagi bu hu- dudlami egallab olishinatijasida zardushtiylik 
ham o‘sha o‘lkalargakirib bordi. Iudaizm, masihiylik, buddaviylik kabi diniy oqimlar zardushtiylikning 
muhim aqidalarini, jumladan, nur va zulmat haqidagi aqidalar- ni o‘zlashtirdi. Ayrim misollami keltiraylik. 
Zardushtiylik rivoyatlariga ko‘ra, Zardusht o‘ttiz yoshga kirganda, vahiy oldi (Iso Masih o‘ttiz yos- hida yer 
yuzida xizmatini boshlagan); Mana shu buyuk hodisa Gohlar- dan (Yasna 43) eslanadi va pahlaviy tilida 
yozilgan “Zadspram” asarida qisqacha tavsiflanadi. Bu asarda hikoya qilinishicha, bir kuni Zardusht olomon 
bilar birga bahor bayramini nishonlashda ishtirok etadi. U tong- da xaomi tayyorlash uchun suvga boradi. 
Zardusht daryoga tushib, daryo oqimining o‘rtasidan suv olishga harakat qiladi. U qirg‘oqqa qaytganda 
(udumga ko‘ra, u shu lahzada pok bo‘ldi) unga vahiy keldi. Qirg‘oqda u yaltirab turgan mavjudotni ko‘rdi, 
bu mavjudot Zardushtga “Yaxshi fikr” sifatida zohir bo‘ldi (Yangi Ahdning to'rtala Xushxabarida Iso Masih- 
ning Yahyo payg‘ambar tomonidan Iordan daryosi suvida suvda imonga kiritilishi hikoya qilinadi. Shu 
lahzada Iso Masihning ustiga kaptar shak- lida Muqaddas Ruh Xudo tomonidan yuboriladi). Xo'rmuzd 
(adabiyot- larda Xo‘rmuzd va Axura mazda baravar iishlatilaveradi) o‘z ta’limotini yoyish uchun Zardushtni 
xizmatga da’vat etgani singari, Xudo Iso Ma- sihni xizmatga da’vat etadi. Har ikkalasi - Zardusht va Iso 
Masih haqi- qatni insoniyatga yetkazish va yoyish uchun xizmat qiladi. Har ikkalasi, shuningdek, Budda 
ham, insoniyatning Najotkori sifatida talqin qilinadi. Mana shu analogiyaning o‘zi ham zardushtiylikning 
Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari hayotida mustahkam o‘rin olganini dalillaydi. Zardushtiylikning 


mohiyati. Xo ‘ sh, Zardusht yaratgan ta’ limotning mohiyati nimadan iborat? U qanday shakl va 
mazmundagi ta’limot edi? Uning ta’limoti - ezgulik va yovuzlik ruhlari o‘rtasidagi kurashdan ibo 
22 
rat edi, jamiyatdagi mutanosiblikni bu/adigan nomutanosibl ikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik 
ta’limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki axloqiy qarashlaming majmui sifatida xalq orasiga kirib 
bordi. Zardusht yaratgan islohot shundan iboratki, u yakka xudolilik va du- alistik qarashlaming original 
birikuvini yaratib, dinda o‘ziga xos tizimni barpo qildi. Zardushtiylikda eng qiziqarlisi - xohish-iroda erkinligi 
kon- sepsiyasi rudiment shaklda tasawur qilinadi. Axura Mazda (yoki Xo'rmuzd) oliy Xudo sifatida hamma 
qara- ma-qarshi kuchlaming yaratuvchisi hisoblanadi. Ammo uning egizak o‘g‘illari Spentaman 
(muqaddaslik Ruhi) va Axriman (yovuzlik Ruhi) haqiqat (osha) va yolg‘on (do ‘st yoki durudj) o‘rtasida 
tanlov qilishla- riga to‘g‘ri keladi. Ular yaxshi yoki yomon fikrlari, so‘zlari va ishlarida ana shu haqiqat va 
yolg‘onni namoyon qiladilar.16 Axura Mazdada mujassamlashgan ezgulik va yovuzlikni Zardusht ijtimoiy 
muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki bu muammo ijtimoiy-siyosiy jarayondan diniy-falsafiy 
jarayonga aylandi va ilohiy tus oldi. “Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazla- rining 
umumiyligi. “Avesto”dagi obrazlar - Xo‘rmuzd obrazi “Oltun yorug‘”da Budda timsolidan keyin turadigan 
timsoldir. Bu obraz “Oltun yorug‘”da ham bor. Xo‘rmuzdning “Oltun yorug‘”dagi yana bir ismi Kavsikiyadir. 
Xo‘muzd - to'rt maxaranch tangrilaming rahnamo- si, to‘rt maxaranch tangrilar esa olamning to‘rt tomoni 
qo‘riqchilaridir. Xo‘rmuzd solihlik, poklik, jamiki jonzotlaming homiysi ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. 
“Avesto”ning Gohlar qismida Xo‘rmuzd insoniyatni bu olamning gunohlaridan poklaydigan kurashchi 
sifatida namoyon boladi. Shu bois Zardusht Xo‘rmuzdga tavallo qilib, uning sifatlarini birma-bir bayon 
qiladi: Xo‘rmuzd-bu olamning tanho adolatpeshasi, ilk donishmand, Ezgu Niyatning otasi, Haqiqatning 
chinakam yaratuvchisi va h.: “Qachonki kimsa oshkor yoki pinhon nimanidir so‘rasa, kichik gunohlardan 
xalos bolib, ulkan gunohlardan parhyez qilmoqchi bolsa, sen uni o‘zingning o‘tkir nigohlaring bilan nazorat 
qil va barchani Ashah - Haqiqat nurlari ostida hidoyatga boshla”. Xo‘rmuzd “Avesto”da qanday vazifa 
bajarsa, “Oltun yorug‘”da ham o‘sha vazifani bajaradi. Har ikkala asarda ham Xo‘rmuzd obrazi 
16 Элиаде Мирча. Словарь религий, обрядов и верований. Москва-Санкт-Петербург, 1997, 
141-6. 
23 
kelib chiqishi jihatidan birdir. Yoki Zervonning vazifasi ham “Oltun yorug‘”da (Azrua deb nomlanadi) 
“Avesto”dagi Zervon bilan aynidir. Masalan, “Oltun yorug‘”da Azrua tangrining maskanida jonzotlar qayta 
tug‘ilishi uchun gunohlaridan pushaymon bo‘lib, iltijo qilib, va tavba-ta- zarru qilib, pok so‘zlar bilan yomon 
qilmishlarini, kirlarini, iflosliklarini yuvib, tozalashi kerak (П1 9a). Zervon “son -sanoqsiz olamning xoni” (Ш 
19a), Zervon tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir degan qonun bitigini so‘zlagan va bitig 
holiga keltirgan (VIII 26a). U Buddadan, no‘m g‘ildiragini aylantiray, maxayana mazhabini jonzotlar- ga 
beray, deb iltimos qiladi. Shu xatti-harakatlari orqali Zervon yer yu- zida solihlikni barpo qilishni, jamiki 
jonzot bolalarini tinch-omon, shod- xurram qilishni ko‘zlaydi. Umuman, Zervon tangri “Oltun yorug‘”da 
komil jonzotlami yaratadi va ko‘paytiradi. Mazkur qiyoslardan ma’lum bo'ladiki, “Avesto” va “Oltun 
yorug1” o‘rtasidagi muvofiqlik 0 ‘rta Osiyo bilan “Oltun yomg‘”ning ilk vata- ni Hindiston o‘rtasidagi tarixiy 
aloqalarga ishora qiladi. Ko‘p tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, II ming yillikdan oldin 0 ‘rta Osiyodan, 
xususan, Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‘ylab joylashgan o‘lkadan tortib, Orol va Kaspiy dengizlarigacha 
cho‘zilgan yurtga Hindistonga ariylar qabilasi bostirib kirgan (M. Mayrxofer, LDyakonov, T. Borrau va 
boshqa ko‘p sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylaming alohida qabilalari Sharqqa 
tomon ko‘cha boshlaganlar. Bu ko‘chish milod- dan oldingi II ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ular 0 ‘rta 
Osiyodan Afg‘onistonga, u yerdan Hindikush tog‘lari orqali Hindistonga - hozirgi Panjob viloyatiga 
o‘tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar qo‘ygan emas, balki 0 ‘rta Osiyodan borgan qavmlar 
o‘zlari bilan birga olib borganlar. Ariylar “nafaqat harbiy iste’dodi bilan, balki badiiy so‘z sohasidagi iqtidori 
bilan ham ajralib turganlar. Bu qabilalaming eng asosiy xazinasi madhiyalar bo‘lib, kelgusida jamlangan 


Rigvedalaming asosida ana shu madhiyalar yotgan edi”.17 Ariylaming boshqa o‘lkalardan Hindistonga 
kirgani to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor, ammo ko‘pchilik rus va yevropa sharqshunoslari ariylar 
dunyoning ko‘p tomonlariga 0 ‘rta Osiyodan tarqalganini tasdiqlaydilar. “Avesto” va “Oltun yorug‘”da 
Xo‘rmuzd hamda Zervon obrazla- rining birligi ulaming ijodkorlari bir xalq ekanini ko‘rsatuvchi bitta dalil 
bo‘lsa, ikkinchisi - Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan 
17Еяизаренкоаа Т.Я. “Ригведа” — великое начало индийской литературы и культуры. 
“Ригведа” китобида. Москва,’’Наука”, 1989,496-6.. 
24 
tangrilar xoni Xo‘rmuzdning faoliyatidagi o‘xshashliklardir. “Avesto”da Zardusht muhim qonunlar 
so'rab, Axura Mazdaga murojaat etadi, Axura Mazda jamiki yer yuziga Zardusht orqali qonunlar beradi. 
“Oltun yorug‘”dan yana bir misol keltirish bilan cheklanamiz: Xo'rmuzd, maxayana yo‘l- yo‘riqlari bo‘yicha 
yashamaydigan insonlar o‘zlarining qilgan himmatlaridan xursand bo'lishga loyiqmi, deb so‘raganda, 
tangrilar Tangrisi Budda shunday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: “Qaysi bir jonzot xoh muqaddas maxayana 
no‘midagi yo‘l-yo‘riq bo'yicha yurishga qodir bo'lsinlar, xoh yana muqaddas maxayana no'midagi yo‘l-
yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lmasin(lar), qodir bo‘lganlar (va qodir bo'lmagan) o‘sha aslzodalar o‘g‘li, 
aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‘ng yelkalaridagi to‘nlarini ochib, o‘ng 
tizzalari bilan cho‘kkalab, kaftlarmi (bir-biriga) qovushtirib, ko‘p hurmat-ehtirom (bilan) g‘oyat pok sodiq 
ko‘ngil bilan, bir maqsad, idrok va his-tuyg‘ular bilan o‘ng tomondagi olamlaming jonzotlari qilgan 
himmatli, ezgu ish- lariga, ezgu sa’y-harakatlariga muvofiq xursand bo‘lib, sevinsa, keyin o‘sha aslzodalar 
o‘g‘li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‘q himmatli, ezgu ishlarini qiladi” (III 12b- 13 a). “Rigveda” va 
“Avesto”ning qarindoshligi masalasi. Faqat “Oltun yorug‘” bilan “Avesto” o‘rtasida qarindoshlik aloqalari 
bor bo‘lib qolmay, balki “Rigveda” bilan “Avesto” o‘rtasida ham qarindoshlik aloqalari mavjud. Bu 
masalani dalillashda olimlar, tarixiy aloqalardan tashqari, lingvistik omillarga ham tayanadilar. 
Mutaxassislaming fikricha, “Rigveda” bilan “Avesto” tilining bir-biriga yaqinligi (ayniqsa, “Rigveda”dagi 
mandal va “Avesto”dagi gohlar) shu darajadaki, ba’zan ikkala yozma manbadagi matn bir arxaik matnning 
ikki variantiga o‘xshab ko‘rinadi, faqat tovushlar mosligi qoidalarida farq bor, xolos. Ana shu yaqinlik tufayli 
ham ayrim olimlar o‘tgan asming boshlarida “Avesto”dagi ayrim she’riy parchalami “Rigveda” tiliga taijima 
qildilar. Shunda ma’lum bo‘ldiki, “Avesto” tili bilan vedalar tili o‘rtasida qatta farqbo‘lmagan 
(yelizarenkova T.Ya. Yuqoridagi asar, 437-bet). Vedalar tili qadimgi hind eposlari va mumtoz sanskrit 
she’riyati tilidan ko‘ra, “Avesto” tiliga yaqinligi bilan sharqshunoslami hayratga soldi. Har ikkala 
manbaning matnlari o‘rtasidagi yana bir yaqinlik poetik nutqdadir. Ikkalasidagi mifologik meros ham 
birdir- ikkalasi ham ariylar mifologiyasidan oziqlangan. Diniy tizim esa “Avesto” va “Rigveda”da farqli 
bo‘lgani uchun har ikkalasida ham bu tizim o‘z yo‘lidan ketib, 
25 
rivojlandi. Til va mifologik merosning har ikkala manbada birligi ayrim so‘zlaming ma’no va vazifa 
jihatidan birligida ma’lum bo'ladi: “Rigveda”da - deva - “Avesto” da daeva sifatida talaffuz qilinib, bi- 
rmchisida “xudolar”ma’nosini, “Avesto”da “iblislar”ma’nosini bildira- di. “Avesto”da ahura so‘zi “Rigveda” 
va “Oltun yorug‘”da asura\ asuri deb aytiladi va birinchisida xudolar (masalan, Mitra, Varuna kabi)ning 
epiteti vazifasida, “Rigveda” va ’’Oltun yorug‘”da iblislar ma’nosida ish- latiladi. “Rigveda” bilan 
“Avesto”ning mifologik qahramonlari o‘rtasidagi umumiylik shuni ko‘rsatadiki, ismlaming lingvistik 
jihatdan birligi, qolaversa, har ikkalasida vazifa syujet jihatidan birligi ular o‘rtasidagi qa- rindoshlik 
aloqalarini yana bir marta tasdiqlaydi. “Rigveda”, “Oltun yorug‘” va “Avesto” turli diniy tizimga mansub, 
bo‘Isa ham, ular uchun umumiy bo‘lgan kultlar bor. Jumladan, olov kulti “Rigveda” bilan “Avesto”da 
zaminda qurbonlik kuydirishni, osmondagi quyosh va boshqa samoviy ilohlarga oid hamma xususiyatlami 
o‘z ichiga oladi; yoki muqaddas о ‘simliklar kulti to‘g‘risida ma’lumot berilgan- da, har ikkala manbada ham 
bu o'simliklardan boqiy umr ato qiladigan ichimlik tayyorlanishi to‘g‘risida so‘z ketadi. Shuningdek, har 
ikkala manbada madhiya-ibodatlar ham umumiy mazmunga ega. Har uchala manba - “Rigveda”, “Oltun 


yorug1” va “Avesto”ning obrazlar tizimidagi birlik shuni ko‘rsatadiki, ular bir ildizdan paydo bo‘lgan. 
Yuqorida ta’kidlanganiday, miloddan oldingi II ming yillikdan awal Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idan 
ко‘chib borgan ariy qabilalari- ning og‘zaki ijodi har uchala adabiy yodgorlik yaratilishiga asos bo‘lgan edi. 
“Avesto” qismlari. Gohlar. “Gohlar” (yoki “Gotlar” deb ham yu- ritiladi) dafitari, yuqorida aytganimizday, 
“Avesto”ning birinchi qismi bo‘lib, beshta qo‘shiqdan iborat. Qo‘shiqlarda, asosan, Zardusht Axura 
Mazdani (ya’ni Xo‘rmuzdni) sharaflab, unga hamdlar aytadi, uning sifat- larini bayon etadi. Zardusht Axura 
Mazdani Ashah, ya’ni Haqiqat degan nom bilan ataydi18. Gohlarda Axura Mazdaga murojaat etish va uni 
sha- raflash barobarida, Axura Mazda hamma narsani bilguvchidir, o‘tmishda 
18 Axura - qadimgi sanskrit tilidagi asura so "zidan bo'lib, devlar nomini ifodalagan. “Oltun 
yorug‘”da ham shu ma’noda ifodalagan. Asura Sharq mifologiyasiga o'tgach, Yaratuvchi, Xudo ma’nolarini 
ifodalaydigan bo‘ldi. “Avesto”da Ahura buyuk, sarvar ma’nolarini ifodalaydi. Sharq xalqlari keyinchalik 
Axura ismiga Mazda so'zini qo‘shib aytadigan bo'ldilar. Ma’nosi - “hushyor”, “dono”, “ogoh” demakdir. 
26 
insonlar qanday qabih ishlar qilganini va kelajakda insonlar nimalar qi- lishlarini Axura Mazda bilib 
turadi. Shuningdek, Zardusht Axura Maz- dani yagona adolatpesha hakam deb talcfcn qiladi. Axura 
Mazdaning kalomi muqaddas. Shu bois u “hushyorlar”ga - ezgu niyatli insonlarga qarata shunday murojaat 
qiladi: “Quloqlaringiz bilan puxta eshitingiz eng ezgu kalomlarni va yorug ‘ niyat bilan - xoh er, xoh ayol - 
har biringiz nazar tashlangiz, to buyuk hodisa ro‘y bermasdan va oimlarimiz so‘nggi manzilgayetmasdan 
ikki yo‘ldan birini o‘zingizga ixtiyor etingiz-da, bu kalomlarni o‘zgalarga ham yetkazingiz!” ( “Avesto”. Asqar 
Mahkam tarjimasi, 2000. 13-b; bundan keyingi misollar ham shu nashrdan olinib, kitobning sahifasi ко 
‘rsatiladi, xolos.) Muqaddas kalomlarni boshqalarga yetkazuvchilar - bu ham toza ko‘ngilli insonlar- dir, 
deb aytiladi “Avesto”da. Gohlarda bayon qilinishicha, Axura Mazdadan oldin ham insoni- yat nimagadir 
e’tiqod qilgan. Ammo bu e’tiqodning oqibati insoniyatni yaxshilikka emas, balki yovuzlikka undagan, 
insoniyat o‘sha e’tiqoddan faqat kazzob va xudbinlikni orttirdi, insoniyat “qabih niyatga qarindosh” bo'ldi, 
Insonning bu holatga tushishini Axura Mazda yomon tarbiyachi- ga bog‘laydi: “Yomon tarbiyachi o‘z ta’limi 
bilan ilohiy so‘zlami teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi” (14-b). Mazda haqiqatan hushyor
donishmand, insoniyatga bergan o‘giti va ta’limoti bilan jamiyatni o'zgartirishga undadi. Zardusht uning 
maq- sadlarini amalga oshirishda vositachi. “0 ‘zgalami yaxshilikka olib bor- gan kimsalargagina yaxshilik 
nasib etadi” (14-bet), deb Axura Mazda o‘zining a’molini e’lon qildi. “Oltun yorug4” va “Avesto”da Abadiy 
zamon tushunchasi. Abadiy zamon tushunchasi Sharq xalqlarining qadimgi yozma diniy- falsafiy 
matnlarida tizimli holda mavjud. Bu diniy-falsafiy tizimgako‘ra, hamma jamiki yaratilgan narsalar, 
shuningdek, jonzotlar, hayot, xullas, ruhiy, ma’naviy mavjudotlar ham abadiy borliq sifatida toabad 
mavjud. Shu- merlaming “Gilgamish” dostonida Enkidu insonni o‘lmaydigan, abadiy hayot bag‘ishlaydigan 
ichimlik suvini izlagani ma’lum. “Oltun yorug”’ dostonida ham uch zamon - o'tgan, hozirgi va kelasi zamon 
hamda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘lajak yaxshi-yomon ishlar haqida so‘z ke- tadi (III 7b va boshqa qismlar). 
“Avesto”ning Gohlar qismidagi abadiy zamon tushunchasi ham ayni yuqoridagi manbalarda istifoda 
etilgani- day manoda qo‘llangan. Zardusht Axura Mazdaga: “Sendan o‘zga hech 
27 
kim baxsh etolmaydigan boqiy tiriklikni nasib ayla. Bu armonli tiriklik haqida Olam Shahriyoridan 
bashorat bo‘lgandi” (19-bet), deya iltijo qil- ganda, Axura Mazdaning tanho Xudo kabi qudratini e’tirof 
ham etyapti. Zardusht buyuk faylasuf sifatida olamning yaratilishi haqida bilim berish, olam haqidagi 
tasawur-tushunchalarini kengaytirish uchun Axura Mazdadan madad so‘raydi. Borliqning paydo bo‘lishi, 
uni kim yaratgani, Koinotning tuzilishi, shaklu shamoyili ham Zardushtning e’tiboridan chetda emas. 
Borliqning Yaratuvchisi va Haqiqatning otasi kimligini, zaminni kim yaratganini, tabiat hodisalariga, 
yomg‘iru qorlaming yer yuziga shiddat bilan yog‘ilishini, xullas, yaratilish va harakatning paydo bo‘lishini 
Zardusht bilishni istaydi. Bu - Zardushtning ibtidoiy qarashla- ridan paydo bo‘lgan tasavvurlari emas, balki 
olamni ilmiy bilishga inti- lishining mahsuli sifatida qarashni talab etadi. Gohlaming diqqatga sazovor 


tomoni shuki, Axura Mazdaning ta’limoti, yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari orqali Zardusht insoniyatning komil 
bo‘lishlarini istaydi. Mazdu unga, bir-biriga hamqadam bo‘lgan inson bolalariga “ilohiy ta’limot gavhari”ni 
- Axura Mazdaning ta’limotini yetkazishga jahd aylagin, deya topshiriq beradi. Gohlarda ruh olami ham 
bor, moddiy olam ham bor. Bu olamning yo‘llarida Kavayga (Kavayyoki Kay—Kayoniy podshohlarining 
unvoni) ishonganlar - aqldan ozgan toifadir. Unday zotlar Zardushtni xushnud qila olmaydi, chunki ular bu 
olamda yashashdan maqsadlarini ruh olami- dan, ya’ni ma’naviy olamdan emas, balki moddiy olamning 
chuqurlikla- ri, so'qmoq va puchmoqlaridan izlaydilar. Gohlaming nihoyasida Zardusht erkagu ayollami 
hushyorlikka, olamning soxtaliklariga uchmaslikka, to‘g‘ri yashashga chaqiradi. Uning aytishicha, duruj - 
dev firibgar, aldamchidir. Erkagu ayol devning olg‘a yurishiga, ulaming ichiga kirib olishlariga yo‘l 
qo‘ymasliklari lozim. Dev rostlikni va to‘g‘rilikni tubanlikka uloqtiradi, insonlami ham tuban- likka 
boshlaydi va tiriklik olamini oyoqi osti qiladi. Zardusht inson tabi- atiga xos mehr-muhabbatni ulug‘laydi, 
insonlar doimo bir-birlarini qay- noq muhabbat bilan sevisinlar, deya o‘git beradi. Devlaming yo‘rig‘iga 
yuradiganlar qabihlik, qalloblikka mubtalo bo'ladilar, shikast topadilar, deb ogohlantiradi Zardusht. Y 
olg‘onchilik - rostlikning bo‘ynidagi o‘lim zanjiri chil-chil sinib bitishini istaydi. Yasna. “Yasna” daftari 
Ashah-Haqiqatga hamdu sano, unga olqish- lar bildirish, duolar, olovni qo‘riqlaydigan iloh Ozami, din 
peshvolarini 
28 
va boshqa ilohlami, borliqni ulug‘lash bilan boshlanadi. “Avesto”ning shiori - ezgu fikr, ezgu so ‘z va 
ezgu amal ham aynan Yasna qismida olqishlanadi. Zardusht ezguliklaming bu uch turini olqishlab: “Barcha 
yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldan yuz buraman” (34-bet) deb maqsadini bayon qilar ekan, 
o‘zining mazdoparast, zardushtiy, devlar dushmani va ahuraviy ekanini o‘mi-o‘mi bilan ta’kidlaydi. 
Yasnada zardushtiylar ilohlami ulug'lab, ularga olqishlar aytadilar, insonning kundalik hayoti uchun zarur 
bo‘lgan yegulik, ichgulik va boshqa narsalami ham ulug‘laydilar, jumladan, suvlar, giyohlar, yaylovlaru 
o‘tin-cho‘plar, tog‘larga, shuningdek, adolatga, Zardushtning odilligiga azaliy nurga olqish aytadilar. Ular 
Spiytamon Zardushtga alohida izzat- hurmat bajo keltirib, Yasnaning bir necha o‘mida “Ashavan 
Spiytamon Zardusht fravashiysini olqishlaymiz” (46-bet), deb madh qilish bilan birga, unga xushnudlik 
bo‘lsin deya tilak ham bildiradilar. Bu olqishlar orqali zardushtiylar kundalik faro von hay otni, mehnatni 
va o‘zlarining rahnamosi Zardushtni ulug‘laganlar, degan fikrga kelish mumkin. Zotan, Zardusht o‘z 
ta’limotini yaratib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ilk bor chor- vadom dehqonlaming, hunarmandlaming 
manfaatini himoya qildi. Qolaversa, zardushtiylik diniy-falsafiy oqim sifatida hayotga yaqin bo‘lib, 
insoniyatga faqat pand-nasihat qilish bilan cheklanib qolmasdan, kundalik turmushning farovon bo‘lishiga 
ham yo‘l ko‘rsatdi. Shu bois ham bu diniy-falsafiy oqimlami targ‘ib qiladigan yozma asarlar uzoq asrlar 
davomida paydo bo‘ldi, xalqning qarashlari, udumlari, aqidalari bu matn- laming yozma asar sifatida paydo 
bo‘lishida tayanch vazifani bajardi. Jamshid haqidagi afsona. Yasnada olqish va hamdu sanolardan so‘ng 
Jamshid haqidagi afsona keladi. Astumand olamida yashovchi insonlar orasidan Yima (Jamshid)ning otasi 
Vayvanghon havm degan o‘simlikni siqib, undan suvini oladi. Buning evaziga farzandi Yima dun- yoga 
keladi. Yima Jam, Jamshid deb ham yuritiladi. Afsonada aytilis- hicha, Jamshid yaxshi suruvlar egasi, 
odamlar orasida eng e’tiborlisi, nihoyatda go‘zal bo‘lib yetiladi. Jamshid hukmronligi davrida odamzod 
ham, boshqa jonzotlar ham abadiy yashaydigan, o‘t-o‘lanlar, daraxtlar ham qurimaydigan bo‘Idi, inson va 
hayvonlar uchun yemish mo‘l-ko‘l edi. Jamshid hukmronligi paytida na qish, na jazirama issiq, na keksalik, 
na o‘lim, na devlar bor edi. Ota va o‘g‘il bir-biriga o‘n besh yashar yi- gitchaday ko‘rinardi. 
29 
Shundan keyin Vayvanghon havm o‘sim!igi suvidan Otbiyn degan odam ichdi va Faridun o‘sha 
odamdan tug‘ildi. Faridun Aji dahokni mag‘lub qilgan qahramondir. Uchinchi bo‘lib o‘sha o‘simlik suvini 
Som xonadonidan Atrat degan odam ichgan edi, undan Gershasp tug‘ildi. Gershasp esa shoxli ajdahoni 
o‘ldiradi. Gershasp choshgoh payti temir o‘choqda ajdahoning ko‘ragida ovqat pishirayotgan edi. Issiqlik 
ta’siridan ajdaho qattiq qalqib ketadi va o‘choqdagi qaynoq suv to‘kiladi. Garshasp epchillik bilan o‘zini 
chetga oladi va ajdahoni o‘ldiradi. To‘rtinchi bo‘lib esa bu o‘simlik suvidan Purushaspa degan odam ichdi 


va undan mazdo- parastlik dinining asoschisi Zardusht tug‘ildi. 0 ‘simlik kulti afsonaviy epik ruhni paydo 
qildi. Bu shunchaki afsona emas, balki “Avesto”ning badiiy asar sifatida paydo bo‘lishi uchun istifoda 
etilgan detallardan biridir. Vayvanghon o‘simligi suvi mifologik mazmunga ega bo‘lgani uchun muqaddas 
tushunchalami va qarashni ifodalaydi. 0 ‘simlik suvi onalik urug‘ining ibtidosi vazifasini bajaradi. Yasnaning 
diqqatni jalb qiladigan jihatlaridan yana biri shuki, din peshvolari Zardusht singari timsolga ega bo‘lib, 
alqov va hamdu sano ay- tadilar. Jumladan, Yasnada buyuk din arboblaridan Zavt timsoli bor. U havm 
o‘simligini ta’rif-tavsif qilar ekan, u ham “Avesto”ning butun mo- hiyatini tashkil qilgan beshta xususiyat 
haqida 
so‘zlaydi: 
“Besh 
narsaga 
bog‘langanman.Beshnarsadanchekinganman.£zgw/jfo-
ga&og7angcmmaw, Yovuz fikrdan chekinganman. Ezgu kalomga bog'langanman. Yovuz ka- lomdan 
chekinganman. Ezgu amalga bog'langanman. Yovuz fikrdan che- kinganman. Bo 'yinsunguvchiga bog 
langanman. Bo‘yin toblaguvchidan chekinganman. Ashah- Haqiqatga bog'langanman. Durujdan 
chekinganman” (54-bet). Zavt obrazidan tashqari, Rospiy timsoli ham din peshvolari obrazlaridan biri 
bo‘lib, xuddi Zavt singari vazifa bajaradi - o‘limni uzoq- lashtiradigan havm o‘simligini “ildizlaring, tanang 
va shoxlaring bilan xush bo‘l”, deya duo qiladi. Havm o‘simligi olqovi va hamdu sanosi Yasna qismida ko‘p 
o‘rin egallaydi. Birgina havm o‘simligi timsolida “Avesto” inson va tabiat o‘rtasidagi qadimiy tasawurlami 
gavdalantiradi. Zardusht havmni ol- qishlab, uning haqqoniyligini, darmonbaxshligini madh qilish barobari- 
da, badkirdorlami yo‘q qilish uchun undan madad so‘raydi. Zardusht havmdan quyidagilarni muruvvat 
bilan ato qilishni so‘raydi: birinchisi - havm insoniyatga munavvar jannat ato qilsin, ik- kinchisi - Zardushtga 
salomatlik baxsh etsin, uchinchisi - Zardushtga 
30 
uzoq umr ato qilsin, to‘rtinchisi - Zardushtning murodi hosil bo‘lib, yer yuziga jasorat va shod-
xurramlik bilan oyoq qo‘ysin, beshinchisi - Zardusht janggu jadallarga, ig‘vo, fitnalarga barham bersin, 
oltinchisi - g‘oratgar, yo‘lto‘sar, qaroqchilar va bo‘rilar tajovuzidan har doim ogoh qilsin {52-bet). Zavt 
timsolida ham komil insonga xos alomatlami, yer yuziga faqat shodmonlik va farovonlik olib keladigan 
zotni ko‘ramiz. Zavt bunday maqsadlami amalga oshirishda mazdoparastlikka tayanadi va uni asosiy qurol 
qilib oladi. Uning shiori - mazdoparast, zardushtiy bo‘lishni istay- di, ezgu niyat bilan fikr qilmoqni, ezgu 
so‘z bilan so'zlamoqni, ezgu amal bilan ish qilmoqqa rozi. U jang-jadallami, umsh aslahalarini bartaraf qilib, 
insonlar o‘rtasida qarindoshlik rishtalarini payvand qilmoqqa farmon beradigan mazdoparastlik diniga 
ishonadi va h. Xullas, “Avesto”ning asosiy shiori bo‘lgan fikrda, so‘zda va ishda ezgulik ayon bo‘lib turadi. 
“Yasna”ning bir necha boblarida suvga madhiya aytiladi. Bir 0‘rinda Zardusht tomonidan suvga madhiya 
aytilsa, boshqa o'rinlarda suv din arboblari tomonidan olqishlanadi. Jumladan, din arboblaridan Rospiy 
suvlarga hamdu sano aytar ekan (68-hot), suvga nafaqat moddiy, ayni paytda ruhiy ma’no yuklaydi: “Ey 
suvlar! Sizlar yaxshilik bilan ravonasiz, xilqatni yuvib, pok etasiz va ikki jahon saodatiga sazo- vorsiz. Biz 
sizlami e’zozlaymiz. Sizlami, ey yaxshi suvlar, xushnudlik bag‘ishlaguvchi Axura Mazda in’om aylagan ismlar 
bilan olqish etamiz. 0 ‘sha nomlar vositasida sizlami madh etamiz. 0 ‘sha ismlar vositasida sizlardan do‘stlik 
orzusidamiz” (98-bet). Bu parchadan ko‘rinib turib- diki, suv poklik timsoli sifatida yaratilgan jamiki 
narsalami poklovchi vosita va shu bois ham har qancha olqishlarga sazovordir. Vandidod. “Vandidod” 
daftari “Devlami uzoqlashtimvchi qonun” yoki “Devlarga qarshi nizom” ma’nosini ifodalaydi. “Vandidod” 
ibtido- sida Zardusht Axura Mazdadan, mendan boshqa yana kimlardan hol- ahvol so‘rading, Ahura va 
Zardusht dinini kimga oshkor qilding, deb so‘raydi. Axura Mazda Zardushtning savoliga javob berar ekan, 
quyosh yuzli, go‘zal qiyofali Jamdan hol-ahvol so‘rab, Zardusht dinini unga oshkor qilganini aytadi. Jam 
(Jamshid) - Zardushtdan keyin turadigan ikkinchi shaxs. Zardusht yer yuzida mazdakiylikni yoyuvchi 
birinchi zot bo‘Isa, Jam zamin- ga farovonlik olib kelgan ilk podshoh, yer yuzidagi jamiki insoniyat va 
jonzotlaming homiysidir. 
31 
Axura Mazda bilan Jam o'rtasidagi suhbat “Yasna”dagi Jam haqidagi afsonaning davomidir. Jam - 
zardushtiylikni targ‘ib qiluvchi emas, balki Axura Mazdaning amriga ko‘ra, yer yuzining podshohi bo‘lishni 
afzal biladi. U Axura Mazdaga shunday va’da beradi: “Men sening ja- honingga kenglik baxsh etaman. Men 


sening jahoningni ardoqlayman. Jahon ahliga peshvo va asraguvchi bo‘laman. Mening saltanatimda na 
sovuq bod, na issiq bod, na kasallik va na o‘lim bo‘ladi” (109-bet). “Yasna”dagi Jam afsonasi bayoni 
“Vendidod”da uzluksiz, izchil davom etadi. Voqealar davomida yer yuziga hayvonot va parrandalar, 
insonlar sig‘may qolganidan Axura Mazda Jamni ogoh etganda, Jam za- minning janub tomoniga havo 
purkab, yer yuzini qamchi bilan savaladi. U Axura Mazdadan “shafqat nurlarini zamin uzra yog‘dir, 
kengliklar ato ayla”, deya iltijo qiladi. Zamin kengayib, hayvonlar va insonlar maskan qiladigan joylar paydo 
bo‘ladi. Ammo “o‘shanda Jam saltanatiga olti yuz zimiston bostirib keldi. yer yuzi suruvlar, tevalar uyuri, 
odamlar, itlar, parrandayu darrandalar va kuydirguvchi qizil olovlarga to‘lib ketdi. Suruvlar, tevalar uyuri 
va odamlar yer yuziga sig‘may qolishdi” (109- bet). Yana yer yuzi torlik qilib qolgach, Axura Mazdaning 
amri bilan Jam, yana ilgarigiday, zaminni kengaytiraveradi va bu bir necha marta davom etdi. Ammo yer 
yuziga o‘lat singari qahraton qish kelishi haqida Axura Mazda Jamni ogohlantiradi va yer ostiga bino qurib, 
qo‘ylar, tuyalar, odamlar, itlar, parrandalar va kuydiruvchi qizil olov urug‘larini u yerga olib borishni amr 
etadi. Axura Mazda insonlar, hayvonlar, o'simliklar, mevali daraxtlar yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun juft-juft 
qilib, o‘sha yer osti binosiga olib kirishni buyuradi. Zotan, Axura Mazda - ezgulik, faro- vonlik, yaxshilik 
xudosi, yer yuziga ezgulik Axura Mazda orqali kelgan. Shuningdek, Axura Mazda yaratuvchi iloh sifatida 
mehnatni, obo- donchilikni kashf qildi. Insonlar quruq tuproqni yumshatganlaridek, Axura Mazda Jamga 
yemi tovoni bilan ezg‘ilab, qo‘llari bilan shudgor qilishni o‘rgatadi. Axura Mazda nimaiki amr etgan bo‘lsa, 
Jam hamma- sini bajarib, yer yuzidagi hayotni yer ostida ham Ьафо qilgan binolarda davom ettiradi. Shu 
o‘rinda “Avesto”dagi qahraton qish afsonasi Shumer mix- xatlarida saqlanib qolgan To‘fon voqeasini, 
Musoning “Ibtido” va Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” kitoblaridagi To‘fon afsonasini yod- ga solishini 
ta’kidlashimiz lozim. Nuh payg‘ambar ham, To‘fon bosh 
32 
lanishidan oldin, xuddi Jam singari, hamma o‘simliklar, hayvonlar va qushlaming juftidan kemaga 
olib kiradi va To'fondan so'ng yer yuzida bayotning davom etishiga sababchi bo‘ladi. Zotan, To‘fon 
afsonasini ilk bor yozma ravishda saqlab qolgan Bibliyaning Eski va Yangi Ahd kitob- lari voqealari bu 
davrda Markaziy Osiyoning turli hududlariga yoyilgan edi. Vandidod - insoniyat faqat farovon yashashi 
uchun yaratilgan zot ekanligidan, yaratilgan hamma narsalar insoniyatning farog‘ati uchun atalgan 
ekanligidan xabar beradi. Inson baxtiyor yashaydigan baxtiyor 0‘lkalaming bir qanchasi haqida Axura 
Mazda Zardushtga aytadi. Bu 0‘lkalaming birinchisi - “qo‘lda pokiza o‘tin, havoncha, yangi sog‘ilgan •ut 
tutgan” zamindir. Ikkinchisi - shunday o‘lkada “sigir galasi yaxshi parvarish qilinadi, xo‘raki tevalar farovon, 
yaxshi itlaming rizqi serob, uy bekasi baxtiyor, farzand shodmon. Hamisha olov gurillab turadi” (112- bet). 
Shu tariqa insonning baxtiyor yashashi uchun asos sifatida yana uch turli zamin haqida aytiladi. Birinchisi, 
bug‘doy ekilgan, suv chiqarilgan va daraxt ko‘karib turgan, sug‘oriladigan va shudgor qilingan zamin; 
ikkinchisi, qo‘ylar va tuyalar ko‘p parvarish qilinadigan zamin; uchinchisi, eernasl qo'ylar va tevalar 
yashaydigan zamindir. Markaziy Osiyo chorvachiligida transport vositasida foydalaniladi- gan tuyachilikka 
alohida e’tibor berilayotgani o‘sha davrda hududning iqtisodiy hayotini rivojlantirgan omillarni ham 
ko‘rsatadi. Ana shu beshta fazilatning aksi - g‘am-g‘ussaga giriftor bo'lgan besh maskan haqida ham 
alohida bayon qilinadi. Insoniyatga tamomila befoyda, shu bilan birga, zardushtiylar e’tiqodiga tamomila 
zid bo‘lgan maskanlar quyida- gilardir: birinchisi, mifologik tog‘ Arzivar - do'zaxdan chiqqan devlar 
yig'iladigan maskan; ikkinchisi. odamlar va itlaming jasadlari tuproq- qa ko‘miladigan joylar; uchinchisi, 
odamlaming jasadlari qalashtirib ko‘miladigan daxmalar; to ‘rtinchisi, Axrimandan yaralgan maxluqlar in 
qurgan makon; beshinchisi, g‘uborli ko‘chada o‘ldirilgan to‘g‘ri odam ortidan xotini va farzandlari ohu 
fig‘on chekib borayotgan joydir. Za- minni bulg‘agani uchun insonga beriladigan jazo, turmush tarzi 
haqidagi qonun-qoidalar “Vendidod”ning muhim qismlaridandir. Axura Mazdaning yaxshi va yomon 
maskanlarga bergan bu bahosi ostida faqat real hayot hodisalarini ko'ramiz. Ayrim timsollar mifologik 
mazmun kasb etsa ham, real voqyelikka va real borliqqa boglangan. 
33 


0 ‘z navbatida zaminning baxtiyorligi ma’lum bir insonga, eng mu- himi, ongli hayot kechiradigan 
insonga bog‘liq. Zaminni hamma inson ham baxtiyor qila olmaydi. Mehnatkash, yerga mehr qo‘ygan 
insongi- na baxtiyor qila oladi. Zardusht “Zaminni hammadan ko‘p kim baxtiyor qila oladi?” degan savolga 
Axura Mazda shunday javob beradi: 
“U hammadan ko‘p bug‘doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zot- dir. U quruq yerlarga suv 
chiqargan va suvli yerlami shudgor qilgan zotdir. Uzoq zamon ekilmagan va omoch tegmagan zamin 
baxtsizdir. U omochni orzu qiladi. Bunday zamin balog‘at pallasiga kirgan so- hibjamol qizdir. Bu qiz farzand 
ko‘rish va yaxshi yostiqdoshga intiq- dir. Kimda-kim zaminni chap qo‘li bilan, o‘ng qo‘li va chap qo‘li bilan 
shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go‘zal va pokiza qizga o‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga 
kirib borib, o‘z to'shagida halol yostqdoshiga farzandlar tug‘ib beradi. Zamin ham mo‘l-ko‘l mevalarini 
in’om etadi. Kimda-kim zaminni chap va o‘ng qo‘li bilan, o‘ng va chap qo‘li bilan shudgor qilsa, zamin unga 
shunday deydi: - Ey mard! Ey meni chap va o‘ng qo‘li bilan shudgor qilgan zot! Odamlar hamisha bu yerga 
keladilar va non so'raydilar. Men bu yerda hosilga kiraman, sen uchun har turli xo‘rak va mo‘l-ko‘l bug'doy 
yetishtiraman”(714-115-b.). Nafaqat farovonlik va iqtisodiy rivojlanish, balki eng qadimgi ag- rotexnika 
qoidalari ham bu parchada o‘z ifodasini topgan. Bu parcha- ni qadimgi xalq og‘zaki ijodidagi mehnat 
qo‘shiqlarining bir namuna- si deb aytish mumkin. Mehnatga ezgu munosabatning mahsuli ilk xalq 
qo‘shiqlari namunasini yuzaga keltirdi. Insonning ezgu va yovuz tabiati albatta mehnatga munosabatida 
ko‘rinadi. Insonning yovuz tabiati, shubhasiz, uni halol mehnatdan uzoqlashtiradi, yemi qarovsiz 
qoldirishga olib keladi. Shunday kimsalarga qarata zamin shunday deydi: “Sen begonalar eshigi oidida non 
istovc- hilar bilan birga bo‘lursen. Ko‘zlaring yo‘l ko'radi. Ular seni eshigi os- tonasidan haydab yuboradilar” 
(115-bet). Insonning chinakam qiyofasi, hayotiy hodisalar, real voqealar tasviri yuqoridagi har ikki 
parchada o‘z ifodasini topgan. Yashtlar. Axura Mazda qasidasi. “Yashtlar” to‘rtinchi daftami tashkil etadi. 
Bu daftar Axura Mazda qasidasi bilan boshlanadi. Zardusht va Axura Mazda o‘rtasidagi savol-javobdan 
ayon bo'lishicha, Axura Mazdaning ko‘p ismlari bor. Bu ismlar albatta, uning ma’lum 
34 
bir qirralari bilan bog‘langan va uning faoliyatiga mos tarzda tanlangan: So ‘rovchi, Matlub, Qudrat, 
Haqiqat, Ezgulik, Aql, Ta’limot, Muallim, Avliyo, Muqaddas, Ahur, Qudratli, va h. Axura Mazdaning yana 
boshqa iimlari mazkur qasidada keltirilgan. Uning mazkur ismlariga izoh tari- qasida, uning tanholigini, har 
narsaga qodirligini ko‘rsatish maqsadida keltirilgan ismlami Zardusht yoyishiga da’vat qiladi. Zotan, Axura 
Mazdaning hammadan yuksakligini, uning najotkor ekanini, g‘animlami va Ins-jinslami mahv aylaydigan 
ekanini Zardusht biladi. Axura Mazdaning muqaddas ismi hamma tabarruk ibodat kalomlaridan ham 
qudratli va hu- Zurbaxshdir. Shu bois ham uning ismi har qancha hamdu sanoga loyiq. Zardusht Axura 
Mazdani quyidagicha madh qiladi: Sanolar ayturman asli sanoga, Sanolar ayturman duolar haqqi, Sanolar 
ayturman shiddat, qudratga, Axura Mazdaga, saxovatkorga (168-bet). Zardushtning bu hamdu sanosi 
Axura Mazdaga aytilgan jamiki ol- qishlaming xotimasiday jaranglaydi. Ardvisura Anahita qasidasi ham 
o‘ziga xos bo‘lib, suv va hosil- dorlik ma’budasi Ardvi (“qudratli”) va Anahita (“g‘uborsiz, pokiza”) 
ismlaridan tashkil topgan. Qasida Axura Mazdaning Zardushtga, Ardvisura Anahitani sharaflagin, deb 
qilgan murojaatidan, uning qudrati tavsifidan, unga keltirilgan qurbonliklar bayonidan, Axura Mazdaning 
Ardvisura Anahitaga bergan ta’rifidan iborat. Bu qasidada Ardvisura Anahitaning mubolag‘ali tasviri 
diqqatga sazovor: Qunduz po ‘ stin kiygandir u, Ardvisura Anahita, Uch yuz qunduz terisidan Tikilgandir 
qachonlardir. Boqqan ko‘zni tindiruvchi Oltin, kumush tusda porlar uning mo‘ynasi. Quyosh ma’budi, 
yaylovlar sohibi Mitra qasidasida adolat va adolatsizlik, sadoqat va xiyonat, e’tiqod va e’tiqodsizlikning bu 
hayotda sodir bo‘lishi va Mitra bu hayotdagi har qanday illatlarga qarshi ayov- siz kurashchi etib 
tasvirlanadi. “Uni hech kim aldayolmaydi, hech kim yo‘ldan chalg‘itolmaydi”, deyiladi daftarda. Mitraning 
tamoyili shunday: kazzoblami, lafzsizlami, xiyonatkorlami kechirmaydi. Uning uchun chinakam zotlar bor: 
35 


Ul so‘zida sobitlami, Lafzi halol kimslami Falokatdan saqlagaydir, Halokatdan saqlagaydir (186-bet). 
Mitra-jasoratliligi, o‘z ahdiga sodiqligi bilan ajralib turadi. U dev- laming kallasini majaqlashga, e’tiqodsiz, 
ahdida turmaydiganlami ja- zolashga qodir, yolg‘onchi, subutsizlarga shafqatsiz, afsungarlarni yo‘q qilib 
tashlaydi. Mitraga sig‘inganlaming mamlakati darvozalarini mus- tahkam qiladi, odamlaming hayoti 
farovon bo‘lishini ta’minlaydi, ularga suruvlar in’om qiladi, u yaxshilarga - yaxshi, yomonlarga - yomon. 
Kazzoblami bor narsasidan mahrum qiladi. Uni tan olmaganlarga shunday g‘azabini sochadiki, ulaming 
yaylovlari g‘azabga to‘lib-toshadi. Uni tan olganlarga esa zarracha zarar yetkazmaydi. Mitra yetib borgan 
mamlakatlaming vodiylari va yaylovlari podaga to'ladi, odamlaru joni- vorlar o‘sha mamlakatda emin-erkin 
yashaydi. U cheksiz qudrat sohibi, ulugVor ilohdir. Shu bois: Biz Mitrani e’zozlaymiz, Biz Mitrani 
e’zozlaymiz, Qachon borar esa ellar, yurtlar sariga, Qachon qoim bo‘lsa mulku mamolik aro, Biz Mitrani 
e’zozlaymiz. Urush va G‘oliblik ilohi Vartragnaga bag‘ishlangan qasida ham bor. Vartragna Zardusht 
qoshida o‘n marta paydo bo'ladi va har safar paydo bo‘lganda, boshqa-boshqa qiyofada zohir bo‘ladi: 
shamol qiyofasida, oltin shoxli novvos, oppoq uchqur tulpor, bo‘ron singari nortuya, qo- bon, o‘n besh 
yoshli yigitcha, mifologik Varagni qush, tog1 qo‘chqori qiyofasida, yovvoyi echki va nihoyat, ajoyib er yigit 
qiyofasida. Har bir qiyofaga kirganda, u qudratli bo‘ladi, uni hech kim o‘ldirolmaydi. Bu daftarda yana 
saxovatli taqdir va baxt ma’budasi Asha qasidasi, baxt va qudrat sohibi Huvamoga bag‘ishlangan qasida 
ham bor. Visparad. Vispirad - beshinchi daftar, 24 bobdan iborat. Asosan, jamiki olam peshvolarini madh 
qiladi. Ayrim o‘rinlarda Zavt va Raspiy birgalikda olqish aytsalar, ayrim o‘rinlarda yo Zavt yoki Raspiy olam 
peshvolariga olqish aytadilar. Bu dafitaming umumiy mohiyati, butun olam Xudoniki degan ta’limotni ilgari 
surishdan iborat. “Kichik Avesto” yoki “Xurda Avesto” oltinchi daftar deb yuritila- di. Bu daftar 
“Avesto”ning umumiy mundarijasini ifodalaydi va bugungi 
36 
,,Avesto”ning bo‘limlaridan biri. “Kichik Avesto” asosan, zardushtiylar- ning kunduzgi toat-
ibodatlari, duo va alqovlaridan tashkil topgan. Jumladan, dastlabki uch alqov Axura Mazdaning Ashah - 
Haqiqat ekani, olam Hukmdori ekani, Haqiqat nurlari ostida eng go‘zal amallami bajaruvc- hilardan ogoh 
ekani haqida bo‘lib, darvishlami asrash uchun Zardushtni tftnlaganini aytadi. “Belbog1 bog‘lamoq duosi” 
qismida Pozand degan din irboblaridan biri Mazdaga hamdu sano aytadi va gunohlari uchun tav- ba qiladi. 
U Axura Mazdaga shod-xurramlik va Axrimanga mag‘lubiyat tUaydi. Axuraning hamma xohishi bajo 
bo‘lishini istaydi. “Avesto”ning ••osiy shioriga ishonishini bayon etadi. Bu shior quyidagilardir: “Men ezgu 
andisha bilan andisha yuritganga ishonaman. Men ezgu •o'z so‘zlaganga ishonaman. Men ezgu amallining 
amaliga ishonaman. Men mazdoparastlik diniga ishonaman, zero u qurol ushlaganga chang •oladi va uni 
biryoqlik qiladi; u qon-qardoshlik robitalarini mustahkam- laydi. U shu qadar pok dindirki, hozirgi va 
keyingi keladigan dinlar ora- lida eng ulug‘i va eng yaxshisidir. Axuraviy, Zardushtiy din” (298-bet). “Surush 
boj” duosi har kuni bomdod mahali, uyqudan turgach o‘qiladigan mashhur mazdoparastlik duolaridandir. 
Duoning mazmuni- Pozand gunohlari uchun tavba qiladi, mazdoparast, zardushtiy va devlar dushmani 
ekanini ta’kidlaydi, ilohlarga hamdu sano aytadi, Surushni ol- qishlaydi, g‘animlar adovatidan asrashni 
Mazda va Zardushtdan so‘raydi vah. Umuman, “Avesto” kitobi Markaziy Osiyo xalqlari hayotining hamma 
tomonlarini qamrab olgan. 
Savol va topshiriqlar 
1. “Avesto”ning paydo bo‘lishiga oid omillar haqida so‘zlang. 2. “Avesto” haqida Beruniy qanday 
ma’lumotlami bergan? 3. Zadushtiylik ta’limotining mohiyati haqida so‘zlab bering. 4. “Oltun yorug‘”dagi 
va “Avesto”dagi Xo‘rmuzd timsolini qisqacha qiyoslab so‘zlab bering. 5. “Rigveda” va “Avesto” o‘rtasidagi 
qarindoshlik aloqalari haqida so‘zlang. 6. Gohlaming mohiyati nimalardan iborat? 7. Yasnaning mohiyati 
haqida so‘zlab bering. 8. Vendidodning mohiyati nimalardan iborat? 9. Yashtlaming mohiyati va mazmuni 
nimalardan iborat? 

Yüklə 316,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə