Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari



Yüklə 42,77 Kb.
səhifə1/5
tarix17.05.2023
ölçüsü42,77 Kb.
#110764
  1   2   3   4   5
Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik reja Iqtisodiy davrlar va iqt


IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK
Reja:
1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Oukenqonuni.

1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi.
Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg‘unlik davri boshlanadi.
Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Shu o’rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008 - yilda yuzaga kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi

hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas

mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning

ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy

«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining

avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.

AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga

to‘yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini


Mamlakatlarningiqtisodiyrivojlanishtarixinio‘rganish, ulardanhechbiriuzoqmuddatdabirtekisrivojlanmaganligi, aksincha, barchamalakatlaruchundavriyrivojlanishxosekanliginiko‘rsatadi.Ishlabchiqarish, bandlilikvainflatsiyadarajasiningdavriytebranishgaiqtisodiydavr (sikl)lardeyiladi. Ayrimiqtisodiydavrlarboshqalaridano‘tishdavriningdavomiyligivafaolligibilanfarqqiladi. Shungaqaramasdanularningbarchasibirxilbosqichlardantashkiltopadi.


Iqtisodiydavrlarto‘rttabosqichnio‘zichigaoladi.Birinchibosqichiqtisodiyrivojlanishningengyuqoridarajasigaerishilganbosqichbo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotdaishbilanto‘liqbandlik, ishlabchiqarishto‘laquvvatdaishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarningbahodarajasiningo‘sishholatikuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va 
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich 
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin. 


Yüklə 42,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə