Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari



Yüklə 42,77 Kb.
səhifə2/5
tarix17.05.2023
ölçüsü42,77 Kb.
#110764
1   2   3   4   5
Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik reja Iqtisodiy davrlar va iqt

Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi 
vaturg‘unlik davri boshlanadi.


Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, 
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga 
erishiladi. 


Yuqoridata’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlarbirxil bosqichlargaegabo‘lsada, 


ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun 


ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy 
tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning 
asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va 
texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-
texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan 
avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi 
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar 
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan 
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim 
ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlargasabab bo‘ladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy 
vaziyatlargabog‘lashadi. 
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, 
davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va 
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi 
va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni 
baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab 
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar 
miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar 
va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab 
katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish 
foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishdabandlilik va daromadlardarajasi ham, 
aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab 
chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, 
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, 
ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini 
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan 
biridir.
Shu o’rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008 yilda yuzaga kelgan jahon 
moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda 
makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha 
to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan 
qarzdorlargaipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasidaro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi 
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas 
mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning 
ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy 
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining 
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi. 
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga 
to‘yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini 


o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zahira tizimi foiz 


stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga 


nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar 
to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda 
aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. 
Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra 
to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga 
ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida 
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib 
keldi. 
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini 

qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi 


bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati 
kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas 
mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, 
bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. 
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy 
sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod 
ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini 
boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va 
xususan moliyaviy bozorlargaaralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar.
Yuzaga kelgan global moliyaviy –iqtisodiy inqiroz jahonning asosiy moliyaviy 
markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar 
iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy 
inqiroz inflatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi 
ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida 
iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi jahon 
moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy 
sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir. 
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 
dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy 
bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ldi: 
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va iste’molning 
pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning o‘sishi. 
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat 
dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali 
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish 
masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi.



Yüklə 42,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə