Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati Inflatsiya



Yüklə 73,52 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü73,52 Kb.
#181801
  1   2   3   4   5   6   7
Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati


Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati

Inflatsiya-pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 % tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. “inflatio” — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. Inflatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarni emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib ketishidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar Inflatsiyani yuzaga keltiradi.
Inflatsiya jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. " Inflatsiya " termini dastlab 1861—1865 yillarda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ga koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ga koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda
M=T yoki mV=PQ
tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa
M>T,
yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa
T
paydo boʻladi. Har ikki holda ham ortiqcha pul narxlarning oʻsishini keltirib chiqaradi, chunki narx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. Inflatsiya bu faqat pul bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda Inflatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir.
Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi Inflatsiyaga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik Inflatsiya surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Aksincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Lekin Inflatsiya surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga kеtadigan xarajatlar salmog`ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Jahon boʻylab inflatsiya darajasi (2019).


Yüklə 73,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə