82
qilgan tartib-qoidalarga amal
qilinadigan tadbir sanala
-
di. Odamlar kimningdir g‘ami
yoki quvonchiga sherik
bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har
bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan tuzi
-
lishi (boshlanishi, o‘rtasi, oxiri) bo‘ladi.
Inson hayotida
bo‘lib o‘tayotgan muhim voqeani nishonlash jarayonida
an’ana ham, odat ham marosim ham mujassamlashadi.
«An’ana», «odat», «marosim» bir-biri
bilan bevosita
bog‘liq hodisa hisoblanadi.
Shu bois an’analarning tarkibiy qismi odat, odatning
tarkibiy qismi esa marosim ham bo‘lishi mumkin. Ba’zi
holatlarda «an’ana», «odat» va «marosim» tushuncha-
lari
alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni
anglatishi
ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so‘zlar
qo‘shilib, masalan, «an’anaviy bayram», «an’anaviy
festival», «an’anaviy kecha» yoki «mukofotlash maro-
simi», «to‘y marosimi», «pensiyaga kuzatish marosimi»
tarzida qo‘llaniladi.
MILLIY VA DINIY MAROSIMLARNING
TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI
Taraqqiyot, zamon talabiga
javob bergan urf-odat
yanada kuchayib zamonga qarab rivojlanib bormoqda.
O‘zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zaru
-
riyat asosida vujudga kelgan va zamon chig‘iriqlaridan
o‘tib, muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan.
MA’LUMOT UCHUN
Afrika qabila-
laridan birida
hamdardlik bildiri-
sh odati
O‘lkamizda bahor
va kuz oylarida
qabristonlarda
o‘tkaziladigan
hashar
«Marosim» so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkazila-
digan katta tadbir ma’nosini bildiradi. Oilaviy urf-odat-
lar oila paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Shu tufay-
li u oilalar o‘zgarishi bilan birgalikda u ham o‘zgargan,
rivoj topgan.
Dostları ilə paylaş: