108
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) 1995-yil-
ning dekabr oyida tashkil etilgan. Bugungi kunda O‘MI
tarkibiga respublikada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan hol-
da faoliyat ko‘rsatayotgan 2045
ta masjid, to‘qqiz
-
ta mad rasa – o‘rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent
islom
instituti, Mir Arab oliy madrasasi,
Imom Buxoriy
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va «Movarounnahr»
nashriyoti kiradi.
TARIXGA NAZAR
1943-yilning 20-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston ulamolarining 1-Qurultoyi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston musulmonlarining Diniy
boshqarmasini tuzish haqida
qaror qabul qilingan. Diniy boshqarmaga rahbar va muftiy etib Eshon
Boboxon saylangan. Diniy boshqarma tarkibiga mintaqadagi beshta
respublika — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va
Qozog‘istonda qozilar rahbarlik qiladigan Diniy boshqarmaning vakil
-
liklari kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: